Tabiiy material - bolalar ijodiyotini rivojlantirish uchun asosiy tayanch hisoblanadi. bolalarga o‘yinchoq va buyumlar yasashda ulardan qanday foydalanishni o'rgatish zarur. Shu maqsadda tabiiy materiallar burchagi tashkil etiladi. Tabiiy materiallar burchagini guruxxonada, uyda tashkil etish mumkin. Tabiiy materiallardan buyum va o‘yinchoqlarni tayyorlash - qiziqarli, oddiy bo‘lmagan va juda yoqimli mehnatdir. Tabiiy materiallarni to‘plash, saqlash va ularga ishlov berish mashgulotlarda egallangan bilimlarni qo‘llash hamda ulamrni mustahkamlash imkonini beradi.
Bolalar tabiatdagi ekskursiyalar vaqtida turli xil tabiiy materiallar, masalan: yong‘oqlar, barglar, shoxchalarni, ko‘l, hovuz qirg‘oqlaridan - chiroyli toshchalar, chig‘anoqlarni olib kelishadi. Bolalar tabiiy to‘plash jarayonida turli materiallarni teradilar, ushlab ko‘radilar, shaklini, rangini, har birining xususiyatini o‘rganadilar. Bu esa materiallarning nomini eslab qolishga yordam beradi. Masalan, bolalar yong‘oqning yumaloqligini, jigarrang ekanligini, ustki qismi g'adir-budur ekanligini bilib oladilar, cho'chqa yong‘og‘ini esa oval shaklda, yaltiroq sariq-jigarrang bo‘lishini bilib oladilar. Tabiat bilan bo‘lgan muloqot bolalarning tasavvurini kengaytiradi, diqqat bilan kuzatish qobiliyatini shakllantiradi, tabiiy materiallardan buyumlar yaratishda idrok va tasawurning bir butunligini saqlaydi. Buyumlarni yasashda bolalar avval qiynalsalar, keyinchalik, uzluksiz bajarish natijasida bolaning o‘ziga ishonch, aniqlik, qoniqish va xohish kabi sifatlarga ega bo‘ladi va barmoqlari epchil harakat qiladi. Tabiiy materiallar bilan ishlash bolaning aqliy rivojlanishiga, tafakkuri va fikrlash qobiliyatining rivojlanishiga katta ta’sir qiladi. Tabiiy materialdan buyum tayyorlash jarayonini kuzatadigan bo‘lsak, boshida bolalar namunani ko‘rib chiqadilar, uning tarkibini, tayyorlash usulini tahlil qiladilar; bu jarayonni o‘zlashtirgandan so‘ng ish murakkablashadi. Bolaga tayyorlanadigan o‘yinchoqning rasmi yoki foto surati ko‘rsatiladi va ular topshiriq yoki o‘zining o‘ylagan fikri asosida buyumni yasaydilar. 0‘yinchoqlarni tabiiy materiallardan tayyorlashning qiziqarliligi bolalarning diqqatini rivojlantiradi, uning mustahkamligini oshiradi. Erkin diqqat shakllanadi. Masalan, kuchukchani tayyorlashda bolalarga avval uning oyoqchalarini mahkamlash joylarini diqqat bilan ko‘rib chiqib (ular simmetrik holda turishi, past ham, baland ham bo’lmasligi, haqiqiyga o‘xshashi kerak) teshiklarini belgilash, boshi va boshqa detallarini mahkamlash joylarini ko‘rib chiqish tavsiya etiladi. Tabiiy materialdan qilingan buyumlar ko‘pincha bolalarning qiziquvchanligini qoniqtiradi. Bu mehnatda har doim yangilik, ijodiy izlanish, yanada yuqori natijalarga erishish imkoniyati bor. 0 ‘yinchoqlarni tayyorlashda bolalarni qulay emotsional yo‘naltirish, mehnatda muloqat quvonchi, chiroyli o‘yinchoq yasash jarayonida rohatlanish hissi umumiy rivojlanishi uchun juda muhimdir. Tabiiy materiallardan o‘yinchoqlar yasash mehnati bola shaxsining rivojlanishiga yordam beradi. O‘yinchoqni yasash oson ish emas. Uni yasashda noaniqlikka duch kelganda, bolailarga mustaqil ravishda uni bajarish yo’llari o‘rgatiladi. Ba’zan biron-bir ishni yasash uchun kerakli o‘lchamda eman daraxtining g‘uddalarini tanlash, o‘yinchoq qismlarini o‘lchash yo‘llarini amalga oshirish va h.k. Kattalar yordami bilan bola omadsizlik sababini, ularni yengish yo‘llarini o‘rganadi. Shu asnoda unda maqsadga intilish, qati’yatlik, boshlangan ishni oxiriga yetkazish kabi sifatlar shakllanadi. Ushbu mehnat turida o‘z faoliyatini baholash va nazorat qilish sifatini shakllantirishning real imkoniyatlari bor. Tabiiy materialdan o‘yinchoq yasash mehnati individual va jamoaviy bo‘lishi mumkin. Kattalar kabi bolalarga ham jamoaviy muhit ulkan quvonch olib keladi. Bu yerda shunisi muhimki, bolalar jamoaviy mehnatning natijasini, foydasini tushunishlari kerak.
Turli materiallar bilan ishlash. Turli materiallar bilan ishlaganda chiqindi materiallari: po‘kak, qutichalar, plastmassa idishlar va shu kabilardan foydalaniladi. Mashg‘ulotlarni rejalashtirish va materiallarni tanlashda mahalliy sharoitlar: o‘lka iqlimi, tabiati, ishlab chiqarish korxonalari, xalq badiiy ustaxonalari va shu kabilarni e’tiborga olish kerak. Mashg‘ulotlarni shunday tashkil etish kerakki, ular bolalarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirisin, tasavvur qilishga o‘rgansin. Turli materiallarning texnologik xususiyatlari shunday xilma- xilki, narsalar yasashda ulardan asosiy material sifatida ham, yasalgan narsaga bezak beruvchi material sifatida ham foydalanish mumkin. Turli materiallardan o'yinchoqlar, yodgorliklar, ko‘rgazmalar, ro‘zg‘or uchun foydali buyumlar va boshqa buyumlarni yaratish badiiy modellashtirishga yaqinlashib ketadi, bolaning estetik hissiyotlari va badiiy moyilliklarini o'stirishga yordam beradi. Bu ishlarni bajarish jarayonida bolalar quyidagi malaka va ko‘nikmalarni egallaydilar hamda mustahkamlaydiiar:
1. Turli tabiiy materiallar hamda ularni to‘plash va saqlash qoidalari bilan tanishish. Atrof muhitni muhofaza qilish.
2. Turli tabiiy materiallarga ishlov berish va mustahkamlash qoidalari
3. Buyum uchun atrof muhitdan obyekt tanlash.
4. Predmetni tahlil qila bilish. Detallar uchun material, shuningdek ularga ishlov berish uchun asboblar tanlash.
5. Mustaqillikni, fantaziyani namoyon qilish. Ijodiy qobiliyatlarni o‘stirish.
6. Boshqa materiallar bilan tanishish.
7. Obrazlarni yaratishda konstruktorlik va ijodiy qobiliyatlarni o‘stirish.
8 . Metallga ishlov berish asboblari bilan tanishish. Jarayon bosqichlarini taqsimlay olishni, umumiy maqsadni hisobga olgan holda o‘z faoliyatini rejalay olish qobiliyatini bolalarda shakllantirish uchun jamoaviy ishning turli shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jamoaviy mehnat bolalarda jamoalik, do‘stona munosabat, o‘zaro yordam, birodarlik kurtaklarini shakllantiradi. Jamoaviy mehnatning natijalari, ayniqsa kattalar tomonidan quvvatlanib bolalarga qanot bag‘ishlaydi, ularni yangi buyumlar yasashga undaydi. Har bir ishga ko‘tarinki ruhda kirishadilar. Shunday ekan, tarbiya va ta’lim jarayoni to‘g‘ri tashkil etilsa, turli tabiiy material bilan ishlash bolalarni barkamol o‘stirishda samarali vosita bo‘lib qoladi.
Tabiiy materiallar tarbiyachi rahbarligida ekskursiyalarda to'planadi. Ekskursiya uyushtirishdan oldin bolalarga bo'lajak ish namunasi ko'rsatiladi. Bolalar uni diqqat bilan ko'rib, unda ishlatilgan barg plastinkalarining shaklini, daraxt navlarini aniqlaydilar. Shundan so'ng uyushtiriladigan ekskursiya rejasi tuziladi. Ekskursiya marshrutida alohida e'tibor beriladigan obyekt (eman, zarang, akatsiya daraxtlari, hasharotlar, ninachi)lar aniqlanadi. Bolalarning e'tiborlari va aqliy faoliyatlarini kuzatilayotgan obyektning zarar bo'lgan asosiy muhim belgilari va xususiyatlarini ajratishga, to'planayotgan materialni to'g'ri baholashga yo'llaydigan savollar tuziladi.
D araxtzorga kelganda bolalar kayfiyati ko'tarilib, ular har narsaga qiziqish bilan qaraydilar, barglar, ularning ranglari bolalarni ajablantiradi. Ular kuzning butun go'zalligini, uning ranglarini, to'kilgan barglar xidi va ular o'zining elastiklik xususiyatini yo'qotganligini, qattiqlashib, sinuvchan bo'lib qolganligini ko'radilar. Bolalarning atrof-tabiat bilan zavqlanishlari kamayib borishiga qarab, ularning e'tibori barglarning shakli, daraxtlar navlariga qaratiladi. Ana shu vaqtda o'simliklarda sodir bo'layotgan ichki jarayonlar qisqa va tushunarli shaklda bayon etib beriladi. Shundan keyin bolalarning e'tibori atrofda uchib yurgan kapalak, ninachilarga, ularning asosiy belgilariga jalb qilinadi. Uchib yurgan hasharotlar ularning tuzilish shakllariaplikatsiya faoliyatlarida hasharotlar applikatsiyasini tayyorlash uchun obraz, to'plangan barglar material xizmatini o'tashi kerak.
Bolalar barglarni to'plar ekanlar, ularning ranglari, shakllarini qiyoslashni o'rganadilar, bu ularning kuzatuvchanligini o'stirishga yordam beradi. To'plangan barglar oldindan tayyorlab qo'yilgan daftar varaqlari orasiga qo'yiladi. Shundan keyin bolalarga barglarning aplikatsiya qilinguncha rangini yo'qotmasligi, buralib ketmasligi uchun qanday ishlov berish kerakligi tushuntiriladi. Har bir ekskursiyada bolalarning e'tibori insonning yaratuvchilik mehnatiga albatta jalb etilishi kerak. Ekskursiya oxirida unga yakun yasaladi, ekskursiyada egallangan bilimlar umumlashtiriladi. Bundan tashqari, bolalarga kapalak va ninachilar tasviri tushirilgan rasmlarni ko'rish, ularning tanasi va qanotla-rining shakli, rangi qandayligiga alohida e'tibor berish topshiriladi.
Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi mashg'ulotda bolalar applikatsiyalarni zo'r ishtiyoq bilan namoyish qiladilar, agarda applikatsiyani o'z istaklariga ko'ra, o'zlari to'plagan materiallardan mustaqil yasash topshirilsa, qiziqishlari yanada ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |