Savollar
1. Maktabgacha pedogogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
2. Maktabgacha pedogogika fanining predmeti va asosiy vazifalari.
3. Maktabgacha ta'lim tarbiyaning Davlat standartini 4-bobi 2-ilovasi Maktabgacha ta'lim tashkilotining davlat o'quv dasturini mazmun mohiyatini yoriting.
4. 3-savol yuzasidan taqdimot tayyorlang.
1. Maktabgacha pedogogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Maktabgacha pedagogika fani jamiyat va insonni o'rganuvchi fanlar bilan chambarchas bog'langan. Pedagogika ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyani o'rganar ekan, sotsiologiya, anatomiya, fiziologiya, psixologiya, umumiy pedagogika fanlari, falsafa bilan chambarchas bog'liqdir. Chunki mazkur fanlar tarbiyaning maqsadi va vazifalarini o'rganish metodologiyasini belgilaydi. Jamiyat to'g'risidagi materialistik falsafa tarbiya masalasiga asoslangan holda yondashish imkonini beradi.
Tarixiy materializm pedagogika tarbiyaning sinfiy mohiyatini ochib berish, uning paydo bo'lishi va rivojlanishi ijtimoiy hodisa ekaniigini, jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivojlanishida tarbiyaning rolini bahoiashga yordam beradi. Didaktik masalalarni ishlab chiqishda pedagogika bilish nazariyasiga suyanadi, axloqiy tarbiya masalalarini o'rgatishda pedagogika etikaning axloq to'g'risidagi ta'limotiga, estetik tarbiyaning maqsadini, yo'llarini, metodlarini belgilashda etika faniga asoslanadi.
Etika axloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirishda axloqiy g'oyalar rolini tushunishni chuqurlashtiradi.
Estetika - insonlarni voqelikka, san'atga estetik munosabatlarni rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o'rganadi, nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo'lib xizmat qiladi.
Fiziologiya pedagogikaning tabiiy-ilmiy bazasi bo'lib, u birinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv sistemasining xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat apparati, yurak-tomir va nafas olish sistemalari va shu kabilarning rivojlanishi haqidagi ma'lumotlarga tayanadi. Hozirgi zamon fiziologiyasi eng muhim pedagogik muammolarni to'g'ri hal etishda: bola rivojlanishiga, uning qobiliyatlarini shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta'siri va shu singarilarni begilashda pedagogikaga yordam beradi. O'sib borayotgan organizm tuzilishining va harakat qilish qonuniyatlarining asosiy tamoyillarini ochib beruvchi yosh fiziologiyasi ta'lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining tipologik xususiyatlari to'g'risidagi xulosalarni pedagogikaga o'quv-tarbiya jarayoni metodikasini ishlab chiqishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq sharoitlar yaratishda yordam beradi.
Maktabgacha pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois, pedagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o'tadigan psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqidagi ma'lumotlar muhimdir. Shunga ko'ra pedagogikaning psixologiya fani bilan bog'liqligi an'anaviy tus olgan. Hozirgi zamon pedagogikasi ko'p tarmoqli fan bo'lib, avvalo, u tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi jihatidan pedagogika tarixi bilan bog'lanadi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan bog'lanish tizimida etnografiya, xalq pedagogikasi alohida o'rin tutadi.
Umumiy pedagogika guruhi - uzluksiz ta'lim jarayonining o'ziga xosligini asoslab beruvchi oila pedagogikasi, maktabgacha pedagogika, maktab pedagogikasi, kasb-hunar talimi pedagogikasi, oliy ta'lim pedagogikasi, maxsus pedagogika kabi tarmoqlarga bo'lingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |