Bitumli oxaktosh
Aralash tarkibli karbonat tog‘ jinslari
Tabiatda kamdan-kam toza dolomit va ohaktoshlar uchraydi. Odatda
ohaktosh asta-sekin dolomit, gil va kremenlarga o‘tib boradi.
Aralash jinslardan mergelga to‘xtalib o‘tamiz. U mayda donali,
yumshoq , ayrim hollarda qattiq jins bo‘lib, rangi oq , sarg‘ish kulrang,
yashil kulrang, ayrim hollarlda to‘q kulrang bo‘ladi. Mergel pelitomorf
yoki mayda donali kalsit va gil (50-70%) minerallaridan (montmorillonit,
gidroslyuda) tashkil topgan. Ayrim hollarda opal, glaukonit, seolitlar, barit
va pirit bo‘lishi mumkin. Mergellar qalin qatlamlar hosil qiladi. Ular
ohaktosh, bo‘r, dolomit, gillar bilan ketma-ket qatlamlar hosil qiladi.
63
Do'stlaringiz bilan baham: |