1– Laboratoriya mashg„ulot



Download 355,97 Kb.
bet2/5
Sana20.04.2022
Hajmi355,97 Kb.
#566940
1   2   3   4   5

2– Laboratoriya ish




Mavzu: Inson xarakat dinamikasi biomexanikasini o„rganish va zamonaviy komplekslarni taxlil qilish
Ishdan maqsad: Inson xarakat kinematikasi va dinamikasini taxlil qiluvchi dasturiy-apparat dasturiy komplekslar tahlili.
Yevropa Ittifoqining Erasmus+ ta‟lim dasturi doirasida bajarilayotgan
«TechReh (Technology in rehabilitation): O„zbekiston oliy ta‟lim muasssasalari va tibbiyot markazlari salohiyatini reabilitatsiyaning innovatsion usullari ehtiyojlariga mos ravishda oshirish» loyihasi Oliy ta‟lim salohiyatini oshirish loyihalari oilasiga mansub bo„lib, 2015-2018 yillarda amalga oshirilishi mo„ljallangan.
TechReh loyihasi Yevropa Ittifoqiga a‟zo davlatlarning 6 muassasasi: Sannio universitei (Italiya), Pyer va Mariya Kyuri universiteti (Fransiya), Plovdiv tibbiyot universiteti (Bolgariya), Yevropa jismoniy va reabilitatsiya tibbiyoti jamiyati, Vilnyus tibbiyot universiteti (Litva), PLUX - simsiz biosignallar tibbiy ishlab chiqarish korxonasi (Portugaliya), shuningdek O„zbekistonning 6 muassasasi: Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti va uning Nukus filiali, Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti va uning Qarshi filiali, O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi huzuridagi oliy ta‟lim muassasalarida elektron ta‟limni joriy etish markazi va Respublika fizioterapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy markazini o„z atofiga birlashtirdi.
Loyihaning asosiy maqsadi O„zbekistonda meditsina reabilitatsiyasi sohasida innovatsion metodlari ehtiyojlariga muvofiq holda tibbiy markazlar va oliy ta‟lim muassasalari salohiyatini oshirish hisoblanadi. Shuningdek, loyihadan quyidagi natijalar kutiladi:

  • Tibbiy xodimlar va shifokorlarni innovatsion metodologiyalar asosida tayyorlash bo„yicha o„quv dasturlarini yaratish va amaliyotga joriy etish;

  • Hamkor mamlakatlar tajribasini o„rgangan holda, “Tibbiyotda kompyuter texnologiyalari” nomli magistratura mutaxassisligi o„quv dasturini yaratib, yangi mutaxassilik ochish taklifini tayyorlash;

  • Reabilitatsiya sohasida fan, ta‟lim va innovatsiya integratsiyasini yoyish, doimiy muloqotni o„rnatish uchun veb-platforma orqali bajariladigan boshqaruv tizimini yaratish. Shuningdek, bir nechta magistrlik modullarini elektron ta‟lim metodlari yoki internetning maxsus xizmatlari (forum, chat, ma‟lumotlar bazasi va haakozo) orqali amalga oshirish;

  • O„zbekistonning har bir hamkor universitetida ilmiy tadqiqotlarni yuritishda va tibbiy reabilitatsiyada texnologiyalardan foydalanishda asosiy rol o„ynovchi laboratoriya va doimiy ofis tashkil etish.

Har biri 40 ming yevro qiymatga teng bo„lgan laboratoriyalarning 4 ta oliygohda (Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti va uning Qarshi filiali, Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti va uning Nukus filiali) tashkil etilishi mazkur loyihaning ahamiyatini yanada oshirdi. Hozirda ushbu laboratoriyalardan ilmiy va o„quv jarayonlarida foydalanila boshlandi.

Ilmiy laboratoriyaning asosiy vazifalari quyidagilar:


Ilmiy laboratoriya «Inson xarakat a‟zolari texnik reabilitatsiyasi» muammolari va yechimlari masalalari yo„nalishi bo„yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi;
Ilmiy-tadqiqot olib borish bilan bir qatorda Qashqadaryo viloyatida tibbiy reabilitatsiya va jismoniy sport sohasida tibbiy ko„riklardan o„tkazish bilan shug„ullanadigan muassasalar bilan yaqindan xamkorlikda ishlarni amalga oshirish;
«Bolalar serabral falaji» kasalligini reabilitatsiyasi bo„yicha maxsus tibbiy muassasasalar bilan xamkorlikda ishlarni yo„lga qo„yish;
Laboratoriyani texnik imkoniyatlaridan foydalangan xolda sportchilarimizni kinematik va dinamik ko„rstakichlarini kompyuterli taxlilini olib borish va kelajakda rivojlanish dinamikasini o„rganish maqsadida ularni ma‟lumotlar bazasida saqlash bo„yicha ishlarni yo„lga qo„yish.
Laboratoriyada tadqiqotlar o„tkazish uchun maxsus apparat va dasturiy vositalarga quyidagilar kiradi:



  1. Kinematik tahlil uchun 3D «Virtual reallik»ni qurish va ko‘rish texnologiyasi. Unda inson tanasining potensial nuqtalariga qo‘yilgan sensorlar orqali ularning xarakatlarini kuzatishimiz mumkin.




  1. Inson tanasini gravitatsiya kuchini baholovchi kuch platformasi. Bu qurilmada insonning og‘irlik markazi, uning umurtqa pog‘onasi

xolati kabilarini aniqlashga yordam beradi

  1. Inson mushaklari faolligini aniklovchi EMG analizatorlari. Ushbu sensorli- analizatorlarda inson mushaklarining qarshiligi ko‘rsatkichlari, ularning qisqarishi yoki kengayishi xisobida xosil bo‘ladigan impulslarni aniqlashga imkon beradi.




  1. Inson xarakatini tahlil qiluvchi inersional sensorli sistema. Ushbu qurilma laboratoriyaning asosiy apparat modullari bo‘lib, insonning xarakat traektoriyasi, uning kinematik xamda dinamik xarakatlari bo‘yicha xulosa beruvchi intellektual vositadir.




  1. NIRVANA – neyromotor kasalliklari bor insonlarga multisensor stimulyatsiya orqali reabilitatsiya qiluvchi terapevtik tizim. Bunda asosan xar xil oyoq va qo‘l xarakatlari orqali bajarilishi mumkin bo‘lgan mashqlar orqali insonning refleksiv (ko‘rish, eshitish, xarakat) xususiyatlari xaqida xulosa chiqarishga yordam beradi.

Yuqorida ta‟kidlanganidek, loyiha oldiga qo„yilgan asosiy vazifalardan biri bu jahonda tibbiyot sohasida, jumladan reabilitatsiyada, axborot texnologiyalarining ilg„or yutuqlarini qo„llash borasidagi ish tajribalarni o„rganish, mazkur texnologiyalarni qo„llash jarayonlari bilan tanishish, Muhammad al- Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida axborot- kommuniksion texnologiyalarini tibbiyot sohasida qo„llash ko„nikmalariga ega kadrlarni tayyorlashni yo„lga qo„yish, yangi magistratura mutaxassisligini ochish borasida


takliflarni ishlab chiqishdan iboratdir. Hozirda yangi magistratura mutaxassiligi uchun yangi magistrlik dasturini yaratish, o„quv rejani shakllantirish, o„qitilishi lozim bo„lgan fanlarni jahon talablari asosida shakllantirish, ularning fan dasturlarini yaratish va uslubiy materiallarni tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu vazifalarni bajarishda Fransiyaning Sarbona universiteti professorlari bilan bevosita xamkorlik qilinmoqda.

Download 355,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish