1. Mahsuldor qatlamning ochilish


Mahsuldor qatlamlarni yon stvol bilan ochishning gorizontal holda tugallanishi



Download 186,46 Kb.
bet5/8
Sana01.01.2022
Hajmi186,46 Kb.
#296733
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
A

5.Mahsuldor qatlamlarni yon stvol bilan ochishning gorizontal holda tugallanishi


Yon stvollarni burg’ilab gorizontal tugallash hozirgi vaqtda neft va gaz uyumlarida hamda konlarni so’nggi bosqichda ishlatishda keng qo’llanilmoqda. Yon stvollarni burg’ilab gorizontal stvollar bilan mahsuldor qatlamlarni ochish xususiyatlari xuddi gorizontal quduqlarni qurish kabidir.

Mahsuldor qatlamni gorizontal stvol yordamida ochishda kollektor xossalarini saqlanishini, quyqumlarni yer ustiga chiqarishni va avariyasiz burg’ilashni maksimal darajada ta‘minlash zarur hisoblanadi.

Konlarda olib borilgan tajriba ma‘lumotlari qatlamga repressiya bosimida yon stvollarda mahsuldor qatlamlarni gorizontal stvollar bilan ochishda biopolimerli eritmalardan foydalanilganda mahsuldor qatlamning kollektorlik xossasini yuqori samarada saqlanganligi ko’rsatadi .

«Surgutneftegaz» OAJdagi konlarda olib borilgan tajriba ishlari biopolimerli eritmalardan foydalanib yon stvollarni gorizontal tugallab mahsuldor qatlamlarni ochish ishlari bu eritmani yuqori samarali ekanligini tasdiqlaydi. Biopolimerli eritmalarni qo’llab olingan natijalar mahsuldor qatlamni polimer-loyli eritmalar bilan ochilgan yon stvolli gorizontal tugallangan quduqlardagi samaraga nisbatan 1,5- 2,0 marta yuqori ekanligini ko’rsatadi.

IKF fiomasining va «SurgutNIPIneft». Institutining biopolimerli eritmalari ko’p qo’llanilmoqda. Shunday qilib yon stvolli gorizontal tugallangan quduqlarni burg’ilashda biopolimerli eritmalar qo’llanilganda yuqori samaraga ekanligini ko’rsatadi va hozirgi vatqda gorizontal tugallashda keng foydalanilmoqdi.

Quduqlarni yon stvollarini burg’ilab gorizontal tugallashda nomustahkam bo’lgan loyli yotqiziqlarni burg’ilash sharoitida yon stvolning trayektoriyasini yuqori jadallikda burg’ilashda ayniqsa, gorizontal yo’nalishga o’tishda murakkabliklar sodir bo’lishi mumkin.

Xuddi shunga o’xshash geologik tuzilishga ega bo’lgan konning uyumlarida gorizontal stvolni burg’ilashda mahsuldor qatlamni ochishdan oldin nomustahkam bo’lgan tog’ jinslari izolyatsiya qilinadi ya‘ni, gorizontal stvol bilan ochiladigan yuqorida joylashgan nomustahkam bo’lgan tog’ jinsiga ta‘sir etish jarayoni chegaralanadi.

Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlarga muvofiq yon stvollarni burg’ilash ilgari burg’ilangan aniq diametrdagi ishlatish kolonnasi bilan mustahkamlangan (masalan respublikamizda burg’ilangan aksariyat quduqlarning ishlatish kolonnasi 146 mm.li diametr bilan tugallangan) quduqlarda burg’ilanganda mahsuldor qatlamlarni ochishdan oldin mustahkamlash kolonnasi bilan nomustahkam gorizontal stvol uchastkasi diametrining kichrayishi sababli, tog’ jinslarini izolyatsiya qilish juda qiyin.

Bunday sharoitda yon stvollarni gorizontal uchastkasini burg’ilashda burg’ilash eritmalariga yuqori talablar qo’yiladi. Gorizontal trayektoriya bo’yicha mahsuldor qatlamga kirishda katta egilish burchaklarini olish bilan bog’liq holda yon stvollorni to’qilishi, tog’ jinslarini nurab ketishini oldini olish uchun burg’ilash eritmasining zichligi oshiriladi. Ayniqsa, bu mahsuldor qatlamning oldida nomustahkam tog’ jinslari uchraganda, burg’ilash eritmasining zichligi oshirilganda qatlamga beriladigan repressiya bosimini oshishga olib keladi natijada, mahsuldor qatlamning o’tkazuvchanligini pasaytiradi va ochishda esa eritmalarni qatlamga yutilishga olib kelishi mumkin.

Yuqoridagi fikrlarga muvofiq nomustahkam bo’lgan loyli yotqiziqlarning mustahkamligi ta‘minlash va mahsuldor qatlamlarning kollektorlik xossalarini saqlab qolish uchun burg’ilash eritmasining minimal zichligining retsepturasini tanlash asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Loyli tog’ jinslarining to’qilishi va nurab ketishini oldini olishda har xil geologik sharoitdan kelib chiqqan holda burg’ilash eritmasining turini, uning tarkibini va xossalarini to’g’ri tanlash burg’ilash jarayonining muvaffaqiyati amalga oshirilishini ta‘minlaydi.

Loyni burg’ilash eritmalari bilan fizik-kimyoviy o’zaro ta‘sir qilish jarayoni loyli mineralli kristallarni gidratatsiyalanish va mikroyoriqlarda bo’kish jarayonlarini boshlanishi hisoblanadi. Loylarni bo’kish jarayonini bostirish jarayoni fizik- kimyoviy usulda amalga oshiriladi va ingibirlash jarayoni deb ataladi.

Loyli tog’ jinslarini gidratatsiyasini va yumshashini oldini olish uchun burg’ilash eritmasining filtrati ingibirlash xossalariga ega bo’lishi kerak. Reagentlarni va burg’ilash eritmalarini ingibirlash xossalariga baho berishda har xil usullar mavjud, loyli tog’ jinslarining hajmini har xil muhitlar (bo’kishi) bilan o’zaro reaksiyaga kirishganda uning xususiyatini o’zgarishiga tayaniladi. Eng yaxshi ingibitor kaliy xlorid (KCl) hisoblanadi. Masalan, biopolimerning ingibirlash tarkibiga KCl va NAOH lar kiradi hamda unga ingibirlash xossasini beradi .

Bunda ko’rsatib o’tishimiz zarurki, kaliy ionlari boshqa kationlar bilan taqqoslanganda muhim ingibirlash ta‘sir etish xossasiga ega. Kaliy ionlari amalda

gidratlanmaydi, shuning hisobiga u loyli yuzalarni ishonchli koagulyatsiya qilishga

erishadi. Ikkinchidan kaliy kationining eng kichik o’lchamlari loyli kristall panjarisining eng muhim joylariga kirib boradi va loyli yuzalarni salbiy zaryadlar bilan neytrallashtiradi .

Bunday kimyoviy o’zaro reaksiyalanish natijasida loyning minerologik tabiatida o’zgarish sodir bo’ladi ya‘ni, suvni sezuvchan minerallarga aylanadi – yaxshi kristallangan gidro-ilviraga aylanadi. Bu jaaryon amalaiyotda qaytmas jarayoni hisoblanadi.

Geologik ma‘lumotlarning mavjudligi asosida potensial nomustahkam loyli oraliq qirqimlarida yon stvollarni burg’ilashda burg’ilash eritmalarini turlarini to’g’ri tanlash zarur va uning ingibirlash faolligi shu tog’ jinsi uchun yetarli bo’lishi kerak.

Bunday retsepturani ishlash jarayonida uning eritmasiga ingibirlash xossalari beriladi qaysiki, u burg’ilash eritmalarining filtratlarini tog’ jinsiga singib ketganda ham loyli yotqiziqlarni mustahkamligini ta‘minlashi zarur.

Buning uchun oldindan burg’ilash eritmalarini filtratlarini tog’ jinsining mustahkamligiga ta‘sir qilishi laboratoriya sharoitida tadqiqot qilinadi. Shunday qilib, yon stvollar gorizontal tugallanganda va mahsuldor qatlamlarni ochishdan oldin loyli nomustahkam tog’ jinslari mavjud bo’lganda, ingibirlashgan burg’ilash eritmalari qo’llaniladi qaysiki, filtratlar loyli yotqiziqning oralig’idagi quduq devorining mustahkamligiga salbiy ta‘sir ko’rsatmaydi, mahsuldor qatlam oralig’ida eritma uning kollektor xossalarini saqlashni ta‘minlaydi.


  1. Download 186,46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish