Porshenli nasoslarning tuzilishi va ishlash prinsipi
Porshenli nasos qurilmasining eng sodda sxemasi 1.1-rasmda keltirilgan. Bu nasoslarda suyuqlikning so’rilishi va haydalishi porshenning silindrda ilgarilanma-qaytma harakat qilishiga asoslangan. Bunda porshen 3 (10.1- rasm) tarkibida shtok 2 bo’lgan krivoship-shatunli mexanizmi yordamida harakatga keladi. Porshen silindr ichida qaytma (orqaga) harakat qilganida uning oldidagi ish bo’shlig’ining hajmi ortib, siyraklanish hosil bo’ladi. Bu siyraklanish ma’lum bir chegaraga etganida ish bo’shlig’idagi bosim ps bilan tovonli klapan 7 ostidagi xrapovikda bo’lgan bosim orasidagi farq so’rish klapani 4 ni ochadi va suyuqlik so’rish trubasi 6 orqali ish bo’shlig’iga kiradi. Ish bo’shlig’i suyuqlik bilan to’lgandan so’ng porshen silindr ichida ilgarilanma (olodinga) harakat qila boshlaydi. Natijada ish bo’shlig’ida bosim ortib, so’rish klapani yopiladi. Ish bo’shlig’idagi bosim px ga etganda haydashklapani ochilib, suyuqlikhaydashtrubasiga o’ta boshlaydi. Shu tariqa sikl takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |