Dars - bevosita o‗qituvchi rahbarligida muayyan o‗quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta‘lim
jarayonining asosiy shakli.
Darslik – muayyan fan bo‗yicha ta‘lim maqsadi, o‗quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq
belgilangan ilmiy bilimlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni beruvchi manba.
Didaktika (ta‘lim nazariyasi) – (yunoncha «didaktikos» ―o‗rgatuvchi‖,
«didasko» – ―o‗rganuvchi‖) - ta‘limning nazariy jihatlari (ta‘lim jarayonining mohiyati, tamoyillari,
qonuniyatlari, o‗qituvchi va o‗quvchi faoliyati mazmuni, ta‘lim maqsadi, shakl, metod, vositalari,
natijasi, ta‘lim jarayonini takomillashtirish yo‗llari va hokazo muammolari)ni o‗rganuvchi fan.
Do'stlaringiz bilan baham: |