Kerakli jihozlar: mikroskop, har xil yoshdagi tugunaklar, buyum oynalari, sinbka yoki fuksin, spirt lampa, shakar, soda, no’xat yoki boshqa dukkakli o’simliklar urug’i, o’lchovli kolba, voronka, filbtr.
Nazariy tushuncha: Tugunak bakteriyalar. Dukkakli ekinlar mahalliy yoki mineral o’g’it berilmaganda ham normal rivojlanib, hosilga kirishi qadimdan ma’lum. Buning sabablarini birinchi marta fransuz olimi Jan-Batist Bussengo 1838 yildan boshlab tekshirgan. SHu tekshirish natijalariga asoslanib, u dukkakli o’simliklar molekulyar azotni o’zlashtira oladi degan xulosaga kelgan. Oradan 20 yil o’tgach, Bussengo dukkakli va don ekinlari ustidagi tajribalarini yangidan boshlaydi va bu tajriba usullarini tobora takomillashtiradi. U tajriba uchun ishlatiladigan tuproq tarkibidagi azotli birikmalarni yo’qotish uchun shu birikmalar batamom yonib bo’lguncha tuproqni qizdiradi (sterillaydi). SHu tarzda tayyorlangan tuproqni idishlarga solib, ularning yarmiga no’xat va qolgan yarmiga don ekinlari urug’ini ekadi. Lekin ekilgan no’xat va don ekinlari urug’i ko’karib chiqsa ham, keyinchalik o’smay qolaverganligini aniqlaydi. Bussengo bu tajriba natijalariga asoslanib, o’zining dastlabki, ya’ni dukkakli o’simliklar havodagi erkin azot bilan oziqlanib, bemalol o’sadi va rivojlanaveradi degan fikridan voz kechadi.
1888 yilda nemis olimlari Gelbrigelb bilan Vilbfart ham dukkakli o’simliklar bilan tajriba ishlari olib boradilar. Ular bu tajribalarda dukkakli o’simliklar urug’ini qizdirilgan hamda qizdirilmagan tuproq solingan idishlarga ekadilar va shu tajriba natijalariga aeosan quyidagi xulosaga keladilar:
qizdirilmagan (tabiiy) tuproq solingan idishga ekilgan urug’dan ko’kargan dukkakli o’simliklarning ildizida tugunaklar hosil bo’ladi, qizdirilgan tuproqqa ekilgan dukkakli o’simliklarda esa bunday hodisa yuz bermaydi;
ildiz sistemasida tugunaklar hosil qilgan dukkakli o’simliklargina molekulyar azotni o’zlashtira oladi.
Dukkakli o’simliklar molekulyar azot o’zlashtirishi sabablarini rus olimi M. S. Voronin bilan nemis olimi Beyerink ham isbotlaganlar. M. S. Voronin 1865
yilda dukkakli o’simliklar ildizidagi tugunaklar ichida tayoqchasimon va shoxlangan bakteriyalar borligini aniqlagan. Beyerink esa 1888 yilda bu tadqiqotni davom ettirib, tugunaklar ichidagi bakteriyalarni toza holda ajratib olgan va ularga bakterium rizobium radisikola (Bacterium Rhizobium radicicola) degan nom bergan. SHunga asosan ular tugunak bakteriyalar deb atalgan. Bu bakteriyalarning yo’g’onligi 1 mkm, uzunligi 4-5 mkm keladi. Ba’zilari shoxlanib turadi. Mayda
tayoqcha shaklidagi shakllari ham uchraydi, ularning uzunligi 0,9 mkm, yo’g’onligi
2 mkm dan oshmaydi.
Bakterium rizobium radisikolaning rivojlanish davri juda murakkab bo’lib, bu davr mobaynida uning shakli ham juda o’zgarib turadi. YOsh tugunak bakteriyalar ancha harakatchan bo’lib, ularning yo’g’onligi 0,18 mkm va uzunligi 0,9 mkm, keladi. Vinogradskiy ma’lumotlariga ko’ra, bu bakteriyalar 24 soat mobaynida 2,5 sm masofaga siljir ekan.
Harakatchan bakteriyalar rivojlanish davrining birinchi bosqichida oddiy bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Ikkinchi bosqichida esa xivchinlarini to’kib, harakatdan to’xtaydi va hajmi kattalashadi. Bakteriyaning hujayrasi ichida vakuola vujudga keladi, hujayraning o’zi esa belbog’li bo’lib ko’rinadi. Belbog’li hujayra kokk shaklidagi bir necha harakatchan hujayralarga bo’linadi. SHu paytdan e’tiboran rivojlanish davrining birinchi bosqichi yangidan boshlanadi (32-rasm).
Qarib qolgan bakteriyalarning ba’zi birlari shoxlangan shaklda bo’ladi va bakteroid deb ataladi. Ular ham belbog’li bo’lib ko’rinadi (33-rasm).
Tugunak bakteriyalar tugunak ichidagina yashamasdan, tuproqda ham bir necha yilgacha nobud bo’lmay saqlanadi. Bu bakteriyalar radisikola degan umumiy nom bilan atalsa ham, har qaysi dukkakli o’simlikning o’ziga xos bakteriyasi bo’ladi (34-rasm).
Tugunak bakteriyalar o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra: no’xat, vika, china va burchoq; lyupin va seradella; beda va qashqarbeda; loviya, soya; nut; sebarga va boshqa dukkakli o’simliklar ildizida rivojlanadigan guruhlarga bo’linadi.
Dukkakli o’simliklar tugunak bakteriyalarni tarkibida azot bo’lmagan organik moddalar bilan ta’minlab turadi. Bakteriyalar esa dukkakli o’simliklarga azotli birikmalarni etkazib beradi, ya’ni ular o’zaro simbioz hayot kechiradi.
Tuproqda erkin holda yashaydigan tugunak bakteriyalar o’simlikning ildiz to’qimalariga kirishdan oldin, ildiz tukchalari yoniga to’planib ko’payish bilan bir qatorda, ularning po’stini yumshatadi.
Hujayra ichiga kirgan bakteriyalar o’zidan shiliq chiqaradi, u ipsimon bo’lib cho’ziladi. Bu infeksion ip deb ataladi (35-rasm). Ildiz tukchalarining hujayralari bakteriyalar tomonidan yumshatilgandan so’ng tez fursatda bo’linadi va cho’zilib tugunakka aylanadi. Tugunak hosil bo’lgandan keyin hujayralarning protoplazmasi tugunak bakteriyalar bilan to’ladi. O’simliklar hujayrasi bo’linganda tugunak bakteriyalar ham deyarli baravar taqsimlanadi (36-rasm).
Dukkakli ekinlarni o’ziga xos aktiv tugunak bakteriyalar bilan boyitish maqsadida ular sun’iy yo’l bilan tayyorlangan bakterial o’g’itlar bilan oziqlantiriladi. Bu o’g’itlar nitrogen deb ataladi. Nitrogenni suvda eritib, ekiladigan dukkakli o’simlikning urug’i shu eritmada namlanadi. Nitrogen bilan namlangan urug’larni shu kunning o’zidayoq ekish zarur aks holda bakteriyalarning aktivligi pasayib ketishi mumkin. Urug’i nitrogen bilan namlab ekilgan dukkakli o’simliklarning hosili 14-50% ortadi.
rasm. Tugunak bakterichsining rivojlanish 33 - rasm. SHoxlangan vegitativ bosqichlari: a-kokklik davri; hujayra-bakteroidning ko’rinishi.
b - harakatchan xivchinlik davri; v - xivchinini yo’qotgan davri;
g - belbog’li davri; d - kokklarga ajralish davri.
34 - rasm. Dukkaki o’simliklar ildizida hosil bo’lgan tugunaklarning shakllari: 1 - no’xat, 2 - sebarga, 3 - seradella, 4 - lyupin, 5 - qashqar beda.
Do'stlaringiz bilan baham: |