1 laboratoriya ishi ishning nomi: Andozalar satxini hisoblash. Ishdan maqsad



Download 2,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/40
Sana14.06.2022
Hajmi2,45 Mb.
#667025
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
Bog'liq
28-03 08-49

5. Ishni bajarish tartibi.
Bu laboratoriya ishini bajarishda biz oldingi labaratoriya ishida
o‘rganganimizdek tikuv mashinani yaxshilab ish uchun sozlab olamiz va qoidaga
asosan o‘tiramiz. So`ngra gazlama qiyqimlaridan kichkina detallarni qirqib
olamiz. Qirqib olingan detallarda mashinada tikiladigan chok turlarini ko‘rsatish
uchun foydalanamiz detallarni qayerlarida qanday choklar ishlatilishini mashinada
tikib ko‘rsatiladi va talabaga ham tikib ko‘rsatish talab etiladi.
6. Hisobot mazmuni.
1.
 
Ishni bajarish uchun ma’lumotlar.
2. Tikuv mashinasida tikilgan detallardan na’munalar.
3. Xulosa.
4. Foydalanilgan adabiyotlar.
7. Nazorat uchun savollar.
1.
 
Mashinada bajariladigan choklarning vazifalari va turlari.
2. Mashina choklarining avzalligi.
Adabiyotlar.
1. M.Sh.Jabborova “Tikuvchilik texnologiyasi ” T 1994 yil.
2. G.K.Qulijonova, S.S Musaev “YESM texnologiyasi” T 2002 yil.
3. L.I.Nazarova, L.I Kulinova, A.V. Savostistiy “Texnologiya shveynix izdeliy po
ind. zakazam ” Moskva 1975 g.


16 - LABORATORIYA ISHI
1. Ishning nomi: Kiyim detallarini yelimlab biriktirish. Yelimlab biriktirish
jrayonining mohiyati, yelimlab biriktirishni afzalligi va kamchiligi.
2. Ishdan maqsad:
Yelimlab ishlatiladigan materiallardan foydalanishni o‘rgatish.
3. Ishning nazariy qismi.
Materialarni yelimlab ulash sanoat tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. Sintetik
simolalar paydo bo‘lgandan buyon yelimlab ulash ayniqsa keng tarqaldi. SNIISHP
1949 yildan boshlab kiyim detallarini yelimlab ulash usullarini ishlab chiqish va
takomillashtirishga kirishib, xozirgacha ancha amaliy natijalarga erishgan.
Endilikda ust kiyimlar tikishda ko‘p tikuvchilik korxonalari yelimlab ulash
usulidan keng foydalanilmoqda.
Detallarni yelimlab ulanganda yelimdagi ulash kuchi (kogeziya) va
yelimning gazlama satxiga yopisha olish hususiyati (adgeziya) yelimlab
ulanayotgan gazlamalar pishiqligidan kamroq bo‘lishi kerak. Shunday bo‘lsa
zo‘riqqan vaqtda gazlama butun qolib, yelimlangan chok ajiralib ketadi.
Bog‘lovchi va qo‘shimcha moddalar yelimning asosini tashkil etadi. Bu asos
yumshoqroq, elastikroq yumshatish temperaturasi pastroq bo‘lishi uchun unga
qo‘shimcha pastifikatorlar aralashtiriladi. Masalan: Kamfara, kanakunjut moyi,
glitserin etilenglikol, dietilenglikol kabi birikmalar shunday pastifikator bo‘ladi.
Yelimning asosi yuqori elastik issiqqa chidamli va sovuqqa chidamli xamda shu
kabi zarur xususiyatlarga ega bo‘lishi uchun unga qorakuya kaolin, talk, bo‘r
singari to‘ldiruvchi moddalar qo‘shiladi.
1950 yilda SNIISHP BF– 6 sintetik yelimni suyuq xolda zig‘ir tola yoki ip
gazlamalarga surkab, quritib qo‘yish mumkinligini topdi. Bu esa yordamchi
gazlamalarni asosiy detallarga tikib o‘tirmay yopishtirib qo‘ya qolish imkonini
berdi. O‘sha yilning o‘zida BF-6 yelimini plyonka sifatida ishlatish ham
topiladi.Olim plyonka 1953 yilda maskvadagi “Bolshevichka” tikuvchilik
fabrikasida 1 – marta ishlatila boshlandi. 1954 yil SNIISHP ust kiyimlarining bort
qotirmasi, yoqasi, yeng uchi kabi asosiy uzellarini yelimlab ulashning yangi
texnologiyasini ishlab chiqdi. 
Yelimlab biriktirish uchun yelimli gazlama yelimli uqa o‘rgimchak uyi
tipidagi noto‘qima materiallar yelim ip va yelim plyonka ishlatiladi.
Yelim qoplangan qotirmalik materiallar zig‘ir tolali gazlamaning bir
tomoniga yirikligi 0,4-0,8 mm bo‘lgan P-54, P-12/6/66 yelim kukuni qoplab xosil
qilinadi.
Yelim uqa – 300, 301, 302 artikuldagi oq surp gazlamaning bir tomoniga P-
54 yoki P-12/6/66 yelim kukuni qoplab tayyorlanadi.


Yelim ip – 0,3 – 0,5 mm qalinlikdagi yakka ip bo‘lib P-548 P-12/6/66
poliamid smolasidan olinadi. Yuviladigan kiyimlar uchun yuqori bosimda
olinadigan polietilendan olinadi.
O‘rgimchak uya tipidagi noto‘qima yelim material P-548, P-12/6/66
yelimlarining eritmasidan olingan tolalar yoki yuqori bosimda olingan polietilen
tolalar bir-biri bilan tartibsiz cholinishidan xal bo‘lgan noto‘qima material.

Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish