Surish harakati, odatda, yo’nilayotgan yuzadan qirindi kesib olish uchun
xizmat qiladi. Surish harakati uzluksiz (tokarlik, parmalash, dastgohlari va
boshqalar) va uzlukli (randalash, o’yish dastgohlari va boshqalar) bo’lishi
mumkin. Surish harakati uzlukli bo’lgan dastgohlarda surish kesuvchi asbobning
orqaga (salt) yurishida bajariladi.
Yordamchi harakatlar, dastgohning ishlashini ta’minlash uchun amalga
oshirilishi zarur bo’lgan bir qator harakatlardan iboratdir. Yordamchi harakatlar
jumlasiga dastgohni boshqarish, kesish tartiblarini to’g’rilash harakatlari,
zagotovkani qisish va bo’shatish, revolver kallagini aylantirish va boshqalar
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |