3. Go’sht-pepton agar-agarli oziq muhiti (GPA). Bu oziq muhitini tayyorlash uchun kolbadagi 1 l peptonli go’sht sho’rvasiga 15-20 g maydalangan agar-agar aralashtiriladi. Aralashmadagi agar-agarni eritish uchun kolba avtoklavga joylanib, 120° haroratda 20 minut qizdiriladi. Agar-agar erigandan so’ng bir dona tuxum oqi suvda suyultirilib, avtoklav ichidagi eritmaga qo’shiladi. Avtoklavning qopqog’ini mahkam bekitib, kolba ichidagi eritma 120° haroratda yana 15-20 minut qizdiriladi. Eritma ichidagi oqsil va boshqa moddalar tuxum
8 - rasm. Filbtrlash uchun maxsus tunuka voronka.
oqi ta’sirida cho’kadi, tiniq eritma esa cho’kma ustiga yig’iladi. SHu tarzda tindirilgan GPA avtoklavdan olinib, issiq voronka orqali filbtrlanadi va probirka yoki kolbalarga taqsimlanadi. GPA quyilgan idishlarning og’zi paxtadan yasalgan tiqin bilan bekitilib yana avtoklavga joylanadi va 120° haroratda 20-30 minut sterillanadi.
YUqorida aytib o’tilgan oziq muhitlaridan tashkari, sut, kartoshka, tuproq va boshqalardan ham fondalaniladi.
LABORATORIYA MASHG’ULOTI Oziq muhiti va idishlarni sterillash hamda mikroorganizmlarni parvarish qilish va shu maqsad uchun ishlatiladigan asboblar.
Do'stlaringiz bilan baham: |