1-laboratoriya ishi Mavzu



Download 1,85 Mb.
bet1/2
Sana11.04.2022
Hajmi1,85 Mb.
#544427
  1   2
Bog'liq
2 5283259092083676865


1-laboratoriya ishi
Mavzu: Signallarni vaqt bo’yicha diskretlashda va qayta tiklashda spektrlarni o’zgarishini tadqiq qilish

  1. Ishdan maqsad: Analog signalni raqamli shaklga o'tkazishdan kelib chiqadigan effektlarni o'rganishdir.

  2. Laboratoriya ishlarida foydalaniladigan dasturlar:

Laboratoriya ishi shaxsiy kompyuterda MATLAB va SIMULINK muhitlarida bajariladi.

  1. Laboratoriya ishlarini bajarish tartibi:

Laboratoriya ishi to'rt qismdan iborat. Birinchi qismda analog signalni diskretlashdagi ta’sirini ko’rish. Ikkinchi bo'limda impuls signallarining diskretlashni ko'rib chiqiladi. Uchinchi va to'rtinchi qismlarda turli xil kvantlash usullari uchun analog-raqamli va raqamli-analogga o'tkazish natijasida kelib chiqadigan kvantlash shovqinlari ko'rib chiqiladi.
3.1 Tajriba 1. Diskretlash natijasida yuzaga keladigan effektlarini tekshirish. Tajribani o'tkazish uchun Simulink kutubxonasidan foydalanib, tipik elementlardan sxema yig'ish kerak, 1-rasm. 1-sxema turli chastotali garmonik tebranishlar misolidan foydalanib, analog signalni diskretlashda paydo bo'ladigan spektrni o'zgartirish effektlarini o'rganish uchun ishlatiladi, 2-rasm.
1-rasm. Simulink kutubxonasi oynasi


2-rasm. Analog signalni diskretlashdagi effektlarini o'rganish uchun 1-sxema.
SIN signalining turini tanlash orqali signal generatorini sozlang, chiqish signalining amplitudasi 1 volt va chastotasi 1 kHz. Nol tartibli ushlab turuvchi ekstrapolyatorda (Zero–Order Hold) diskretlash chastotasini 48 kHz ga sozlang, 3-rasm.
3-rasm. Nol tartibli ekstrapolyatorning parametrlarini o'rnatish oynasi
Keyin, siz osillografni sozlashingiz kerak, 4-rasm va "Ma'lumotlar tarixi" yorlig'ida ko'rsatilgan nuqtalar hajmini cheklash uchun katakchani olib tashlash kerak.

  1. b)

4-rasm. Osillograf oynalari: a) - asosiy oyna; b) - sozlash oynasi

Spektr analizatori 5-rasmda ko'rsatilganidek o'rnatilishi kerak, kirish buferining o'lchamini tanlang (Buffer size) 4096, buferlarning bir-birining ustiga chiqishi (Buffer overlap) 64 va FFT (Fast Fourier Transform ) uzunligi (FFT Length) 4096.
5-rasm. Spektr analizatorini sozlash oynasi
Sxemani bajarish uchun ishga tushirgandan so'ng, siz Time Scope va Spectrum Scope oynalarida olingan signalga qarashingiz kerak. Shundan so'ng, 20 kHz qadam bilan 1 kHz dan 96 KHz gacha bo'lgan chastotalar uchun tajriba qilish talab qilinadi. Olingan natijalarni hisobotda tushuntirishlar bilan aks ettiring.
3.2 Tajriba 2. Analog signal spektrini cheklashning diskretlashga ta'sirini o'rganish.
2-sxemani yig'ish 6-rasm. Impuls generatorida 1 voltli impuls amplitudasi, 1 kHz impuls chastotasi va 20% impuls davomiyligiga sozlanadi.
6-rasm. Analog signal spektrini cheklash

7-rasm. Analog filtrni sozlash oynasi
Filtrning xarakteristikasi sifatida Butterworth xarakteristikasini tanlash orqali (Analog filter design) sozlang, tartib 16, kesish chastotasi (частоту среза)10 KHz. (7-rasm).
Sxemani ishga tushiring. Analog filtrdan oldin va keyin olingan spektrlarni solishtiring. Filtrning turli kesish chastotalari (частотa среза), uning xarakteristikalari va tartibi uchun tajriba o'tkazing. kesish chastotalari (частотa среза), sifatida 2, 5 va 10 kHz qiymatlarini tanlang. Chebishev va elliptik xarakteristikaga ega filtrlar uchun tajriba o'tkazing. Filtr tartibini quyidagicha tanlang: 16, 8 va 2. Olingan natijalar tushuntirishlar bilan hisobotda aks ettirilishi kerak.
Tajribada foydalanilgan signalning nazariy spektrini keltiring. Uning garmoniklarini hisoblash formulasini keltiring.

    1. Tajriba 3. Kesish (методом усечения) orqali kvantlashni o'rganish.

8
-rasmda ko'rsatilgan 3-sxemani yig'ing. SIN signalining turini tanlash orqali signal generatorini sozlang, chiqish signalining amplitudasi 1 volt va chastotasi 10 Hz.
8-rasm. 3-sxema (методом усечения) kesish metodida kvantlashni o'rganish uchun ishlatiladi.
Keyin, diskretlash chastotasini 1 kHz ga o'rnatishingiz kerak. Simulyatsiya davomiyligini 10 soniya qilib qo'ying. Tadqiqot uchun ARO’ (Uniform Encoder) va RAO’(Uniform Decoder) 2 bitni tanlash kerak, 9-rasm.




  1. b)

9-rasm. ARO’ va RAO’ sozlamalari oynalari: a) ARO’ sozlash oynasi; b) RAO’ sozlamalari oynasi
Modelni ishga tushiring. Olingan natijalarni tahlil qiling. 4, 8, 16 bit razryad qiymatlari uchun tajriba o'tkazing. Olingan barcha natijalar hisobotda tushuntirishlar bilan ko'rsatilishi kerak.
3.4. tajriba-4. Signalni yaxlitlash orqali kvantlashni tekshirish.
10-rasmda ko'rsatilgan 4-sxemani yig'ing. SIN signalining turini tanlash orqali signal generatorini sozlang, chiqish signalining amplitudasi 1 volt va chastotasi 10 Hz qilib o’rnating.
10-rasm. 4-sxema yaxlitlash orqali signalni kvantlashni o'rganish uchun ishlatiladi.
Diskretlash chastotasini 1 kHz ga o'rnating. Simulyatsiya davomiyligini 10 soniya qilib qo'ying. 11-rasmda ko'rsatilganidek, kvantlash darajalari sonini 4 ni tanlang.
11-rasm. Kvantlashni sozlash oynasi

Modelni ishga tushiring. Olingan natijalarni tahlil qiling. Kvantlash darajalari sonining 2, 8 va 16 ga teng qiymatlari uchun tajriba o'tkazing. Olingan natijalar tushuntirishlar bilan hisobotda ko'rsatilishi kerak.


  1. Download 1,85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish