51
Chizmadan anglanib turibdiki, ta‘lim metodi tuzilmasida quyidagilar ajralib turadi: maqsadli
tarkib: faoliyatli tarkib: ta‘lim vositalari.
Ta‘lim metodlari ta‘lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta‘lim mazmunini
o‘zlashtirish yo‘llari ifoda etiladi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro harakati, xususiyati aks
ettiriladi.
Metod, bir tomondan, ta‘lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo‘lsa, boshqa
tomondan, boshqariluvchan o‘qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi.
Ta‘lim metodlari doimo u yoki bu o‘qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning
o‘zaro shartlanganligini ta`kidlash joiz.
O‘qitish metodlari xarakteriga ko‘ra ikki tomonlama ko‘rinishga ega. U:
A)axborot va boshqaruv;
B)o‘qish, o‘rganish, o‘rgatish, nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish vazifalarini bajaradi.
Har bir metod qator elementlardan iborat bo‘lib, ular usullar deb ataladi va u ushbu metodning
foydali ish koeffitsientini, uning samaradorligini oshiradi.
Masalan, mashq metodida o‘quvchi bajargan ishlarni tahlil etish, xatolarni ko‘rsatish va h. k. Bu
o‘rinda mashq - bu metod; tahlil etish, xatolarni ko‘rsatish usullardir.
Demak, metod qator samarali usullar yig`indisi o‘laroq, bir qator didaktik vazifalarni bajaradi:
yangi material bilan tanishtiradi, bilim va ko‘nikmalarni egallash, ularni mustahamlash, amaliyotda
qo‘llash o‘eratsiyalarini bajarishda qo‘llaniladi.
O‘qitish metodi hamma vaqt ikki muhim vazifani: boshqaruvchilik va ijrochilik vazifalarini
bajaradi.
O‘qitish metodlarining ta‘sirchanligini oshirish uchun bir qator vositalar tizimi xizmat qiladi.
Vosita
deganda, o‘quv jarayonini jihozlashga, uni takomillashtirishga, ta‘sirchanligini
oshirishga yordam beradigan barcha narsa, hodisalar, ta‘sir jarayonlari va boshqalar tushuniladi.
Masalan, kitoblar: (darslik, qo‘llanmalar, programmalashtirilgan o‘quv qo‘llanmalari, daftarlar
va h. k.); ko‘rgazmali qurollar; maxsus jihozlangan kabinet, laboratoriya xonalarni; texnik vositalar;
o‘qituvchi obrazi va b. q. Bular kompleks holda u yoki bu metod samaradorligini oshirishga
yordam beradi.
2. O‘qitish metodlari tasnifi(klassifikatsiyasi)ga qo‘yilgan asosiy talablar.
Har bir metod ma`lum ta‘limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha
samarasiz bo‘lishi mumkin. Universal ta‘lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta‘lim
metodlaridan yoki ularning majmuisidan foydalanish mumkin.
Ta‘lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
- didaktik maqsad asosida;
- ta‘lim mazmuni asosida;
- o‘quvchilarning o‘quv ko‘nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida;
Ta‘lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib kelinmoqda. Biroq
tadqiqotlar soni ko‘p bo‘lsada, bu borada yagona to‘xtamga kelinmagan. Ushbu o‘rinda, ta‘lim
amaliyotida qo‘llanilib kelayotgan metodlar tizimi (tasnifi)ga to‘xtalib o‘tamiz.
Ta‘lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo‘yicha tizimlashtiriladi.
Ta‘limning mazkur bosqichida hal etilishi mumkin bo‘lgan didaktik vazifalarga ko‘ra guruhlash
mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: