4-AMALIY MASHG’ULOT
GAZLAMALARNING ODDIY O'RILISHLARINI O'RGANISH
Ishning maqsadi:
Gazlamalar o’rilishini aniqlash. Polotno, sarja, satin, atlas o’rilishlarning rapportini chizishni o’rganish.
Topshiriqlar:
1.Quyidagi nomlari qayd etilgan o’rilishlarning ta`riflari yozilsin:
-gazlamalar o’rilishi; -tanda bo’yicha qoplanishi; -arqoq bo’yicha qoplanishi; -o’rilishlar rapporti; -siljish
2.Gazlamalarning asosiy o’rilishlarining rapporti chizilsin.
-polotno o’rilish; -sarja o’rilish; -satin (atlas) o’rilish; -reps, rogojka; -kuchaytirilgan sarja, satin(atlas)
Ishni bajarishdan oldin namuna uchun oligan gazlamalarning o’ng va teskari tomonlari aniqlanadi. Keyin arqoq va yo’nalishlari aniqlanadi. Natijada o’rilishlarning rapporti va siljishda ishtirok etgan iplar soni aniqlanadi.
To’kuvchilik o’rilishlari turlicha bo’lib, gazlamaning xossalari va tuzilishini belgilaydi. Gazlamaning o’ngidagi naqshlari, silliqligi, tovlanishi, tanda va arqoq iplarning o’rilishiga bog’liqdir.
To’kuvchilik gazlamalarining o’rilishini aniqlash vaqtida bo’ylama qator tanda iplari, ko’ndalang qator esa arqoq iplari deb belgilanadi.
Agar tanda iplari arqoq iplarining yuqorisidan o’tib o’rilishi tanda yopilish, aksincha bo’lsa, arqoq iplari tanda iplarining yuqorisidan o’tib o’rilishiga arqoq yopilishi deyiladi.
Gazlama o’rilishining takrorlanuvchi qismi rapport deyiladi.
Gazlamaning uzunligi bo’ylab takrorlanadigan rapport arqoq bo’yicha rapport, gazlamaning eni bo’ylab takrorlanadigan rapporti esa tanda bo’yicha rapport deb ataladi.
Oddiy o’rilish. Oddiy o’rilishlar guruhiga polotno, sarja, atlas, satin o’rilishlar kiradi.Barcha oddiy o’rilishlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1)har qaysi tanda ipi rapportda arqoq ipi bilan faqat bir marotaba o’rilishadi:
2)har doim tanda bo’yicha rapport, arqoq bo’yicha rapportga teng bo’ladi.
Polotno o’rilish-to’quvchilik o’rilishlari ichida eng ko’p tarqalgan o’rilishdir. Bunda tanda va arqoq iplari navbatma-navbat keladi: gazlamaning o’ngiga bir gal tanda ipi, bir gal arqoq ipi chiqadi. Polotno o’rilish sxemasi 21-rasmda ko’rsatilgan.
Polotno o’rilishda to’qilgan gazlamalarning o’ngi va teskarasi bir xil tekis va kul rangli bo’ladi.
21-rasm. Polotno o’rilishi.
Polotno o’rilishli paxta-gazlamalar-chit, bo’z, mitkal, markizet, astra, maya va h.: zig’ir tolali gazlamalar-polotno, bortovka, parusina va h.q; jun gazlamalar-movut, ba’zi ko’ylaklik va kostyumbop gazlamalar tikishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |