Laboratoriya mashg„ulotining maqsadi: Talabalarning ma‘-naviy-axloqiy tarbiyaga doir nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda
ularda ma‘naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish ko‗nikma va malakalarini tarkib toptarish. Pedagogik vazifalar (professor-o„qituvchi faoliyati): 1. Ma‘naviy-axloqiy tarbiya maqsad va vazifalarining o‗zlashtirilishiga erishish.
2. Sharq mutafakkirlarining ma‘naviy-axloqiy tarbiyaga doir g‗oyalarining ahamiyatini asoslash.
3. Talabalarda ma‘naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish ko‗nikma va malakalarini tarkib toptirish.
4. Talabalarda zamonaviy sharoitda ma‘naviy-axloqiy tar-biyaning ijtimoiy zaruriyat ekanligiga
doir qadriyatli yondashuvni qaror toptirish.