REJA:
1.Maʽlumotlar bazasi haqida tushuncha. Maʽlumotlar bazasining turlari. Maʽlumotlar bazasini loyihalashtirish. Maʽlumotlarni strukturalash
2.Maʽlumotlar bazasining asosiy obyektlari. Relyatsion, iyerarxik va obyektga yoʽnaltirilgan modellari
3.MBBT funksional imkoniyatlari va buyruqlari toʽplami. Accessda maʽlumotlar bazasini yaratish, tahrirlash va ularga ishlov berish
4. Sohaga oid maʽlumotlar bazasini yaratish. Maʽlumotlar ustida amallar bajarish. Microsoft Accessda soʽrovlarni shakllantirish. Microsoft Accessda shakllar bilan ishlash
5.Microsoft Accessda hisobotlar tuzish. Microsoft Accessda jadvallarni bir biriga bogʽlash
-----------------------------------------------------------------------------------------------------
Tayanch soʽz va iboralar: Maʽlumotlar bazasi, loyihalashtirish, relyatsion, iyerarxik va obyektga yoʽnaltirilgan modellar, MS Access, so’rovlar, formalar, jadvallar
1. Maʽlumotlar bazasi haqida tushuncha. Maʽlumotlar bazasining turlari. Maʽlumotlar bazasini loyihalashtirish. Maʽlumotlarni strukturalash
Ma’lumotlar bazasi — bu, kompyuter xotirasida saqlanadigan va muammo soha holatini aks ettiruvchi, maxsus tartibda tashkil qilingan va o‘zaro bog‘langan ma’lumotlarning majmuidir. Ma’lumotlar bazasi yana ayrim foydalanuvchilarning axborotli zaruriyatlarini ta’minlash uchun ham mo‘ljallangan.
Ma’lumotlar bazalari turlari:
ma’lumotlarni taqdim etish shakli bo‘yicha: video- audio va multimedia tizimlari;
qo‘llanilayotgan modelning turi bo‘yicha: iyerarxik; tarmoqli; relyatsion va aralash;
saqlanayotgan axborotlarning turiga ko‘ra: hujjatli; dalilli (faktografik); leksografik;
ma’lumotlarni saqlashni tashkil qilish va ularga murojaat etish bo‘yicha: lokal (shaxsiy); umumiy; tarqatilgan;
xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha: tekin va tijorat asosida.
mulkchilik turi bo‘yicha: davdat qoshida; nodavlat.
Ma’lumotlar bazalarining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
ma’lumotlarni bir marta kiritish va ularni muvofiqlashtirishning oddiyligini ta’minlovchi modelning turli ob’ektlarida ma’lumotlar takrorlanishi yo‘qligi;
ma’lumotlarning bir-biriga zid emasligi;
ma’lumotlar bazasining yaxlitligi;
ko‘p jihatli kirishning mumkinligi.
ma’lumotlarni har xil tanlash va ulardan foydalanuvchining turli topshiriqlari va ilovalardan foydalanishi;
avariya holatlari, apparat va dastur buzilishi, foydalanuvchining xatolari paytida ma’lumotlarni himoya qilish va tiklash imkoniyati;
turli foydalanuvchilarning beruxsat kirishlarini cheklash vositalari yordamida himoya qilish imkoniyati;
ma’lumotlarni qayta ishga tushirishlarsiz ma’lumotlar bazasi tuzilmalarini modifikatsiya qilish imkoniyati;
ma’lumotlar bazasi tuzilmalarini modifikatsiyalashda dasturlarni saqlab turishga imkon beradigan, dasturlarning ma’lumotlarda mustaqilligini ta’minlash imkoniyati;
mashina «tashuvchisi»dagi ma’lumotlar bazasini joylashtirishni “hajm-vaqt” xarakteristikasini yaxshilash maqsadida qayta tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |