Statik sozlashda foydalanuvchiga o'zgarmas ip manzil beriladi. (Masalan web-sayt yoki qandaydir xizmatlarni taqdim etuvchi serverlar)
Dinamik sozlashda esa IP manzillar o’zgaruvchan bo’ladi, ya’ni turli hostlarning IP manzillari bir xil bo’lib qolmasligi ta’minlanadi. Masalan internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayderning 4000 ta foydalanuvchisi bor, lekin real vaqtda 1000ta foydalanuvchi faol holatda. Bundan kelib chiqadiki 1000 ta foydalanuvchilarga IP manzil yetarli, bu esa o’z navbatida tarmoq administratorining vazifalarini yengillashtiradi. Dinamik IP manzil xostlarga bir martda beriladi xost tarmoqqa qayta ulanganda esa unga yangi IP manzil beriladi. Demak, tarmoqqa ulangan har bir xost, qayta ulanishni amalga oshirganda, har doim har xil IP manzil oladi.
Quyida 1969 yilda AQShda ishlab chiqilgan IPv4 manzillarining 5 ta sinflari keltirilgan:
№
Sinf
Bo’linishi
Oraliq
Tarmoqlar soni
Tarmoqdagi hostlar soni
Tarmoq niqobi
1.
A
0000 0000-
0111 1111
1.0.0.0
127.255.255.255
128
16.777.214
/8
2.
B
1000 000-
1011 111
128.0.0.0
191.255.255.255
16.384
65.534
/16
3.
C
1100 0000-
1101 1111
192.0.0.0
223.255.255.255
2.097.154
256
/24
4.
D
1110 0000-
1110 1111
224.0.0.0
239.255.255.255
Multikas texnologiyasi (ma’lumotlarni ko’p manzilli jo’natish)
5.
E
1111 0000-
1111 1111
240.0.0.0
255.255.255.255
Zaxiralangan manzillar
IP manzillar tarmoqda foydalanishiga ko'ra ikki turga bo’lish mumkin:
1. global (real, beliy, oq)
2.lokal (seriy)
Lokal ip manzillar global tarmoqda ishlatilmaydi va bu ip manzillarga global ip manzil orqali kirib bo'lmasligi tufayli ichki tarmoq xavfsizligini ta'minlash mumkin. Quyida lokal manzillarning tasdiqlangan chegaralari keltirilgan:
A sinfda 10.0.0.0 — 10.255.255.255,
127.0.0.0 – 127.255.255.255,
B sinfda 172.16.0.0 — 172.31.255.255,
C sinfda 192.168.0.0 — 192.168.255.255
Tarmoq manzili ikki qismdan iborat: tarmoq manzili va ushbu tarmoqdagi asosiy manzil. Tarmoq maskasi - bu manzillarni ajratuvchi bo'linadigan chiziq.
Tarmoq niqobi, tarmoqning IP-manzilida qancha bit borligini aniqlaydi. Xususiy manzillarni (RFC1918) "C" sinfidagi tarmoqlardan ko'rib chiqamiz: ular 192.168.0.0 - 192.168.255.255 oralig'ini egallaydi. Ushbu segmentning maskasi 192.168.0.0/16.
192.168.0.0 / 16 (255.255.0.0) yozuvi tarmoq manzilidagi umumiy 32 bitdan 16 bit mavjud degan ma'noni anglatadi. Agar manzil ikkilangan bo'lsa, birinchi 16 bit 192.168 ni tashkil qiladi. Bu tarmoq manzili: 192.168.0.0.
Tarmoq manzilini topish uchun ip manzilni niqobga ko’paytiramiz.
Tarmoqdagi IP-manzil: 11000000 10101000 00001010 00100010 (192.168.10.34)
Subnet maskasi: 11111111 11111111 00000000 00000000 (255.255.0.0)
Tarmoq manzili: 11000000 10101000 00000000 00000000 (192.168.0.0)
Tarmoq manzilini topish uchun ip manzilni niqobga ko’paytiramiz.
Broadcast – tarmoqdagi oxirgi ip manzil.
172.16.20.
60/24
Tarmoq manzili
Tarmoqdagi host
172.16.
20.60/16
Tarmoq manzili
Tarmoqdagi host
1-jadval. IPv4 strukturasi
172.16.50.80(255.255.255.0/24)
172.16.50.0
tarmoq manzili
172.16.50.1
birinchi host manzili
172.16.50.254
oxirgi host manzili
172.16.50.255
broadcast
172.16.50.80(255.255.0.0/16)
172.16.0.0
tarmoq manzili
172.16.0.1
birinchi host manzili
172.16.255.254
oxirgi host manzili
172.16.255.255
broadcast
2-jadval. IPv4 strukturasi
Topshiriq Quyida keltirilgan ip manzil oraliqlarining manzili va niqoblari orqali qism tarmoq manzillarini aniqlang.
10.0.0.0/8------32
172.16.0.0/8-----32
192.168.0.0/8-----32
Tarmoqning broadcast manzilini toping:
1. 192.168.58.160/27
2. 172.17.102.186/24
3. 172.31.10.45.54/28
Berilgan ip manzil tarmog’idagi oxirgi ishlatiladigan host manzilini toping:
1. 10.195.239.46/8
2. 172.17.102.190/24
3. 192.168.12.162/27