Xivchinlilar sinfi:
1. Xivchinlari yordamida harakat qiluvchi sodda hayvonni ko’rsating.
A) oddiy amyoba B) tripanasoma
C) foraminifera D) tufelka
2. Amyobaga nisbatan 5 – 10 marta kichik bo’lgan hayvonni ko’rsating.
A) yashil evglena B) volvoks
C) tufelka D) foraminifera
3. Bir hujayrali sodda hayvonlar ichida qizil rangli “ko’zcha” ga ega bo’lgan hayvonni toping.
A) oddiy amyoba B) evglena
C) tufelka D) foraminifera
4. Xromotoforlarga ega bo’lgan yagona hayvon vakilini ko’rsating.
A) gidra B) tufelka C) volvoks D) aktiniya
5. Ham o’simlik, ham hayvonlar singari ozuqlanuvchi hayvonni toping.
A) gidra B) tufelka C) volvoks D) aktiniya
6. Yashil evglenaning yorug’lik sezuvchi a’zosi berilgan javobni toping.
A) xromotofor B) xivchin C) qobiq D) ko’zcha
7. Yashil evglenaning tanachalar shaklida bo’lgan organoidini ko’rsating.
A) “ko’zcha” si B) zaxira oziq moddalari
C) xromotoforlari D) hazm qilish vakuolalari
8. Yashil evglenaning bo’linishi qaysi organlar o’rtasidan o’tadi.
A) ikki xivchin va yadro o’rtasidan
B) ikki xivchin va sitoplazma o’rtasidan
C) og’zi va yadro o’rtasidan
D) xivchini va hazm vakuolalari o’rtasidan
9. Evglena hujayrasida sista hosil bo’lishidan avval qanday o’zgarish sodir bo’ladi.
A) yadro kattalashadi
B) xivchini tushib ketadi
C) xromotofori parchalanadi
D) rangsizlanadi
10. Yashil evglena uzoq vaqt qorong’i joyda saqlansa, hujayrasida qanday o’zgarishlar sodir
bo’ladi.
A) yadro kattalashadi
B) xivchini tushib ketadi
C) xromotofori parchalanadi
D) rangsizlanadi
11. Koloniya bo’lib yashovchi sodda hayvonni ko’rsating.
A) oddiy amyoba B) yashil evglena
C) volvoks D) infuzoriya
12. Yashil evglena (1) hamda volvoks (2) ga xos xususiyatlar berilgan javobni toping.
a) duksimon; b) xromotoforlarg ega; c) erkin holda yashaydi; d) noksimon; e) xivchini ikkita;
f) koloniya bo’lib yashaydi; g) xivchini bitta
A) 1-a,b,c,g; 2-b,d,e,f B) 1-b,d,e,g; 2-a,c,f
C) 1-a,c,g; 2-b,d,e D) 1-b,c,d,g; 2-a,b,c,e
13. Volvoks koloniyasiga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1) diametri 0,1 sm; 2) mingga yaqin hujayralardan tuzilgan; 3) diametri 0,5 sm keladi; 4) sharning
ichi suyuq dildiroq modda bilan to’lgan; 5) sharning ichi quyuq dildiroq modda bilan to’lgan;
6) mingdan ortiq hujayralardan tuzilgan
A) 2,3,5 B) 1,2,5 C) 3,5,6 D) 1,4,6
14. Uyqu (a) hamda terida yara (b) kasalliklarini qo’zg’atuvchi sodda hayvonni ko’rsating.
1) volvoks; 2) leyshimaniya; 3) foraminifera;
4) tripanasoma; 5) evglena
A) a-2; b-5 B) a-4; b-2 C) a-3; b-1 D) a-4; b-1
15. Leyshimanioz kasalligi qo’zg’atuvchisi haqidagi to’g’ri fikrlarni belgilang.
a) xivchinlari yordamida harakatlanadi; b) qon so’rib parazitlik qiladi; c) odamlarning yassi qoplovchi to’qimasida parazitlik qiladi; d) chivinga o’xshash mayda hasharot; e) tanasidagi keyingi qanotlari rudimentar holatda; f) bir hujayrali organizm
A) a,b,e B) b,d,f C) a,c,f D) a,d,c
16. Yashil evglenaning sodda hayvonlarning boshqa sinfi vakillariga o’xshashlik belgilarini aniqlang.
1) hujayra membranasining mavjudligi;
2) fotosintez jarayoni orqali oziqlanishi;
3) evolutsiya jarayonida eng dastlab paydo bo’lganligi; 4) hujayrasida yadroning bo’lishi;
5) hujayrasi mustaqil yashash qobiliyatini saqlaganligi; 6) yorug’lik sezuvchi qizil dog’li ko’zchasi mavjudligi
A) 1,4 B) 3,6 C) 1,2 D) 3,5
Do'stlaringiz bilan baham: |