Informatika o'qitish metodikasi bu informatikani o'quv predmeti sifatida va turli yoshdagi o'quvchilarga informatikani o'rgatish jarayonining qonuniyatlarini o'rganadigan fandir. Informatika o'qitish metodikasi fan sifatida XX asrning ikkinchi yarmida, O'zbekistonda esa 1985 yildan boshlab shakllandi. Bunga asosiy omil bo'lib umumo'rta maktablarga «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» fanining kiritilishi bo'ldi.
Informatika o'qitish metodikasi bo'yicha ilmiy izlanishlar birinchilar qatorida, professorlar M.Ziyoxo'jaev, A.Abduqodirov, dotsent T.Azlarov va boshqalar tomonidan olib borildi va bu sohada muayyan yutuqlarga ham erishildi.
O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimiga yangi bo'g’in,o'rta-maxsus va kasb - hunar ta'limining kiritilishi bilan, ushbu bo'g’in informatika o'qituvchilari uchun informatika o'qitish metodikasini yaratish dolzarb muammolardan biri bo'lib qoldi.
Informatika o'qitish metodikasi fanida quyidagi asosiy masalalar ko'riladi va hal etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |