88
mavjud ilmiy bilimlar tizimi puxta o‗zlashtirilganda, bilimlarni bir-biri bilan taqqoslash,
solishtirish, predmet, hodisa yoki jarayon mohiyatini tahlil qilish natijasida yuzaga keladi.
O‗quvchilarni ijodiy fikrlashga o‗rgatish, ixtirochilik ko‗nikmalarini shakllantirish ular tomonidan
ilmiy izlanishlarni olib borish va ma‘lum ilmiy qarashlarni ilgari surilishiga zamin yaratadi.
Ekologik tarbiya o‘quvchilar dunyoқarashini shakllantirishning tarkibiy qismi. «Ekologiya»
tushunchasi ilk bor nemis zoologi E.Gekkel tomonidan qo‘llanilgan. Ekologik tarbiya ijtimoiy
tarbiyaning muhim tarkibiy қismi hisoblanadi. Ekologik tarbiya (grekcha «oikos» -turar joy,
makon, «logos» -fan) o‘quvchilarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, mavjud ekologik
bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va
malakalarini shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir
.
O‗zbekiston Respublikasida tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etishga alohida
e‘tibor qaratilmoqda. Bu yo‗lda amalga oshiriluvchi ijtimoiy-ekologik harakat mazmuni
«O‗zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish Milliy harakat rejasi»da o‗z
ifodasini topgan.
Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning yana bir muҳim tarkibiy qismi bo‘lib, uni tashkil etish
jarayonida quyidagi vazifalar hal etilishi zarur:
1. O‘quvchilarning ta‘lim jarayonida ўzlashtirgan ekologik bilimlarini yanada oshirish.
2. Ularning tabiat va atrof-muhit ekologiyasi to‘g‘risidagi tasavvurini boyitish.
3. O‘quvchilarda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta‘minlash ijtimoiy zaruriyat ekanligi
to‘g‘risidagi e‘tiqodni shakllantirish.
4. O‘quvchilarda ekologik faoliyat ko‘nikma va malakalarni tarbiyalash hamda ularning tabiat va
atrof-muhit muhofazasini ta‘minlash jarayonida faol ishtirok etishlariga erishish.
Iqtisodiy tarbiya - o‗quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila
byudjetini shakllantirish, oila xo‗jaligini yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‗paytirish,
savdo-sotiq munosabatlarini to‗g‗ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko‗nikma va
malakalarini shakllantirishdan iborat bo‗lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sanaladi.
Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
- o‗quvchilarga iqtisodiy bilim asoslari (iqtisod, oila xo‗jaligini yuritish va boshqarish, ishlab
chiqarish
jarayonini
tashkil
etish,
ishlab
chiqarishni
moliyalashtirish,
kapital,
tadbirkor,
tadbirkorlik faoliyati, kichik va o‗rta biznes, ijara, shartnomalar va ularni tuzish, banklar, bank
operatsiyalari, byujdetni shakllantirish, daromad, bankrot, biznes-reja va boshqalar) borasida
chuqur bilimlar berish va ularni takomillashtirish;
- o‗quvchilarda iqtisodiy ong va tafakkur, xususan, mavjud moddiy boyliklarga nisbatan oqilona
munosabatni tarbiyalash;
- ularda muayyan kasbiy yoki ishlab chiqarish ko‗nikma va malakalarini shakllantirish;
- ularni iqtisodiy ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish;
- o‗quvchilarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga nisbatan ehtiyoj va layoqatni yuzaga
keltirish;
- ular tomonidan tor doirada bo‗lsada tadbirkorlik faoliyatining yo‗lga qo‗yilishiga erishish.
Iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali tashkil etish uning ilmiy
asoslarini ishlab chiqishni taqozo etadi. O‗zbekiston Respublikasida Prezidenti I.A.Karimov
asarlarida respublika iqtisodiy taraqqiyotining asosiy yo‗nalishlari, omillari hamda tamoyillari
batafsil ko‗rsatib o‗tilgan
Iqtisodiy tarbiyani uzluksiz amalga oshirishda ta‘lim muassasalarida dars va darsdan tashqari
sharoitlar, shuningdek, oilada amalga oshirilayotgan harakatlar muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy
mazmundagi suhbatlar, uchrashuvlar, ekskursiyalar, to‗garaklar ko‗rinishidagi amaliy tadbirkorlik
faoliyati (u yoki bu hunar yo‗nalishidagi ijodiy ishlar)ni tashkil etish o‗quvchilarda iqtisodiy
tafakkurning shakllanishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: