Metamorfogen konlar
Metamorfogen konlarning hosil bo‘lishi. Ruda va tog‘ jinslarining
termadinamik sharoitning keskin o‘zgarishi natijasida erish, nurash va
sedimentatsiya protsesslaridan mustasno ravishda o‘z ko‘rinishini
o‘zgartirishi metamorfizm deb ataladi. Metamorfizmning asosiy agentlari
yuqori temperaturada, katta bosim, hamda eritma va flyuidlarning xilma –
xilligidir. Birlamchi konlarning yuqori temperatura va bosim oqibatida
yangi konlar hosil bo‘ladi. Mana bunga metamorfiklashgan konlar
deyiladi, ohaktosh marmarga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |