Rag‗batlantirish - tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga
ishonch bildirish, ko‗ngilini ko‗tarish va uni qo‗llab-quvvatlash usuli.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‗sishida namoyon bo‗ladigan miqdor va sifat
o‗zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Reyting (baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash) - muayyan hodisani oldindan belgilangan
shkala bo‗yicha baholash.
Sinf - yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo‗lgan, ma‘lum o‗quvchilar guruhi.
Surdopedagogika (yunoncha «surdus» – kar) - eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o‗qitish va
tarbiyalash jarayonini o‗rganuvchi fan; korreksion (maxsus) pedagogikaning yana bir muhim
sohasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |