Mavzu : Qism tarmoqlarning IP manzillarini tarmoq maskasi va manzili asosida aniqlash.
Ishdan maqsad. Qism tarmoqlarning IP manzillarini tarmoq maskasi va manzili asosida aniqlash ko`nikmalariga ega bo`lish.
Nazariy qism
IP manzil (o'qilishi (ay-pi adres) inglizcha Internet Protocol)- IP-manzil qurilmaning tarmoqdagi takrorlanmas virtual adresidir. Internet va lokal tarmoqdagi qurilmalar o’zaro IP protokol orqali bir-birilarining IP adreslariga ma'lumot yuborish orqali aloqa o’rnatishadi. Bunday aloqa o’rnatishning o’ziga xos xususiyatlari va ushbu qonuniyatlar asosida bir IP manzil ikkinchi IP manzilga xabar(paket) jo'natadi va ushbu jarayon protokol deyiladi.
IP manzillarning hozirda ikki xil versiyasi mavjud.