Mavzu:
Lipidlarning tuzulishi va tahlil qilish usullari
Reja:
1) Lipidlar haqida umumiy malumot
2) yog' kilotalari
3) Neytral yog'lar
4) Fosfolipidlar
1) Lipidlar haqida umumiy malumot
Lipidlarga tirik hujayralardagi katta guruh organik birikmalar kiradi. Ularning tuzilishi har xU bo'lib, bir qancha fizik-kimyoviy xossalari jihatidan umumiy hisoblanadi. . Ularning umumiy xususiyatlaridan biri - suvda erimasligidir (gidrofobli). Ular qutbsiz (qutbmas) erituvchilarda: aseton, benzol, xloroforrn metil va ctil spirtlarida yaxshi eriydi. Lipidlar tarkibida ko'pgina va har xiI tuzilishli birikmalar aniqlangan bo'lib, bularga yuqori yog' kislotalari, spirtlar, aldegidlar, karbonsuvlar, azot asoslari, aminokislotalar, fosfor kislotasi kiradi. Bu birikmalar bir-birlari bilan har xil bog'lar orqali bog'langan bo'ladi: murakkab efir, oddiy efir, glikozid, amid va boshqalar. Hamma lipidlarni quyidagi sinflarga bo'lish mumkin:
1. Ncytral yog'lar.
2. Fosfolipidlar.
3. Sfingolipidlar.
4. Glikolipidlar.
5. Steroidlar.
6. Mum.
Ba'zan lipidlarga yog'da eruvchi vitaminlar, pigmentiar va boshqa moddalar, suvda crimaydigan va to'qimalardan organik erituvchilarda ajratib olinadigan moddalar kiradi. Lipidlar odam, hayvon, o'simlik to'qimalari tarkibida bo'ladi. Lipidlar ko'proq bosh va orqa miyada, jigarda, yurakda va boshqa organlarda bo'ladi. Lipidlar nerv to'qimalarida 25%, hujayra va subhujayra membranalarida 40% ni tashkil etadi.Bir qancha belgilariga qarab lipidlar (yordamchi zaxiradagi) rezerv va protoplazmatik lipidlarga ajratiladi. Rezerv lipidlar yog' to'qimalarida, ya'ni teri osti yog' kletchatkasida (yog' to'planadigan joy - salnikda), buyrak qobig'ida va boshqa organlar atrofida to'planadi. Yog' to'qimasi yig'ish funksiyasini bajaradi, u qondan o'ziga Iipidlar yutish xususiyatiga ega va shu bilan birga ularni ozod etib, organizmning energiyaga bo'lgan ehtlyojini
qondiradi. Rezerv lipidlar miqdori juda keng holatda o'zgarishi mumkin. Ular ovqatlanish rejimiga, ish faoliyatining harakatiga, funksiyasiga va har xi! omillarga qarab o'zgarishi mumkin. Rezerv lipidlar tana og'irligi me'yorida 10-15% gacha semirganda 30% gacha o'zgaradi. Organizm to'qimalarida membrana tuzilishida ishtirok etgan protoplazmatik lipidlar, aksincha o'ta turg'un bo'ladi. Protoplazmatik lipidlar organizmning charchashi, ochqolishida va har xil ratsionda ovqatlanishida o'zgarmaydi. Lipidlar - lipoproteidlar shaklida, ya'ni murakkab birikmalar, maxsus oqsillar va tuzilishi jihatidan har xii yog'lar va yog'ga o'xshash moddalar holatida tashiladi. Lipoproteidlar bir necha sinflarga bo'linadi:
I. Zichligi juda kam LP-ZJKLP;
2. Zichligi kam LP-ZKLP;
3. Zichligi katta LP-ZKuLP;
4. Zichligi juda katta LP-ZJKuLP;
5. Xilomikronlar XM.
Bu sinf lipoproteidlar o'zlarining kimyoviy tarkibi,
zarrachalarining katta-kichikligi, maxsus funksiyasi bilan birbirlaridan farq qiladi.
ZJKLP - endogen triglitsiridlami tashiydi;
ZKLP va ZYu LPlar - xolesterinni tashiydi;
XM - bu lipoprotcidlar ichida biroz kattaroq hisoblanadi.
5000 A ga teng, asosiy funksiyasi - ckzogen triglitsiridlarni tashiydi. Lipidlar biologik jihatdan ko'p funksiyali birikmalar hisoblanadi. Membrana tuzilishida asosiy qurilish matcriallari bo'lib, regulatorlik vazifasini bajaradi. Energetik material sifatida (ya'tii yog' depolarida lipidlar to'planib, keyin esa energiya manbayi sifatida sarflanadi); masalan, qushlarda tana og'irligiga nisbatan 50% yog'lar
to'planadi, ya'ni migratsiya yoki bir joydan ikkinchi joyga uchib o'tish uchun; uchib o'tgach hamma to'plangan yog'lar sarflanadi. "Zolotistaya tjanka" qushi ovqatlanmasdan 4000
km masofani uchib o'tgan. O'simliklarning urug'ida 90% yog'lar himoya funksiyasini boshqaradi (sovuqdan saqlash), endogen suvlarni hosil qiladi. Masalan, tuyaning o'rkachida yig'i1gan yog,larning oksidlanishidan o'ziga nisbatan 2 martadan ko'proq suv hosil qiladi, karbonsuvlarga nisbatan zaxira holatda bo'ladi, kungaboqar urug,ida 60% tana massasiga nisbatan I gr yog'ning yonishidan 3,9 kJ issiqlik ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |