1. Makroiqtisod nuqtai nazaridan baholarni belgilash konsepsiyasi. Baho siyosatida transfert bahoning tutgan o‘rni va mazmuni


Baholar bo‘yicha qarorlar qabul qilishga ta’sir qiluvchi omillar



Download 476 Kb.
bet3/4
Sana08.06.2022
Hajmi476 Kb.
#643703
1   2   3   4
Bog'liq
2 5328269275603932729

3. Baholar bo‘yicha qarorlar qabul qilishga ta’sir qiluvchi omillar







4. Transfert bahoni belgilash usullari
Har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektda, ya’ni uning mulk shakli hamda faoliyat turidan (ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish yoki ish bajarishdan) qat’iy nazar, asosiy maqsad foyda olish bo‘lar ekan, bu esa ana shu xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qanday baho belgilanishiga bevosita bog‘liqdir. Bir qarashda bu yerda hamma masala oddiydek ko‘ringani bilan, xuddi mana shu bahoni belgilash juda jiddiy yondashuv va ma’lum miqdordagi maxsus iqtisodiy bilimlardan xabardor bo‘lishni va ularni amaliyotga bog‘lay olishni talab qiladi. Nima uchun shunday ekanligini quyida, ushbu savol doirasida ko‘rib chiqamiz.
Rivojlangan demokratik mamlakatlar amaliyotida xuddi mana shu sohada amaliyotda katta samara bilan qo‘llanilib kelinayotgan va umum e’tirof etilgan 4 ta usul mavjud. Ularning mohiyatini har tomonlama o‘rganish, iqtisodimizning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ulardan samarali foydalanish mumkin degan xulosaga kelishga asos bo‘ladi. Shu maqsadda ularning har birining iqtisodiy mohiyati va amaliyotda ishlash mexanizmini atroflicha tushunib olish maqsadga muvofiqdir.

Yuqorida qayd qilingan, ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga baho belgilashning 4 ta usulidan dastlabkisi – baholar belgilashning o‘zgaruvchan xarajatlar usulidir. Bu usul xo‘jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobini tashkil qilishning eng muhim boshlang‘ich omillaridan biri bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari o‘zining kundalik amaliy faoliyatida juda tez-tez duch kelib turadigan usuldir. Bu usul rahbarga xaridorlar tomonidan taklif qilinayotgan baho hattoki uning tannarxidan past bo‘lganda ham uni qayta hisoblab chiqib (xarajatlarning shartli doimiy va shartli o‘zgaruvchan qismlarini tahlil qilish asosida), keyin xulosa qilishga o‘rgatadi. Bu usulning amaliyotda ishlashi uchun ba’zi shart-sharoitlar bo‘lishi talab qilinadi (chizmaga qarang).




Ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko‘rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish) birligiga baho belgilashning keyingi usuli bu – yalpi foyda usulidir.


Bu usul xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining strategik qarorlar qabul qilishiga asos yaratadi. Olinishi mo‘ljallanayotgan foyda miqdori uning amalga oshirmoqchi bo‘layotgan rejalari uchun moddiy asos yarata oladimi – yo‘qmi, yetarli bo‘lmasa, qancha yetishmaydi, u miqdorni qaysi manbalar hisobidan topish mumkin, degan muhim savollarga operativ tarzda ma’lumotlar olishga imkon yaratadi. Bular esa o‘z navbatida biznesning boshlanish davridayoq xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil qilish va boshqarish, rivojlantirish strategiyasini to‘g‘ri belgilash kafolatini ta’minlaydi. Yalpi foyda usuli xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlariga makro va mikro darajada shu muhim ko‘rsatkich bo‘yicha tahliliy ishlarni amalga oshirish, foyda miqdorining o‘rtacha tarmoq, hududiy va butun mamlakat bo‘yicha taqqoslanishi, vujudga kelishi mumkin bo‘lgan chetlanishlarni ko‘rish hamda chetlanishlar sababini aniqlash, shuningdek, shu boradagi mavjud rezervlarni ishga solish variantlarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko‘rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish) birligiga baho belgilashning sotish rentabelligi usuli har bir tadbirkor uchun raqobat kurashida o‘zini tuta olish, maksimal foyda ko‘rish imkoniyatlarini doimo ishga solish va faoliyat turi bo‘yicha boshqalarga nisbatan yuqori natijalarga ega bo‘lish imkonini yaratadi.
Misol:
Ishlab chiqarish imkoniyati deyarlik cheklanmagan va nisbatan bir xil sharoitda bo‘lgan ikki ishlab chiqaruvchi bir xildagi piyolalarni bozorga turli xil narxlarda taklif qilayapdi. Faraz qilaylik, birinchi ishlab chiqaruvchida bir dona piyolaning ishlab chiqarish tannarxi 200 so‘mni tashkil qilgan holda uni sotish bahosini 300 so‘mga belgiladi va bir soatda bir dona piyola sotdi.
Ikkinchi ishlab chiqaruvchi esa 200 so‘m ishlab chiqarish tannarxi bo‘lgan piyolaning sotish bahosini 270 so‘mdan belgilab, bir soat davomida 3 dona piyola sotdi. Ko‘rinib turibdiki, ikkinchi ishlab chiqaruvchi sotish bahosini past belgilagani bilan, bozorni yaxshi o‘rganganligi, xaridorlarni baho orqali jalb qilish omillari hisobiga o‘rtacha bir soatda birinchi ishlab chiqaruvchiga nisbatan 2 baravardan ortiq foyda olishga muvaffaq bo‘lgan.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko‘rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish) birligiga baho belgilashning yana bir usuli – aktivlar rentabelligi usulidir.


Bu usulning o‘ziga xos xususiyati shundaki – u xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga baholarni belgilashda asosiy vositalar va aylanma kapital aylanishi, yangilanish darajasi, yangilanish vaqti va miqdori bo‘yicha aniq ma’lumotlar beradi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari va menejerlariga investitsiya muhiti, asosiy kapital yangilanishini inobatga olgan holda baholarni belgilash imkoniyatini yaratadi. Buning uchun rahbar yoki baholarni belgilash bo‘yicha mas’ul xodimlar, albatta, kapital elementlari bo‘yicha amortizatsiya hisoblash usullari, ulardan foydalanish, hisob siyosati kabi qator muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlar mohiyatini yaxshi bilishlari talab etiladi.



Download 476 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish