1-LABOROTORIYA ISHI
BOSIMNI O‘LCHASH VA NAZORAT QILISHNI O‘RGANISH. (Suyuqlikli bosim o‘lchash asboblari)
Ishdan maqsad: U-simon bosim o‘lchash asbobini ishlashini o‘rganish.
Asosiy qism
U- simon bosim o‘lchash asbobi(ikki naychali manometr). Bosim o‘lchaydigan suyuqlik manometrlari o‘zining tuzilishi nuqtai nazaridan eng sodda o‘lchash asboblariga kiradi.
Bu asboblarning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan ortiqcha bosimning suyuqlik ustuni hisobiga, ya’ni, gidrostatik bosim hisobiga hosil bo‘ladigan bosim bilan mutanosib bo‘lishiga asoslanadi.
Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayonlarida har doim ikki xil bosim bilan ish ko‘riladi: 1) atmosfera bosimi Ratm bizga bog‘liq bo‘lmagan tabiiy bosim; 2) sun’iy hosil qilinadigan bosim. Bu bosim texnikada absolyut bosim Rabs deb yuritiladi.
1 - rasm. U-simon, ikki trubkali suyuqlik manometri
Bu tushuntirish umuman hususiy xol bo‘lib, aslida o‘lchanayotgan ortiqcha bosim hisobiga hosil bo‘ladigan kuch bilan gidrostatik bosim hisobiga hosil bo‘ladigan kuchlar mutanosibligiga asoslanadi, ya’ni, tenglama quyidagi ko‘rinishida bo‘ladi:
(1)
bu yerda S – U simon naychaning ko‘ndalang kesim yuzasi;
- naychaga solingan suyuqlik zichligi;
H=h1+h2 - naychada hosil bo‘ladigan suyuqlik balandligi.
Agar yuza S ga tenglamani ikki tomonini ham bo‘lib yuborsak, u holda:
(2)
undan
(3)
Agar suyuqlik ustida boshqa suyuqlik bo‘lsa,
u holda
(4)
tenglamasidan foydlaniladi.
Ortiqcha bosim Por biror sababga ko‘ra o‘zgarsa unda chap tirsakda suyuqlikka ta’sir etuvchi kuch N1=Pop*S hosil bo‘ladi, unda suyuqlik, N1 kuch hisobiga o‘ng tomonga surilib, chap tirsakda suyuqlik balandligi h1-ga tushadi, o‘ng tirsakda esa h2 balandlikka ko‘tariladi.
Suyuqlikning umumiy satxini surilishi
H=h1+h2 bo‘ladi. (5)
Bir naychali manometr (kosali manometr). Bir naychali manometr U- simon manometrni bir turi bo‘lib, (4-rasm) birinchi naycha o‘rnida keng idish (kosa) ishlatiladi. Xuddi U- simon manometr singari ortiqcha bosim hisobiga kosadagi suyuqlik sathi h1-ga pasayib, naychadagi sath h2 –ga oshadi. Bir naychali manometr uchun quyidagi tenglamalar o‘rinlidir:
2 -rasm. Bir naychali manometr.
h1*F=h2*f , (6)
bundan . (7)
Manometrdagi suyuqlikni haqiqiy balandligi Н
(8)
ga teng, unda ortiqcha bosim
. (9)
Agar kosa ustida suyuqlik bo‘lsa, unda Рорт = (ρ - ρ1)*g*h2 (10)
Aniqlikni oshirish uchun
f/F ≤ 1/400 (11)
olinadi.
Unda - ni e’tiborga olmasa ham bo‘ladi
Рорт = ρ*g*h2 (12)
Amalda bunday manometrlar 0.156 MPa (2 kGk/sm ) dan oshmaydigan bosimlarni o‘lchashda ishlatiladi.
Mikromanometrlar. Juda kichik bosimlarni o‘lchash uchun og‘ma naychali mikromanometrlar ishlatiladi (3 - rasm).
3-rasm Mikromanometr
Naycha og‘ma vaziyatda bo‘lgani sababli o‘lchanayotgan bosimni muvofiqlashtiradigan suyuqlik ustuni uzunligi quyidagi formula bilan ifodalanadi:
(13)
yoki
(14)
Bu asboblar 160-1000 Pa chegaradagi bosimlarni o‘lchashda ishlatiladi, ularni xatosi % dan oshmaydi. Yuqorida keltirilgan prinsipda ishlaydigan qalqovichli, qo‘ng‘iroqli va halqali manometrlar ham uchraydi
Nazorat savollari
Suyuqlik manometrlarini ishlash sxemasini keltiring va qisqacha ishlashini yozib tushuntiring;
Manometrni struktura sxemasini keltiring;
Struktura sxemasi asosida topilgan uzatish funksiyasini va differensial tenglamasini keltiring;
Kuchaytirish koeffitsiyenti va vaqt doimiysi tenglamasini keltiring, ularni qaysi kattaliklarga bog‘liqligini yozib tushuntiring.
Manometrni qaysi tipik zvenoga taalluqli to‘g‘risida fikringizni bildiring
Do'stlaringiz bilan baham: |