Lizing xizmatidan foydalanish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:
Ariza;
Lizing ob’yektining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari va uning sotuvchisi to’g’risidagi ma’lumotnoma;
TIA yoki biznes reja;
Korxonaning ta’sis hujjatlari;
Loyihani moliyalashtirish uchun loyiha-smeta hujjatlari;
Moliyaviy hisobotlar;
Lizing ta’minoti (Lizing ob’yekti va qo’shimcha ta’minot turi);
Loyiha xususiyatidan kelib chiqqan holda qo’shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Quyidagi holatlarda lizing xizmatlari ko’rsatilmaydi:
Zarar bilan faoliyat yuritadigan hamda nolikvid balansga ega bo’lgan tadbirkorlik sub’yektlariga;
Salbiy kredit tarixiga ega bo’lganda;
Qimorxonalar va billiardxonalarni tashkil etishda lizing ob’yektini qo’llash ko’zda tutilgan hollarda lizing xizmatlarini ko’rsatishga yo’l qo’yilmaydi.
2. Tijorat banki – tijorat asosida bank faoliyati, ya'ni mablag‘larni jalb qilish va kreditlarni taqdim etish, bank hisobvaraqlarini ochish va uni yuritish hamda to‘lovlarni o‘tkazish kabi amaliyotlarni amalga oshiruvchi kredit tashkilotidir. Tijorat banklari – bo’sh pulga (jamg‘armaga) ega va pulga muhtoj bo‘lganlar o‘rtasidagi vositachilardan biri hisoblanadi.
Tijorat banklari nima uchun kerak?
Tijorat banklari iqtisodiyotning “qon tomir tizimi” bo‘lib, aholi va biznesning to‘planib qolgan jamg‘armalarini taqsimlash orqali iqtisodiyotni zarur moliyaviy resurslar bilan ta'minlaydi. Bu vositachilik iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan “yoqilg‘i” bilan ta'minlaydigan omilidir.
O‘zbekistonda tijorat banki faoliyatini yuritish uchun Markaziy bank tomonidan beriladigan bank litsenziyasini olish zarur. Ushbu litsenziya muddatsiz va uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.
Tijorat banklari qanday xizmatlar ko‘rsatadi?
Birinchidan, banklar sizning mablag‘ingiz bilan samarali foydalanishni va xavfsizligini ta'minlagan holda, omonatga pulingizni qabul qilib, foiz to‘lash orqali mablag‘laringizni ko‘paytirib beradi.
Ikkinchidan, Sizga mablag‘ kerak bo‘lganda yoki zarur narsalarni sotib olish uchun jamg‘armalaringiz yetarli bo‘lmaganda, tijorat banklari sizga kreditlar taqdim etishi mumkin. Misol uchun, uy, texnika, avtomobil, mebel sotib olish, o‘qish to‘lovlari va boshqalar uchun kreditlar olishingiz mumkin.
Uchinchidan, banklarning kassalari va mobil ilovalari orqali mahsulotlarning xaridi, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar, jarimalar va boshqalar uchun to‘lovlarni amalga oshirish oson.
To‘rtinchidan, naqd pulsiz mablag‘lar bilan to‘lash uchun tijorat banklarida hisobvaraq ochish mumkin. Bu, onlayn do‘konlarda amalga oshirilgan xaridlar uchun eng qulay to‘lov yo‘li hisoblanadi. Bank hisobvarag‘iga mablag‘ingizni qo‘yib, ularni xavfsizlikda saqlaysiz.
Shu bilan birga tijorat banklariga moliyaviy amaliyotlar bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlab chiqarish, savdo, sug‘urta va boshqa faoliyat bilan bevosita shug‘ullanish taqiqlanadi.
Daromad bilan bir qatorda banklarning yetarli xarajatlari mavjud:
foizlar bo‘yicha xarajatlar: talab qilib olingungacha bo‘lgan depozitlar hisobvaraqlari, muddatli omonatlar, Markaziy bank va boshqa tijorat banklariga to‘lovlar, to‘lanadigan kreditlar bo‘yicha;
foizsiz xarajatlar: komission xarajatlar va xizmatlar uchun xarajatlar (masalan, bank reklamasi yoki tadbirlarni o‘tkazish), xorijiy valyuta kursining salbiy o‘zgarishlaridan yo‘qotishlar, investitsiyalar va boshqalar;
operatsion xarajatlar: ish haqi xarajatlari, bank binolarini ijarasi va boshqa xarajatlari, xizmat safarlari, amortizatsiya, sug‘urta, soliqlar va boshqalar;
birlashmalarga a'zolik badallari uchun to‘lovlar va fuqarolar omonatini kafolatlash fondiga mablag‘lar to‘lovlari.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” Qaror qabul qildi. Qarorning asosiy maqsadi bank tizimining moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini yanada oshirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning investitsiyaviy faolligini rag'batlantirish, shuningdek umum qabul qilingan xalqaro me'yor va standartlarga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishni yanada yuqori darajaga chiqishini ta'minlashdan iborat. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O'zbekiston Banklar uyushmasi va mamlakatning tijorat banklari bilan birgalikda Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va likvidliligini yanada oshirish, ularning resurs bazasini rivojlantirish bo'yicha ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlar belgilandi.
Xususan, qarorda xalqaro me'yor va standartlarga muvofiq, shu jumladan depozit va kredit siyosati sohasida respublika banklariga nisbatan qo'yilayotgan me'yoriy talablarni yanada takomillashtirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash, omonat va depozitlarning yangi jozibador turlarini joriy qilish yo'li bilan aholi va xo'jalik sub'ektlarining bo'sh pul mablag'larini bank aylanmasiga keng ko'lamda jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish belgilab qo'yilgan.
Bundan tashqari, yetakchi xorijiy banklar va moliya institutlarida boshqaruvni tashkil etish tizimini chuqur o'rganish asosida tijorat banklarida korporativ boshqaruv usullari, shu jumladan xatarlarni boshqarish va ichki nazoratni yaxshilash usullarini takomillashtirish, ilg'or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etgan holda ko'rsatilayotgan bank xizmatlari ko'lamini kengaytirish va sifatini oshirish, shuningdek bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish tadbirlari ham xujjatda qayd etilgan.
Ushbu Chora-tadbirlar kompleksida nazarda tutilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishi– Markaziy bank, tijorat banklari, vazirlik va idoralar tomonidan ta'minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |