Effuziv tog‘ jinslari. Diorit guruhining effuziv turlari andezit
(kaynotip) va andezit – porfiritdir (paleotip). Andezitlar bazaltlar bilan
bir qatorda keng tarqalgan. Tabiatda andezitlar andezit-bazalt orqali asta-
sekin bazaltga o‘tib boradi. Tog‘ jinsi to‘q kulrang bo‘lgani uchun oddiy
ko‘z bilan bazaltdan ajratish ancha qiyin. Andezit porfir strukturali bo‘lib,
porfirlar plagioklaz va rangli minerallardan tashkil topgan. Rangli
minerallarning yirik kristallari ba’zan shox aldamchisidan, ba’zan biotit va
piroksendan iborat.
U ko‘proq plagioklazning mikroliti, kamroq rangli minerallar va
magnetitdan tashkil topgan. Ko‘pincha mikrolitlarni vulqon shishasi
qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |