1-laboratoriya ishi. Mavzu: Qopiq dasturlar va arxivatorlar Reja



Download 15,98 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi15,98 Kb.
#623998
Bog'liq
1-laboratoriya ishi. Mavzu Qopiq dasturlar va arxivatorlar Reja


1-laboratoriya ishi.
Mavzu: Qopiq dasturlar va arxivatorlar
Reja:

  1. Qobiq dasturlar bu - …

  2. Fayllarni arxivlash

  3. Arxivlash dasturlari va ularning turlari.

Qobiq dastur operatsion sistema boshqaruvida ishga tushuriladigan va shu operatsion sistema bilan ishlashga ko’maklashadigan dasturdir. Eng ommaviy qobiq dasturlardan biri bu Norton Commander deb nomlanadi. Bu qobiq dasturi mashhur amerikalik dasturchi Piter Norton tomonidan yaratiladi va kompyuterdan foydalananuvchilar uchun katta qulayliklarni keltirib chiqardi. WINDOWS foydalanuvchilari uchun yangi imkoniyatlar yaratgani sababli uni grafik qobiq emas, grafik muhit deyish qabul qilingan.
Norton Cammader kompyuter ekranida disk, catalog va fayllar strukturasini ko’rgazmali tarzda ko’rsatib turadi. Ma’lumki, operatsion sistemaning buyruqlarini kompyuterga kiritish ko’p mehnat, vaqt va qunt talab qiladi. Norton Commander foydalanuvchini bu mehnatdan va operatsion sistemaning o’nlab buyruqlarini doimo yodda saqlashdan xolos etadi. Mazkur dasturning eng afzal tomonlaridan biri bo’lib, operatsion sistema buyruqlaridan oson va samarali foydalanish imkonini beradi. Norton Cammenderdan foydalanuvchi qobiq dasturni tark etmasdan turib, biron dasturni tuzish yoki matnni tayyorlash, ularni tahrirlash va ishga tushirish mumkin. Norton Cammender foydalanuvchi kiritgan buyruqlarni esda saqlab boradi va ishlash jarayonida ana shu buyruqlardan foydalanishga to’g’ri kelsa ularni takroran klaviatura orqali termasdan amalga oshirish imkonini berdi.
Quyida WINDOWSni boshqa qobiq dasturlardan farqlab turadigan ba’zi xususiyatlar keltirilgan:
Ko’pvazifalilik. Bir vaqtda bir nechta dasturlarni ishga tushirish imkoniyati mavjud.
Yagona dasturiy interfeys. WINDOWS uchun yaratilgan dasturlar bir-biri bilan shunday aloqadaki, bir dasturda hosil qilingan ma’lumotlarni boshqa dasturga olib o’tish va qayta ishlash mumkin.
Foydalanuvchining yagona interfeysi. WINDOWS uchun yaratilgan barcha dasturlar foydalanuvchi bilan muloqot usuli deyarli bir xil.
Grafik interfeysi. Dastur va ma’lumotlar fayllar ekranida o’ziga xos rasmli nishonlar ko’rinishida tasvirlanadi.

  • Hozirgi kunda keng tarqalgan Windows Commander, Total Commander, Far manager kabi qobiq dasturlar Norton Cammender dasturining asosiy ish tamoyillarini o’zida saqlab qolgan.

Kompyuterdan foydalanish jarayonida turli sabablarga ko’ra diskdagi ma’lumotlarni o’chirish yoki zararsizlantirish mumkin. Bu magnit diskning ishdan chiqishi, fayllarning buzilishi yoki umuman ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, kompyuter xotirasida ma’lumotlarning ko’payib ketishi turli muammolarga olib keladi. Ma’lumotlarni hajm jihatdan kichraytirish uchun arxivlash dasturlaridan foydalanish mumkin. Arxivlash natijasida bir nechta fayl, hatto kataloglar siqilgan holda bir faylga birlashtiriladi. Arxiv faylni ochish natijasida ular o’z holatiga qaytariladi.
Fayllarni arxivlovchi dasturlar arxivatorlar deb ataladi. Arxivator dasturlar fayllarni arxivlash va ochish, arxiv fayllarni yangilash, bo’laklarga bo’lib va qirqib arxivlash, arxiv fayllarni birlashtirish, arxiv fayllar mundarijasini ko’rish, parolli arxiv fayllarni hosil qilish imkoniyatlariga ega.
Arxivatorlar – bu shunday dasturlarki, ular yordamida bir yoki bir nechta fayllarni yagona fayl – arxivga kichraytirish imkoniyati mavjud bo’ladi. Fayllarni arxivlash – bu biror faylning diskda qisqartirilgan nushasini hosil qilish.
Arxivlash jarayonida fayllar siqiladi. Shuning uchun ham arxivlashda siqish darajasi tushunchasi kiritilgan. Arxivlashda siqish darajasi deganda, faylning siqilgandan keyingi hajmining boshlang’ich hajmiga nisbatiga aytiladi. Masalan, faylning boshlang’ich hajmi 100 kb bo’lib, uning siqilgandan keyingi hajmi 10 kb bo’lsa, ARJ arxivatori siqish darajasini 10% deb, PKZIP arxivatori esa 90% deb ko’rsatiladi.
Arxivlash dasturlari turlari juda ko’p bo’lib, ular har xil usullarda ishlatiladi. Ular qo’llaniladigan matematik usullar, arxivlash, arxivlash tezligi va eng asosiysi siqish samaradorligi bilan farq qiladi. Arxivlash dasturlaridan yetarli darajada tez va yaxshi ishlaydiganlari PKZIP, LHARC, ARJ, RAR va boshqalar.
Download 15,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish