1.MAHMUDOV HOJAKBAR
2.ABDUXALILOV MUHAMMADRIZO
3.FOZILOV SAYDILLA
4.
JO'RAYEV MUXRIDDIN
1-MAVZU. IQTISODIYOTDA INFORMATSION-KAMUNIKATSION TEXNALOGIYALARI FANI PREDMETI
Reja:
1. Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalari fanining predmeti va vazifalari
2. Raqamli iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o’rni va vazifasi
3. Axborot texnologiyalarning rivojlanish tendentsiyalari
4. Raqamlashtirish mohiyati, kelib chiqish sabablari, shart-sharoitlari va darajalari
Tayanch so‘z va iboralar:
informatika, elektron hisoblash texnikasi, funktsional
protsessorlar, informatikaning usullari va vositalari, mexanik qurilmalar, elektromexanik
ashinalar.
1. Iqtisodiyotda informatsion-texnologiyalar fanining predmeti va vazifalari
Insoniyat harakat va raqobat orqali turmush tarzini rivojlantiradi va yangi- yangi
kashfiyotlarni yaratilishiga sabab bo`ladi. Bu kashfiyotlardan biri – kompyuter texnikasidir.
Azaldan insoniyat o`z ishini osonlashtirish va vaqtni tejash muammolari bilan shug`ullangan.
So`zsiz aytish mumkinki kompyuter XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri. Davr talabiga
ko`ra bugunga kelib kompyuter texnikasi juda rivojlanib ketdi. Ma`lumotlarni yig`ish,
boshqarish, qayta ishlash va uzatish ayniqsa, hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarni hozirgi kunning eng zo`r va ixcham
texnologiyasidan foydalanishga bo`lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Chunki butun
dunyoda XXI asr – «axborot» asri deb tan olingan. Axborot asrida katta hajmdagi
ma`lumotlar ombori va axborotlar ustida ishlashga to`g`ri kelmoqda. Jamiyat taraqqiyotini
rivojlanishiga, kunlik ehtiyojga kerakli vositalar (masalan, uyali telefon, DVD player, Flash
xotira, …), yuz berayotgan jadal o`zgarishlar ularning bir qismi bo`lgan «Kompyuter
texnikasi» va «Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari» faniga ham o`z ta`sirini
ko`rsatmoqda. Axborot texnologiyasining rivojlanishi dasturiy va texnik ta`minotga ham o`z
ta`sirini ko`rsatmoqda. Bu ta`sirlar shunchalik kuchliki, yillar ichida emas, balki oylar ichida
o`zgarib va boyib bormoqda. Axborot texnologiyalari va uning texnik, dasturiy ta`minotini
yangi variantlari paydo bo`lishi bu sohadagi xizmat qilish usulini tubdan o`zgartirishni talab
etadi. Eslab ko`ring1, kerakli ma`lumotni tahrirlash, xotiraga yozish, qayta ishlash usullarni
amalga oshirish yoki bir masalani kompyuterda yechib, natija olish uchun algoritmlarni,
dasturlash tillari va ishlash muhitini bilishni talab qilar edi. Bunday ma`lumotga ishlov berish
usullarini faqat mutaxassislargina amalga oshirishni bilardilar. Ammo hozirgi jamiyatni
axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Har bir soha borki, ishlab chiqarishdan to
ta`lim
muassasalari,
fermerlikkacha
axborot
texnologiyalari
qolaversa, kompyuter
texnikasining imkoniyatidan foydalanib kelinmoqda. Kompyuterlardan foydalanuvchilar
sonining kundan-kunga ko`payishi jamiyat oldida ma`lum qiyinchiliklarni tug`dirmoqda.
Respublikamizda kompyuter savodxonligini oshirish, jamiyatda kompyuter texnologiyalaridan
samarali foydalanish jarayonining ijobiy kechishi uchun hukumatimiz tomonidan bir qator
chora- tadbirlar ishlab chiqilgan. O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom
Karimovning 2001 -yil Oliy Majlisning V sessiyasida so`zlagan nutqida axborot
texnologiyalari va kompyuterlarni jamiyat hayotiga, kishilarning turmush tarziga, umumiy
o`rta ta`lim maktablari, o`rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta`lim muassasalari o`quv
jarayoniga jadallik bilan olib kirish g`oyasi ilgari surilgan.
O`zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
2001-yil
23
maydagi
«2001-2005-yillarda kompyuter
va
axborot
texnologiyalarini rivojlantirish,
«Internet»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta`minlash dasturini ishlab
chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 230-sonli3, 2002 -yil 30 maydagi
«Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy etish to`g`risida»gi Prezident Farmoni, mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6 iyundagi «2002-2010-yillarda
kompyuterlashtirish va axborot- telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi»
to`g`risidagi Qarori e`lon qilindi4. Ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni
chuqurlashtirish maqsadida «2008-2012- yillarda uzluksiz ta`lim tizimini mazmunan
modernizatsiyalash va ta`lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko`tarish
dasturi»ning 1.7-bandida «Uzluksiz ta`lim tizimi o`quv-laboratoriya va informatika
xonalaridan samarali foydalanishni baholash mezonlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy
etish», 2.9-bandida «Axborot texnologiyalari va kompyuterlar asosida ta`lim olishning
o`quv–metodik majmualarini yaratish va amalga tadbiq qilish», 3.4-bandida «Fanlar bo`yicha
virtual laboratoriyalar tashkil etish» hamda 6.14-bandida «Ta`lim sifati ko`rsatkichlari va
mezonlarini takomillashtirish, ta`lim sifatini hamda o`quvchi-talabalar bilimini baholashning
avtomatlashtirilgan
nazorat
va
boshqaruv
tizimini
yaratish»
kabi
ta`lim-tarbiya
samaradorligini yangi sifat darajasiga ko`tarish vazifalari qo`yilgandi. O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2005 -yil 2 iyundagi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to`g`risida»gi PQ-91-sonli, 2005-yil 8
iyuldagi «Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishning qo`shimcha
chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-117-sonli, 2005-yil 28 sentyabrdagi «O`zbekiston
Respublikasi jamoat ta`lim axborot tarmog`ini yaratish to`g`risida»gi PQ-191-sonli
Qarorlaridan ko`zda tutilgan asosiy vazifa aholining kompyuter savodxonligini oshirish
hisoblanadi. Ushbu masalani hal etish uchun maktab, litsey, kasb - hunar kollejlari hamda
oliy o`quv yurtlarida kompyuter va axborot texnologiyalari bilan ishlashga o`rgatish keng
ko`lamda yo`lga qo`yilmoqda. Buning uchun, avvalo, bilim dargohlari zamonaviy kompyuter
texnikalarga ega maxsus xonalar bilan bir qatorda ―Inforomatika va axborot
texnologiyalariǁ faniga bo`lgan talab ham ortmoqda.
Axborot texnologiyasi - bu aniq texnik va dasturiy vositalarining majmui bo`lib, ular
yordamida ma`lumotlarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan turli xildagi masalalarni hal
etamiz. Informatika keng ma`noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya`ni inson faoliyatining
barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiya yordamida qayta ishlash,
saqlash, uzatish va boshqarish bilan bog`liq bo`lgan yagona sohadir.
"Axborot texnologiyalari" iborasidagi "texnologiya" so`zi lotincha "thexnos" - san`at,
hunar, ustalik, soha va "logos" - fan degan ma`noni bildiradi. Texnikada yoki ishlab
chiqarishda "texnologiya" deganda ma`lum kerakli xom ashyodan tayyor mahsulotni hosil
qilish uchun uslubar, metodlar va vositalar yig`indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi.
Texnologiya ob`yektining dastlabki, boshlang`ich holatini o`zgartirib, yangi, oldindan
belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun undan turli texnologiyalar
orqali non, bo`g`irsoq, tort va boshqa unli mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang`ich
xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot
mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham "texnologiya" tushunchasining ma`nosi
saqlanib qoladi. Faqat unga "axborot" so`zini qo`shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta
ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab
turadi.
Texnologiya
- bu sun`iy ob`yektlarni yaratishga yo`naltirilgan jarayonlarni
boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo`nalishda borishini ta`minlash uchun yaratilgan
shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi.
Bu esa tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o`zgartirish
maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham
boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta`riflash mumkin.
2.Raqamli iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o’rni va vazifasi
Bugun jamiyatda raqamli texnologiyalarning ahamiyati tobora ortmoqda. Ularning
keng joriy qilinishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari hozirgi zamonda har bir
davlat uchun jiddiy hayotiy masalaga aylangan. Ekspertlar fikricha, kelgusi 3 yilda
iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22 foiz ish o’rni axborot texnologiyalari
yordamida yaratiladi.
Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida raqamli iqtisodiyotga faol o’tish
kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Shuningdek, joriy yilning Ilm,
ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e‘lon qilingani bejiz emas.
Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta‘minlash borasida Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oldida o’ta muhim va dolzarb
vazifalar qo’yilgan.
Raqamli iqtisodiyot, birinchi navbatda, korrupsiyadan xoli hududda ishlash
imkoniyatini yaratadi. U ―xufiyona iqtisodiyotǁning asosiy kushandasidir. Chunki raqamlar
hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi. Kerak paytda ma‘lumotlarni tez taqdim etadi.
Bunday sharoitda biror ma‘lumotni bekitish,yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida
to’liq axborot bermaslikning iloji qolmaydi, Buning natijasida esa iqtisodiyotga yo’naltirilgan
qonuniy mablag‗lar joy-joyiga sarflanadi. Ayniqsa, soliqlarning o’z vaqtida to’g‗ri
hisoblanishi va to’lanishi, byudjet taqsimoti oshkoraligi, ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan
mablag‗lar, maktablar, shifoxonalar, yo’llarga ajratilgan pullar to’liq o’z manziliga maqsadli
yetib borishiga zamin yaratiladi. Shu bois, raqamli texnologiyalarni bizni taraqqiyotga
eltadigan eng qisqa yo’l, deya atash g‗oyat oqilona va odilona ta‘rif bo’ladi.
Robototexnika sohasi.
Ma`lumki, "robot" so`zi bizning tilimizga ilmiy fantastikadan kirib
kelgan bo`lib, "qul" degan ma`noni bildiradi. Birinchi bor bu so`zni oltmish yil oldin taniqli
Chex fantast yozuvchisi Karl Chepek ishlatgan. Ammo "mexanik odamlar" undan oldinroq
ham ma`lum edi. O`rta asrlarda inson iste`dodlariga ega bo`lgan musiqachi qo`g`irchoq yoki
rassom-qo`g`irchoqlar paydo bo`lganligi ma`lum. Kompyuter asri boshlanishi bilan insonni
og`ir va zararli mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo`ldi. Ular garchi odam qiyofasida
bo`lmasa-da, ko`plab funksiyalarni bajara oladilar. Masalan, UzDAEWOOavto O`zbekiston -
Koreya qo`shma avtomobil korxonasida turli ishlarni bajaradigan robotlar keng
qo`llanilmoqda. Bugungi kunda robotlar mashinasozlik zavodlarida, po`lat quyish sexlarida,
kimyoviy laboratoriyalarda, qurilishda keng qo`llanilmoqda. Robotlarni yaratish bilan
shug`ullanadigan texnikaning maxsus shahobchasi-robototexnika paydo bo`ldi. Robotlar
orasida keng tarqalgani bu robot manipulyatorlardir. Manipulyatorlar - o`ta sezgir va kuchli
mexanik qo`ldir. Robotlarni kompyuter boshqarib turadi, ya`ni kompyuter robotning
"miyasi"dir, ular telekameralar orqali "ko`rib", mikrofonlar yordamida "eshitadilar", ya`ni
axborot qabul qiladilar. Maxsus vositalar "sezgi" organi vazifasini o`taydi.
Marketing sohasi.
Marketing inglizcha "market" (bozor) so`zidan olingan bo`lib, bozor,
savdo sohasidagi faoliyatni anglatadi. Marketingda eng asosiysi, bozorni, xaridorlar talab va
ehtiyojlarini chuqur va har taraflama o`rganish va ishlab chiqarishni shuning asosiga qurish,
ikkinchi tomondan esa bozorga, mavjud talab va ehtiyojga ta`sir ko`rsatish, xaridorlarning
muayyan mollarga bo`lgan talablarini shakllantirishdan iborat. Boshqa viloyat (tuman,
shahar) dagi bozor narxlarini o`rganish. Marketing sohasini kompyuter va axborot
texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin, ayniqsa, qimatli qog`oz bozorini.
Ta`lim - tarbiya sohasi.
Ta`lim sohasida asosiy vositalardan biri bu didaktik
ta`minotlardir. Didaktik ta`minotga o`quv materialining o`zgargan shakllari - slayd,
diagramma, jadval, test, virtual laboratoriya va boshqalar kiradi. Bunday ta`minotlarni
yaratishda kompyuterdan foydalanishning imkoniyati keng va kelgusida bu ta`minotni
o`zgartirib, takomillashtirib borish ham mumkin. Bundan tashqari masofadan ta`lim olish,
mustaqil o`rganish kabi imkoniyatlarni ham yaratib beradi.
Ishlab chiqarish sohasi.
Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida kompyuterlar
qo`llanilib kelmoqda. Kompyuterlar ko`pgina texnologik jarayonlarni boshqarishi, ular
yordamida yangi mahsulotning chizmasini yaratishdan toki tayyor mahsulot bo`lib chiqquniga
qadar bo`lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirishi, mahsulot shaklini konstruktor
kompyuter ekranida chizib, tegishli o`zgartirishlar yasab, qog`ozga chop etishi va boshqa
amallarni bajarishi mumkin. Bundan tashqari mahsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli
barcha qurilmaning imkoniyatlari, unga ketadigan sarf-xarajatlarni hisob-kitob qilishda ham
kompyuter eng yaxshi yordamchidir. Mahsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy
kompyuterdan ishlab chiqarish liniyalariga yetkaziladi. U yerda axborotni qabul qilishga
tayyor turgan robotlar kompyuter uzatgan dastur asosida mahsulotni yig`a boshlaydi. Tayyor
mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib, omborlarga jo`natiladi.
Tibbiyot sohasi.
Kompyuterlarning shifoxonalarda paydo bo`lishi ko`p narsalarni,
jumladan, yuqoridagi muammolarni ham tubdan o`zgartirib yuboradi. Siz to`g`ridan-to`g`ri
shifokor huzuriga yo`l olasiz. Uning ish stolida odatdagi meditsina ish qurollaridan tashqari
kompyuter ham joy olgan: uning xotirasida barcha bemorlarning kasallik tarixi yozib
qo`yilgan. Agar siz oldin ham murojaat etgan bo`lsangiz, siz haqingizdagi ma`lumot ham
bo`ladi. Birinchi bor murojaat etayotgan bo`lsangiz siz haqingizdagi barcha axborotni shu
yerning o`zida shifokor kompyuterga kiritib qo`yadi. Kasalligingiz haqidagi barcha
ma`lumotlar kompyuterga kiritilgach, sizning kasalligingiz bo`yicha tez va aniq tashxis
kompyuter tomonidan qo`yiladi va chop etish qurilmasi yordamida dorilar uchun ro`yxat ham
chop etib beriladi. Dorilar ro`yxatini olib, boshqa kompyuter yordamida ushbu dorilarni eng
yaqin bo`lgan qaysi dorixonalardan topish mumkinligini ham bilib olish mumkin. Kompyuter
medisinada boshqa ishlarga ham qodir. Masalan, tomograf - ya`ni siljib harakatlanadigan
rentgen apparati insonning ixtiyoriy organi haqida to`liq ma`lumot olishi, ulardagi mikroskopik
defektlar, chet jinslar (masalan, buyrakdagi tosh) haqida ma`lumot berishi mumkin va
ularning harakatli ko`rinishini saqlash, tomograf uzatgan axborotni tezda qayta ishlash va
ekranda ko`rsatish qulayliklari ham bor.
Kompyuter va san`at.
Kompozitor musiqa yaratishda kompyuterdan unumli foydalanishi
mumkin. Buning uchun kichik real yoki elektro organ yordamida kompyuterga ulanib
yozayotgan musiqa notalarini ekranda ko`rib turgan holda yangi asar yaratishi va shu
yerning o`zida, shu onda eshitib ko`rishi ham mumkin. Kompyuterlar rassomlarga ham ko`p
yoqib qolgan. Kompyuter grafikasi bo`yicha birinchi ko`rgazma 1956 -yili o`tkazilgan. Turli
eskizlar, chizmalar va rasmlar chizishda rassomlar kompyuterdan foydalanib kelmoqdalar.
Bundan tashqari, kino va televideniyani ham kompyuterlarsiz tasavvur etish qiyin. Hozirgi
davrda turli joylarda, mintaqalarda, hatto qit`alarda yashaydigan insonlar ishtirokida
telekonferensiyalar o`tkazish an`anaga aylanib qolmoqda.
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalarining maqsadi – iqtisodiyotda axborot
komplekslari va texnologiyalari tushunchalarining mohiyatini tushuntirish hamda talabalarda
iqtisodiyotning turli sohalarida iqtisodiy jarayonlarga zamonaviy axborot komplekslarini,
kommunikatsiya vositalarini tatbiq etish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalarini fanining vazifasi–talabalarga
iqtisodiyotning turli sohalarida zamonaviy axborot komplekslari va texnologiyalarini qo’llagan
holda masalalarni tahlil etishga, mustaqil fikrlashga,ixtisoslik fanlarini o’rganish uchun
tayyorlashdan iborat.
3.Axborot texnologiyalarning rivojlanish tendentsiyalari
Axborot texnologiyasi
- bu axborotni bir ko`rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi
ko`rinishga keltirish, axborotni yig`ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari
majmuasidan foydalanish jarayonidir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini qondiradigan
yangi mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining maqsadi esa insonning
biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo`lgan, uni tahlil etish va u asosida qaror qabul qilishi
kerak bo`lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat. Turli texnologiyalarni qo`llab, bitta
moddiy resurslardan turli mahsulotlar olish mumkin. Xuddi shu narsani axborot
texnologiyalariga nisbatan ham aytish mumkin. Masalan, matematikadan nazorat ishini
bajarganda har bir o`quvchi boshlang`ich axborotni qayta ishlash uchun o`zining bilimini
qo`llaydi. Masalaning yechimi bo`lgan yangi axborot mahsuloti, o`quvchi tanlay olgan
masalani yechish texnologiyasi, usuliga bog`liq.
Ishlab chiqarishda turli maxsus jihozlar, uskunalar va boshqalar ishlatiladi. Axborot
texnologiyalari uchun ham o`zining uskunalari, vositalari mavjud. Bular kseroks, faks, skaner
va boshqa dasturiy vositalardir. Bu vositalar orqali axborotga ishlov berilib, o`zgartiriladi.
Hozirgi paytda axborotga ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng
qo`llanilmoqda. Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining
qo`llanishiga urg`u berish maqsadida ko`pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya
haqida gapirishadi.
Axborot texnologiyasi o`zi uchun asosiy muhit bo`lgan axborot tizimlari bilan bevosita
bog`liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo`lgan ma`lumotlar
ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat
bo`lgan tartiblashtirilgan jarayondir.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi
omillar mavjud.
Ichki omillar – bu axborotning paydo bo`lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar
bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va boshqalar.
Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnik – uskunaviy vositalar orqali
axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirish vositalari.
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng
muhim usullaridan biri bo`lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha evolutsion bosqichlarni bosib
o`tdi. Ana shu bosqichlarga qisqacha to`xtalib o`tamiz.
Birinchi bosqich.
XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda "Qo`llik"
axborot texnologiya taraqqiy etgan. Uning vositalari: pero, siyohdon, kitob. Kommunikasiya,
ya`ni aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan. Bu
axborot texnologiyasi insonning aqli rivojlanish davrida paydo bo`lgan.
Ikkinchi bosqich
. XIX asrning oxiri, unda "Mexanik" texnologiya rivojtopgan. Uning
asosiy vositalari yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.
Uchinchi bosqich.
XX asr boshlariga mansub bo`lib, "Elektromexanik" texnologiyalar
bilan farq qiladi. Uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu
bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham o`zgardi. Unda asosiy urg`u axborotni
tasvirlash shaklidan, uning mazmunini shakllantirishga ko`chirildi.
To`rtinchi bosqich.
XX asr o`rtalariga to`g`ri kelib, "Elektron" texnologiyalar qo`llanilishi
bilan belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy vositasi EHMlar va ular asosida tashkil
etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.
Beshinchi bosqich.
XX asr oxiriga to`g`ri keladi. Bu bosqichda "Kompyuter"
texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo`ljallangan
dasturiy vositalarga ega bo`lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush,
madaniyat va boshqa sohalarga mo`ljallangan texnik vositalarning o`zgarishi ro`y berdi.
Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi.
Axborot texnologiyalarining uzoq yillik evolutsion rivojlanishi uni bir necha turlarga
bo`linib ketishiga sabab bo`ldi.
Axborot texnologiyalari bir necha turlarga bo`linadi:
1. Ma`lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari.
Ular ma`lum aniq algoritmlar
bo`yicha boshlang`ich ma`lumotlarga ishlov beruvchi masalalarni yechishga mo`ljallangan.
Masalan, har bir tashkilotda o`zining xodimlari haqidagi axborotga ishlov beruvchi.
2. Boshqarishning axborot texnologiyalari.
Ularning maqsadi ish faoliyati qaror qabul qilish
bilan bog`liq bo`lgan insonlarning axborotga bo`lgan talabini qondirishdan iborat. Masalan,
boshqarishning axborot tizimlari tashkilotning o`tmishi, hozirgi holati va kelajagi haqidagi
axborotni beruvchi.
3. Tashkilot axborot texnologiyasi.
Avtomatlashtirilgan tashkilot zamonaviy axborot
texnologiyalari bu - tashkilot ichidagi va tashqi muhit bilan kommunikatsion jarayonlarni
kompyuter tarmoqlari va axborotlar bilan ishlovchi boshqa zamonaviy vositalar asosida
tashkil etish va qo`llab-quvvatlashdan iborat. Buning uchun maxsus dasturiy vositalar ham
ishlab chiqilgan. Ulardan biri Microsoft Office dasturlar majmuasidir. Uning tarkibiga matn
muharriri, elektron jadval, taqdimot muharriri, ma`lumotlar omborini boshqarish tizimlari
kiradi.
Hozirgi paytdagi kompyuterlar uchun ko`plab dasturiy vositalar mavjudki, ular barcha
turdagi axborot texnologiyalarini ta`minlay oladi. Ularning ayrimlari bilan keyinchalik qisqacha
tanishib chiqamiz.
4. Ma`lumotlar ombori.
Har qanday axborot texnologiyasining majburiy elementi
ma`lumotlar omboridir (MO). Avtomatlashtirilgan tashkilotda MO firmaning ishlab chiqarish
tizimi haqidagi barcha ma`lumotlarni o`zida saqlaydi.
5. Elektron pochta (E-mail)
- kompyuterlardan tarmoqda foydalanishga asoslangan
bo`lib, hamkorlarga ma`lumotlar jo`natish yoki ulardan ma`lumot olish imkoniyatini yaratadi.
Audiopochta - bu ma`lumotlarni klaviatura yordamida emas, balki tovush orqali uzatuvchi
elektron pochtadir.
Axborot texnologiyalari faqat fan va texnika hodisasi bo`lmasdan, iqtisodiy
rivojlanishning muhim omiliga aylanmoqda. Axborot bilan qamrab olinmagan biror muhim
xo`jalik sohaga (masalan, ta`lim, ishlab chiqarish, transport, kredit- moliya, savdo, qishloq
xo`jalik) misol keltirish qiyinmas. Ayni paytda kompyuterlar va aloqa vositalari asosida
axborotni to`plash, saqlash va taqdim etishning zamonaviy usullari, yangi axborot
texnologiyalari va xizmatlarni sotish (tarqatish) maqsadlarida ishlab chiqarish mustaqil
tarmoq sifatida shakllandi va ajralib chiqdi. Shunday qilib, xalq xo`jaligini axborotlashtirish
kelgusiga axborot texnologiyasining inqilobiga o`tish demakdir.
Axborot texnologiyalari, shu jumladan, kompyuterlar keng qo`llanilib
kelayotgan
ayrim sohalarni sanab o`tamiz.
Biznes sohasi.
Axborot texnologiyalari yangi korxona yoki firmaning muvaffaqiyat bilan
faoliyat ko`rsatishida katta rol o`ynaydi. Masalan,
-biznes reja tuzishda va kutilayotgan daromad va chiqimlarni hisoblashda;
-tashkilot
yoki
firmaning
yorlig`ini
va
tegishli hujjatlarini
tartibga keltirishda;
-tashkilot yoki firmaning taqdimot marosimini o`tkazishda;
-reklamalarning loyihasini tuzish va reklama materiallarini tayyorlash, hisobotlar,
shartnomalarni tayyorlashda;
-mijozlar haqidagi ma`lumotlar ro`yxatini saqlash va u bilan ishlashda;
-boshqa
firmalar,
potensial
ta`minotchi,
ulgurji xaridorlar
bilan bog`lanishda;
-mijozlar va ta`minotchilar bilan muzokara olib borish va hokazolarda.
Shunday qilib tashkilot yoki firmaning taraqqiy etishi uchun albatta axborot
texnologiyasi ya`ni kompyuterlarning imkoniyati va o`rni katta.
Bank sohasi.
Bank tizimi o`zining ish faoliyatida axborot texnologiyalaridan keng
foydalanish imkoniyatiga ega bo`lgan tashkilot hisoblanadi. Masalan,
- yil davomida bir sutkasiga 24 soat mijozlarga aloqa uchun va tegishli ma`lumotlarni olish,
ma`lumotnomani tekshirish, hisobni to`lash imkoniyatini yaratish;
- mijozlarga xizmat ko`rsatish madaniyatini oshirish;
- kredit kartochkalari yordamida telefon yoki Internet orqali xizmatni yo`lga qo`yish;
- mijozlar haqidagi ma`lumotlarni saqlash;
- Bankning hisob raqamlari haqidagi ma`lumotlar va boshqalar.
4. Raqamlashtirish mohiyati, kelib chiqish sabablari, shart-sharoitlari
va darajalari
Raqamli iqtisodiyot tushuncha nisbatan uzoq bo'lmagan vaqtda, 1995-yili
Massachusets universiteti amerikalik olimi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan.
Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan
yangi iqtisodiyotga o'tishda, qanday o'zgarishlar ro'y berishi mumkinligini aytib o'tgan.
Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish va
xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar
bo'lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish
yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar,
saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq
qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish,
elektron tulovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni
raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir.
Asosan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy elementi sifatida elektron tijorat,
internet banking, elektron tulovlar, internet reklama va shu bilan birga, internet o'yinlari
ko'riladi.
Axborot texnologiyalarini rivojlanishi va tadbiq qilinishi evaziga kundalik hayotimizda
juda ko'plab qulayliklar paydo bo'lmoqda. Deylik ovqatlanmoqchimiz, lekin uni tayyorlashni
xohlamaymiz, muommo emas, internetdan uyga ovqat yetkazib berish xizmati orqali
xohlagan taomni onlayn buyurtma qilishimiz mumkin. Yoki do'stimizga pul o'tkazishimiz
kerak, bunda atelabga bank yoki moliya muassasalariga borishga hojat yo'q, biz pulni mobil
bank orqali o'tkazishimiz mumkin. Shu kabi ko'plab xizmat turlarini onlayn, smartfon yoki
kompyuter orqali amalga oshirishimiz mumkin.
Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari.
Albatta, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
rivojlanishi, zamonaviy texnologiyalarning hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida
ko'plab ijobiy imkoniyatlar berishi mumkin. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson,
unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi, internet orqali o'ziga kerakli mahsulotlarni arzon
sotib olish bilan ko'plab pul mablag'larini tejashi mumkin. Masalan biron bir kitobning elektron
ko'rinishda sotib olish Sizga, shu kitobni chop etilgan ko'rinishini sotib olish ancha arzonga
tushishi mumkin. Yoki bo'lmasa oddiy iste'molchi o'zi ham tadbirkor bo'lishi, uyidan
chiqmagan holda onlayn savdo-sotiq bilan shug'ullanishi mumkin.
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini boshqa afzalliklari quyidagicha bo'lishi mumkin:
- ishlab chiqarishda mehnat samadorligini oshishi;
- kompaniyalarning raqobatbardoshligini o'sishi;
- ishlab chiqarishdagi harajatlarning kamayishi;
- yangi ish o'rinlari yaratilinishi;
- yangi zamonaviy kasblar paydo bo'lishi;
- kambag'allikni yengish va ijtimoiy tengisizlikni yuqolishi.
Bular raqamli iqtisodiyotning bor yo'gi bir nechta afzalliklari holos. Raqamli
iqtisodiyotning rivojlanishi bizning kundalik hayotimizga ijobiy ta'sir qiladi, oddiy
foydalanuvchiga ko'plab qo'shimcha imkoniyatlar beradi va qolaversa, bozorni o'sishi va
rivojlanishini ta'minlab berishi mumkin.
Raqamli
iqtisodiyotning
ishlash strukturasi
Raqamli iqtisodiyot keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan xavflar:
- Kiber hujum xavfi, shaxsiy
ma'lumotlar
himoyasi
bilan
bog'liq
muommolar;
- "raqamli qullik" (millionlab insonlar ma'lumotlaridan keyinchalik ularni o'zlarini
tutishini boshqarish uchun foydalanish);
- ishsizlikni oshishi, axborot texnoloiyalarini rivojlanishi va uni tadbiq qilinishi ortidan
bir qancha sohalar va kasblar yo'q bo'lib ketishi mumkin.
Raqamli iqtisodiyoti rivojlangan dunyo davlatlari. "Raqamli" davlatlar bugungi kunda
Norvegiya, Shvetsiya va Shvetsariya hisoblanishadi. Raqamli iqtisodiyot rivojlangan 10 ta
davlatlar qatoriga AQSH, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlandiya, Singapur, Janubiy Koreya va
Gonkong kiradi.
Raqamli iqtisodiyotda davlatning o'rni.
Dunyo tajribasini o'rganish natijasida shu narsa
aniq bo'ldiki, raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotda
davlat(hukumat) bozor "o'yin" qoidalarini o'yinning barcha ishtirokchilari uchun belgilaydi va
bunda davlatning eng muhim vazifasi sifatida o'yin ishtirokchilari uchun bir xil, teng huquqli
va imkoniyatli sharoit yaratib berish hisoblanadi. Ya'ni, bozorda katta kompaniya bo'ladimi
yoki kichik biznes, ular teng huquqli hisoblanadi. Ularga bir xil imkoniyatlar beriladi. Davlat
qoidalarga amal qilinishi va oxir oqibatda oddiy iste'molchi sifatli, zamonaviy xizmat yoki
mahsulot olishi ta'minlanadi. Demak, raqamli iqtisodiyot rivojlanishi uchun davlat hamma
uchun teng sharoit yaratib berishi, iloji boricha bozor qoidalari, qonunlar, shartnomalar
shaffof bo'lishi, qonunlar bozor talabidan kelib chiqqan holda(ya'ni bozordagi rivojlanish
tendensiyalarini oldindan aniqlay olishi va kerakli normativ hujjatlarni qabul qilishi) o'yin
ishtirokchilari uchun erkinlik berishi zarur.
Raqamli iqtisodiyot ishlatiladigan sohalar:
Dunyo mamlakatlari kabi O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanmoqda.
Kundalik hayotimizga axborot texnologiyalarni tadbiq qilinishi ortidan oddiy insonlar uchun
ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirga kunda uydan chiqmasdan ko'plab oziq-ovqat
mahsulotlari va taomlariga buyurtma berishimiz, ularni uyimizgacha yetkazib berishlari
mumkin.
Lekin shuni ta'kidlash kerak-ki, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot O'zbekiston
potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoda. Ya'ni imkoniyat bor, kerakli
resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida raqamli iqtisodiyotni
O'zbekistonda rivojlanishini bir qancha to'siqlarini ko'rsatib o'tish mumkin:
- ko'plab sohalardagi monopoliya;
- internet tezligini pastligi va uni sifatsizligi;
- axborot
texnologiyalari sohasida
qonununchilikning
zamondan
orqada qolganligi;
- fuqarolarda kompyuter savodxonligining o'ta pastligi;
- qonunchilikning shaffof emasligi;
- axborot texnologiylari bo'yicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki ularni boshqa
mamlakatlarga ketib qolishi;
- axborot madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi;
- axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi;
- boshqaruv
organlarida
sohani tushunadigan mutaxassislarning
kamligi
yoki(ba'zilarida) ularning umuman yo'qligi;
- ilm-fan va ayniqsa aniq fanlarning rivojlanishi sustligi(yoki rivojlanishdan to'xtab
qolganligi).
Yuqorida keltirilgan muommolar bosqicha-bosqich, tizimli, dunyo tajribasidan kelib
chiqib hal qilinsa, O'zbekiston ham bemalol raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda
biri bo'la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |