4. Ish joyini jixozlash.
1. Ip, igna, qaychi, angishovna.
2.Gazlama qiyqimi.
3.Kerakli ma’lumotlar.
5. Ishning bajarish tartibi.
Qo‘lda bajariladgan qoviqqatorlarni urganish uchun gazlamalardan
kichkina detallar kirkib olamiz.Sungra ish joyimizga utirib ish
boylaymiz.Tikishdan oldin zarur bulgan ip va gazlamalarni tanlab olamiz. Igna
nomeri material kalinligi va operatsiya xarakteriga boglik buladi.Tanlab olingan
ipni ignadan utkazamiz va nazariy kismda berilgan barcha kovikkatorlar
detallarini kaerda ishlatish ma’lum bulganligi sababli ularni shular asosida tikib
chiqamiz.
6. Hisobot mazmuni.
1. Ishni bajarish uchun qaviq qator xaqida ma’lumotlar.
2.Tikishni o`rganish xaqida ma’lumotlar.
3. Xulosa. Qaviq qatorlar sxemasi( chizmasi).
4. Ishlatilgan adabiyotlar.
7. Nazorat uchun savollar.
1. Qo`lda bajariladigan qaviq qatorlarni o`rganishdan maqsad.
2. Qo`l ishlarini bajarishda ishlatiladigan asbob va moslamalar.
3. Ish o`rni xakida.
Adabiyotlar.
1. M.Sh.Jabborova «Tikuvchilik texnologiyasi» Toshkent-1994y.,
2. G.K.Kulijanova, S.S.Musaev «Yengil sanoat maxsulotlari texnologiyasi»
Toshkent -2002 y.
9– LABORATORIYA ISHI
1. Ishning nomi: Qaviqlar, bahya va bahyaqatorlar to’g’risida umumiy
ma’lumot, qaviq turlari va ularni hosil qilish usullari
2. Ishdan maqsad :
Talabalarni kiyim tayyorlashda ishlatiladigan qo`l choklari
bilan tanishtirish.
3. Ishning nazariy qismi.
Qaviqlar 5 xil bo‘ladi: to‘g‘ri qaviq, qiya qaviq, iroqi-simon qaviq, halqasimon
va halqa qaviq.
To‘g‘ri qaviqlar: sirma, bostirma, bukib ko‘klash, ziy ko‘klash, nusxalama
turlariga bo‘linadi.
Surma qaviqqator — osongina so‘kiladigan bo‘lib, detallarni vaqtincha
biriktirish (kiyimlarning yon, yelka qirqimlarini ulash, yenglarni yeng o‘miziga
o‘tkazish) uchun ishlatiladi. Qaviq uzunligi solqisiz ko‘klaganda 2—3 sm., solqi
bilan ko‘klaganda 1—2 sm. bo‘ladi (1-rasm, a). Sirma qaviqning qanchalik yirik
yoki mayda bo‘lishi uning nima maqsadda ishlatilayotganiga va gazlamaning
turiga bog‘liq.
Bostirma qaviqqator — ustma-ust qo‘yilgan ikkita detalni mahkamlashda
ishlatiladi, (masalan, bort qotirmasini old bo‘lakka bostirib tikishda). Uzunligi 3—5
sm (b).
Bukib ko‘klash qaviqqatori — detallarning buklangan chetlarini (kiyim
etagi, yeng uchlari) vaqtincha mahkamlashda ishlatiladi.Qaviq uzunligi 1—3 sm.
(v).
Ziy ko‘klash qaviqqatori — mashina baxyaqatorlari bilan biriktirib olingan
va unga ag‘darilgan detallar ziylarini (cho‘ntak qopqoq, bort, yoqalarni)
mahkamlash uchun ishlatiladi. Qaviq uzunligi 7—10 mm. (g).
Nusxalama qaviqqatorlar — belgilangan chiziqni bir detaldan 2—simmetrik
detalga aniq o‘tkazish uchun (vitochkalarni, cho‘ntaklarni) qo‘llaniladi. Bunda ip
tarang tortilmaydi, gazlama sirtida 0,2—0,7 sm. balandlikda solqilar qoldiriladi.
So‘ngra detallarni surib, qaviq iplari taranglanadi va 2 detal o‘rtasida qirqiladi.
Qaviq uzunligi 10—15 mm. (d).
Qiya qaviqlar — bilan doimiy va vaqtinchalik qaviq-qatorlar hosil qilinadi
Vaqtinchalik — bostirma, ziy ko‘klash, doimiy — yo‘rma, tepchima, biriktirma
(yashirin), iroqisimon turlarga bo‘linadi.
Bostirma qaviqqator — 2ta detalni bir-biridan siljib ketmaydigan qilib
biriktirishga ishlatiladi (adipni old bo‘lakka, ustki yoqani ostki yoqaga).Qaviq
uzunligi 7—20 mm.Qaviqqator detallar qirqimidan 10—30 mm naridan tikiladi
(g).
Ziy ko‘klash qaviqqatori — mashina baxyaqatori bilan biriktirib olinib,
o‘ngiga o‘girilgan detallar chetini (ziyini) mustahkamlash uchun ishlatiladi.
(Cho‘ntak qopqoqlar, bortlar, yoqa, astarli qoplama cho‘ntaklar ziylarini.) Qaviq
uzunligi 7—10 mm. (j).
Yorma qaviqqatori — detallar qirqimlarini titilib ketishidan saqlash uchun
ishlatiladi (titiladigan gazlamalardan tikilgan shim, yubka, ayollar ko‘ylagi va
astarsiz kiyimlar qirqimlarini yo‘rmalashda). Qaviq uzunligi 5—7 mm (z).
Yo‘rma qaviq chapdan o‘ngga tomon solinib, qaviqlar bir tomonga bir xilda
og‘ib turadi.
Tepchima qaviqqatori — asosiy detallarni qotirmaga ulashda, ba’zi detallarga
turg‘unlik berish uchun (adip qaytarmasi, ostki yoqani qavishda) ishlatiladi. Qaviq
uzunligi 5—7 mm., qaviqlar orasidagi masofa 4—5 mm. (m). Qaviqlar gazlama
qalinligiga qarab 40—80 nomerli iplar bilan bajariladi, ipning rangi asosiy
gazlama rangiga mos kelishi kerak.
Qiya biriktirma - qaviqqatori titilmaydigan gazlamadan ust kiyim tikishda
ochiq qirqimli detallarning bukilgan chetini yoki berk qirqimli detallarning
chetlarini mahkamlash (masalan, kiyimning etagi, yenglarini qayirib tikish)
uchun ishlatiladi. Qaviq uzunligi 0,7—1 sm. Har 1 sm. da 2—3 qaviq tushiriladi.
Iroqisimon qaviqqatori titiladigan gazlamadan tikiladigan detallar chetini
(masalan, ayollar paltosi, ko‘ylagi, yubkalar etaklarini va shimlar poychalarini
buklab tikish) uchun qo‘llanadi. Ba’zan esa ayollar va bolalar kiymlarini tikishda
bezak rolini ham o‘ynashi mumkin. U chapdan o‘ngga qarab tikiladi, igna o‘ngdan
chapga qadaladi Gazlama zichligiga qarab, qaviq yirikligi 5—7 mm., qaviqqator
kengligi esa 3—7 mm. bo‘ladi (l).
To‘r qaviqqatorlar — detallarni mashinada tikish qiyin bo‘lgan joylarini
doimiy qaviq bilan tikish uchun ishlatiladi.Qaviq uzunligi 0,1—0,4 sm.
Qaviqning tashqi ko‘rinishi mashinada bajarilgan baxyaqatorga o‘xshaydi (m).
Bunda igna gazlama qalinligidan to‘la sanchib o‘tkaziladi, yana gazlamadan
oldingi teshikdan qaytarib o‘tka-ziladi.
To‘rsimon qaviqqatorlar — ko‘proq cho‘ziladigan choklarning pishiqligini
oshirish va yeng astari astar o‘miziga o‘tkazilgan chokni avra yengi yeng
o‘miziga o‘tkazilgan chokka mahkamlash uchun ishlatiladi. Qaviq uzunligi 1—
1,5 sm. (n). Igna birinchi sanchib o‘tkazilgandan keyin gazlamaga yarim qaviq
yirikligicha beriroqqa sanchiladi. To‘rsimon qaviq ko‘rinishidan to‘r qaviqqa
o‘xshaydi, lekin siyrakroq.
Yashirin biriktirma qaviqqatorlar - bukilgan detallar chetlarini doimiy
mahkamlash (qoplama cho‘ntakni kiyimga, pastki yoqani yoqa o‘miziga
biriktirish uchun ishlatiladi.
Yolg‘on qaviqqator — detal ziylarini (cho‘ntak qopqoq, yoqa, bort ziylarini)
zichlashtirish, shaklini mustahkamlash uchun ishlatiladi.Yolg‘on qaviqni hosil
qilish uchun igna gazlamaga oldinga og‘diribroq sanchilib, pastdagi gazlamaning
yarim qalinligi ilib olinadi va ignani yuqoriga yo‘naltirib, gazlamadan
chiqariladi. Ignaning navbatdagi sanchiladigan joyi igna chiqqan joydan 0,5— 1
mm. masofada bo‘ladi. Yolg‘on qaviq iplari detalning o‘ngi va teskari
tomonlaridan ko‘rinmaydi. Bu qaviqlarni bajarishda 33, 65, 75 ipak iplar
ishlatiladi. Qaviq yirikligi 3—4 mm. bo‘ladi.
9.1-rasm. Qaviqlar turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |