3.Anomal – past bosimli qatlamlarda (APBQ) mahsuldor qatlamlarni ochish
Anomal past bosimli qatlamlarni (APBQ) Ka < 1 ochishda konlarni ishlatish jarayonida qatlamning bosimini pasayishga olib kelgani yoki uyumning shakllanish jarayoni geologik sabablarga muvofiq qatlam bosimi past bo’lganda qatlamga kirish aniq texnik-texnologik yechimlarni qo’llashni talab qiladi.
Mahsuldor qatlamlarni APQB sharoitida ochishda burg’ilash eritmasining zichligi suvning zichligidan (1g/sm3kichik) kichik bo’lishi zarur. Bunga erishish uchun yengillashtirilgan burg’ilash eritmalaridan foydalaniladi.
Yengillashtirilgan burg’ilash eritmalari sifatida aeratsiyali burg’ilash eritmalaridan foydalaniladi hamda mikrofazoli uglevodorod asosidagi va invertli – emulsiyali eritmalarni qo’llash asosida tayyorlanadi. Aeratsiyali burg’ilash eritmalarini tayyorlashda uchta usuldan foydalaniladi: mexanik (kompressorli); kompressorsiz sirt-faol moddalardan (SFM) va ejektor turidagi qurilmadan foydalaniladi; kombinatsiyalashgan .
Gazsuyuqlik aralashmasining zichligi qatlam bosimiga nisbatan aniqlanadi va aeratsiyalanish darajasi ta‘minlanadi. Aeratsiyali aralashmalarni olishda qo’zg’oluvchan KPU-180 turidagi kompressor mashinadan foydalaniladi va bosimining kattaligi 18 – 30 MPa.gacha o’zgaradi. Kompressorli usullardan foydalanish aniq chuqurlikka ega bo’lgan quduqlarda qo’llaniladi hamda yuvuvchi suyuqlikning sirkulyatsiyasida naporning yo’qotilishi kompressor yordamida hosil qilinadigan bosimdan oshib ketmasligi chegaralanadi.
Bu eritmaning tarkibida qattiq fazalarning miqdori juda kam bo’lganligi uchun mahsuldor qatlamga ijobiy ta‘sir qiladi. Shu bilan bir qatorda APQBli qatlamlarni ochishda qo’llaniladigan aeratsiyali burg’ilash eritmasi mikrofozolarga ega bo’ladi. Mikrofazali yengillashtirilgan burg’ilash eritmalari past qatlam bosimiga ega bo’lgan qiya-yo’naltirilgan va gorizontal quduqlarni burg’ilash mo’ljallanadi.
Burg’ilash eritmalarini zichligini 1000 – 1060 kg/m3gacha tushirishga erishish
uchun unga qo’shiladigan qo’shma sifatida alyuminiy silikatli mikrofaza qo’shiladi, uning zichligini 900-1000 kg/m3. gacha pasaytirish uchun qo’shma sifatida HGS shishali mikrofaza qo’shiladi.
APQBli mahsuldor qatlamlarni anomallik koeffitsiyentlariga mos holda ochishda uglevodorod asosli (UA) va invertli-emulsiyali burg’ilash eritmalari qo’llaniladi qaysiki, mahsuldor qatlamning kollektorlik xossasi maksimal darajada saqlanadi.
APQB sharoitidagi mahsuldor qatlamlarni ochishda burg’ilash eritmalarining turi, tarkibi va parametrlari mahsuldor uyumning kollektorli xossalarini maksimal saqlash, avariyasiz hamda quduq qurilishini texnik-iqtisodiy ko’rstagichlarini va belgilangan eritmani quduqqa foydalanish uchun kiritishni qo’llashda geologik sharoitlarga asoslaniladi.