Nazorat savollari
1. Organik kimyo laboratoriyasida qanday qoidalarga amal qilish kerak?
2. Organik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari va noorganik kimyo laboratoriyasida ishlash
qoidalari qanday farq qiladi?
3. Organik kimyo laboratoriyasida qanday asboblardan foydalaniladi?
4. Konussimon va yumaloq tubli kolbalar bir-biridan ishlatilishi jihatdan qanday farq qiladi?
5. Organik moddalar noorganik moddalar bilan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
6. Laboratoriya tajribasi o‘tkazilganda qurilmani yig‘ishga qanday talablar qo‘yiladi?
7. Zaharli moddalar bilan ishlash qoidalari?
8. Tajriba natijalarini tekshirish va hisobot tuzishga qanday talablar qo‘yiladi?
Laboratoriya qurilmalari “Klaster” uslubida
Izoh: Topshiriq klaster uslubida talabalar “Laboratoriya qurilmalari”, asbob-uskunalarini yozishlaridan iborat. Bunda talaba laboratoriya qurilmalari nomini katta doiraga olib ularni shakli va turlarini kichik doirachalar bilan davom ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |