Masalaning qo’yilishi: a ning ixtiyoriy qiymatida funksiyaning qiymatini hisoblaydigan dastur tuzing.
Masalaning yechilishi:
Birinchi navbatda JDK (Java Development Kit) ni oracle.com rasmiy saytidan yuklab olamiz va uni “install” qilamiz:
2. JDK ni “Path” ini belgilab olamiz:
JDK ni path ga o’rnatganimizdan keyin uni tekshirib ko’ramiz:
3. “Intellij Idea” ni yuklab olamiz va uni ham “install” qilamiz:
Bu yerda Intellij Idea ni saqlaydigan papkani ko’rsatamiz:
Biz darsda java tilidan foydalanganimiz uchun javani belgilaymiz:
4. Endi esa yangi project yaratamiz:
1-laboratoriya topshiriqlari
Talabalar o’zlarining tartib raqamlari bo’yicha quyidagi dasturlarni Java dasturlash tilida proyektlarini yaratish talab etiladi.
1. Kichik radiusi 20 ga, katta radiusi r>15 ga teng bo’lgan halqaning yuzini toping.
2. Uchburchak uchlari koordinatalari bilan berilgan. Uchburchakning perimetrini va yuzasini toping.
3. Berilgan uchta sonning yig’indisini va ko’paytmasini toping.
4. (x1,y1) va (x2,y2) koordinatlar bilan berilgan ikki nuqta orasidagi masofani hisoblang.
5. Uchta R1, R2, R3 qarshiliklar parallel ulangan. Zanjirning qarshiligini toping.
6. Harorati t1 bo’lgan v1 litr suv bilan harorati t2 bo’lgan v2 litr suv aralashtirildi. Aralashmaning umumiy xajmini va haroratini toping.
7. Graduslarni radianlarda ifodalang. Gradus birligi deg(gradus) min (minut) sec (sekunt) formatda beriladi.
8. Klaviatura orqali kiritilgan sonni ekranga chop etadigan dastur tuzing. Chop etishda “Siz kiritgan son …” xabari ham chop etilishi kerak.
9. sonini ekranga chop eting.
10. 50 va 10 sonlarni ostma-ost ketma-ketligida ekranga chiqaring.
11. Ixtiyoriy kiritilgan to’rtta sonni “ustun” shaklida chop etadigan dastur tuzing.
12. Dasur tuzing:
a) x ning ixtiyoriy qiymatida funksiyaning qiymatini hisoblaydigan;
b) a ning ixtiyoriy qiymatida funksiyaning qiymatini hisoblaydigan.
13. a ning ixtiyoriy qiymatida funksiyaning qiymatini hisoblaydigan dastur tuzing.
14. Dastur tuzing:
a) a ning ixtiyoriy qiymatida funksiyaning qiymatini hisoblaydigan;
b) x ning ixtiyoriy qiymatida funksiyaning qiymatini hisoblaydigan.
15. Yer yuzasidan balandligi berilgan nuqtadan ufqqacha bo’lgan masofa uzunligini, yerning radiusi R=6350 kmli ideal sfera ekanligini hisobga olgan holda toping.
16. Kub qirrasining uzunligi berilgan. Kubning hajmi va yon sirtlar yuzasini toping.
17. Aylana radiusi berilgan. Aylana uzunligi va doira yuzasini toping.
18. Dastur tuzing:
a) x, y ning ixtiyoriy qiymatida funksiyaning qiymatini hisoblaydigan;
b) a, b ning ixtiyoriy qiymatida funksiyaning qiymatini hisoblaydigan.
19. Ikkita butun son berilgan. Ularning o’rta arifmetigini va o’rta geometrigini toping.
20. Davlat aholisining soni va uning yer maydoni ma’lum. Bu davlatning aholi zichligini aniqlang.
21. chiziqli tenglamani yechadigan dastur tuzing.
22. To’g’riburchakli uchburchakning katetlari berilgan. Uning gipotenuzasini toping.
23. To’g’riburchakli uchburchakning katetlari berilgan. Uning perimetrini toping.
24. Teng yonli trapesiyaning asosi va balandligi berilgan. Uning perimetrini toping.
25. x, y ning ixtiyoriy qiymatida va funksiyalarning qiymatini hisoblaydigan dastur tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |