Mehnat tarbiyasi - shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli
munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‗nikma va malakalarini
shakllantirishga yo‗naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
Munozara (tarbiya metodi sifatida) - tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‗zaki ta‘sir ko‗rsatish asosida
ularda ma‘naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‗naltirilgan bahs-munozara usuli.
Nazorat (ta‘lim jarayonida)– ta‘lim oluvchining bilim, ko‗nikma va malakalari darajasini aniqlash,
o‗lchash va baholash jarayoni.
Nafosat didi - shaxsning buyum yoki hodisaga nisbatan munosabat bildirish turi, ob‘ektiv nafosat
o‗lchovi.
Do'stlaringiz bilan baham: |