10. Бир ғазалнинг поэтик таҳлилини ёзинг
Boborahim Mashrab o’zbek mumtoz she’riyatiga yangi ruh va o’ziga xos ijodiy nafas olib kirgan ulkan san’atkordir. Mashrab she’riyati o’zining samimiyligi, samoviyligi va hayotiyligi bilan ajralib turadi. Bu she’riyat haqiqiy shoir shaxsi va qismatini yorqin bir tarzda namoyon etishi bilan ham e’tiborga molikdir. Mashrab she’rlarida so’z, ohang va tasvir hech bir ijodkornikiga o’xshamaydigan tarzda yuqori maqomga ko’tarilgan. Uning g’azallarida so’z ruhdan, ma’no ruhoniyat va holdan quvvatlanadi.
Shoir g’azallaridan birida «Tinmayin yurdim bu g’am dashtida hayronliq bilan», – degan edi. U chindan ham dard, g’am va armon dashtidagi bir oshiq-darveshdir. U hayronlikdan hayratga, hayratdan haqiqat va ma’rifatga tomon intiladi:
Maqomi hayrat ichra gohi bexudman,
Junun bozorida mastmanki istihnoha sig’mamdur.
Mashrabdagi junun – ilohiy ishq jazbasi. U ishqning shiddatli tug’yonlarida «junun vodiy»siga qochadi. Uni hamma joyda hamma tomondan «ham lashkari» ta’qib qiladi. «G’am lashkari ichra» «hayronu xarob» shoir goh «jismi joni»ning afgorligidan so’zlasa («Lashkari ham bu sinuq ko’nglumni afgor ayladi»; «Jismi jonimni figor etti g’amingni lashkari»), goh o’zligini ham tarozusiga tortadi («G’am tarozusig’a tushgan bori vazminmen bugun»). «G’amdin o’zga bo’lmadi dardimga darmon oqibat», – deganida u haq edi. Mashrabning shaxsiyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lmoq uchun uning she’rlaridagi mana bunday jumla va iboralarga nazar tashlash kifoyadir: «Ishq sargardoniman», «Dard ila xarob o’ldim», «Tinmay kuyub yondim», «Manga motam tutib yig’lar daru devor», «Tilim lolu ko’zim giryon», «Nolishimdan qo’rqaman», «Sahar so’zimg’a chirmashdim», «Dilim daryoi nurdur», «Gunahim hayrdin emas, ko’zimdin», «O’lturub qon yig’lasam arzir», «Tah-batah qondur yurak», «Mandin zabunroq yo’q kishi», «Men qonlar yutay to o’lguncha», «Dardu g’am ichra sarg’aydi yuzum», «Aylandim keldim yana g’am uyiga», «Mehribonim yo’q mani», «Yotibmen qoru yomg’ir ustima o’tib», «Musibat selini barbodi bo’ldum», «Ko’ngulda g’ussa ko’p», «G’am loyi ichra qolmishman».
Bir martabada turmas emish shoh ila darvesh,
Bas jandani kiydim o’zimi darbadar ettim.
Darveshlik Mashrab uchun shohlikdan baland. U «jon to’tisini ishq ila sarboz etay deb», jandani kiyib o’zni darbadarlikka chog’lagan edi. Mashrab chin ma’nodagi oshiq shoirdir. U «Shariat sharbatin ichgon», «Tariqat halqasin tutqon», «Haqiqat shohini surgon», «Malomat kuyida yurgon», «Muhabbat yo’lida kuygon» «suyar qullar», ya’ni Haq oshiqlari fikru kechinmalari ifodachisi. Mashrab haqiqiy ishq bahriga cho’mgan san’atkor edi: «Shudam payg’ambari savdo, mani devonai Mashrab».
«Yo’lni ko’rganlar hama dunyoni tarkin qildilar», deydi shoir. Qaysi dunyoni? Mashrab g’azallaridan biri shunday satrlar bilan boshlanadi:
Dunyoga kelib bilmay loyig’a bota qoldim,
Darmon yo’qidan zahri balosin yuta qoldim.
Ko’rdum men oni dushmani ruhi tan ekandur,
Lo o’qi bilan ikki ko’zini ota qoldim.
Albatta, dunyo boshdan-oxir botqoqdan iborat emas, lekin loy – uning bir ramzi. Shoir dunyo haqidagi qarashlarida hurlik tuyg’usiga alohida ahamiyat beradi. Hurlik nima? Ishq. Haqiqiy hur odam kim? Oshiq va orif. «Ishq yo’lig’a kirgan, albatta, kechar jondin, Kechmasa jondan aytgon so’zidur yolg’on», – deydi Mashrab. U asl maqsadga yetish uchun parda bo’lgan dunyoni tark etish tarafdori: «Ko’tarsang pardani nogoh jamolingni ko’ray derman, Jamoling partavin solsang, ki husningga to’yay derman», «Pardangni olib men sari gar birgina boqsang, Ul dam meni motamzada dar xanda bo’loyin».
Do'stlaringiz bilan baham: |