1-laboratoriya ishi Gistоlоgik tadqiq



Download 0,79 Mb.
bet6/37
Sana29.06.2022
Hajmi0,79 Mb.
#718195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Gistologiya lab Sultonov

3-laboratoriya ishi


Tuban hayvonlar to’qimalari bilan tanishish


Gidra
Tanasi hujayralari. Gidra tan as i devori ikki qavat bo’ylab joylashgan hujayralardan tashkil topgan. Tashqi - ektoderma va ichki - endoderma qavatlari yupqa parda bilan ajralgan. Tana,devori keng ichki tana bo’shlig’ni o’rab turadi. Bu bo’shliq ichak vazifasini ham bajaradi.
Tashqi qavat asosan teri-muskul hujayralaridan iborat. Bu hujayralarning tana devoriga botib kirib kengaygan tomonida muskul tolalari bo’ladi. Muskullarning qisqarishi tufayli gidra umbaloq oshib yoki odimlab harakatlanadi.
Endoderma qavati soxta oyoqlar chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan yirik xivchinli va bezli hujayralardan iborat. Hujayralar hazm shirasi ishlab chiqarish va hazm qilish vazifasini bajaradi. Gidraning ozig’i ham bir hujayralilar singari hujayra ichida hazm bo’ladi. Gidra tutilgan o’ljani paypaslagichlariga yopishtirib, og’ziga olib boradi. Oziq tana bo’shlig’iga tushib, hazm suyuqligi ta’sirida maydalanadi. Xivchinlar oziqni hujayralarga haydaydi. Hujayralar soxta oyoqlari yordamida oziqni qararab olib, hazm qiladi.


Oq planariya

Oq planariya tanasining uzunligi 2-3 sm, oqish yoki kulrang tusda. Tanasining bir oz kengaygan oldingi tomoni ikki yonida kalta o’simtalarga o’xshash ikkita sezgi paypaslagichlari va ikkita qora nuqta shaklidagi ko’zchalari joylashgan; keyingi tomoni konussimon toraygan, uchki tomoni to’mtoq bo’ladi. Tanasi sirti bir qavat kiprikli epiteliy hujayralari bilan qoplangan. Planariya kipriklar yordamida sekin sirpanib harakat qiladi; ba’zan suv yuzasiga ko’tarilib suzadi.


Hazm qilish sistemasi va oziqlanishi. Planariyaning og’iz teshigi qorin tomonida joylashgan. Og’iz qisqa halqum bilan tutashgan. Halqumdan uch shoxli ichak boshlanadi. Ulardan biri tananing oldingi tomoniga, ikkitasi keyingi tomoniga yo’nalgan. Har qaysi ichak shoxlari o’z navbatida juda ko’p, uchi berk yon shoxchalar hosil qiladi. Og’iz teshigi, halqumi va ichagi hazm qilish sistemasini hosil qiladi. Planariyaning orqa ichagi va orqa chiqaruv teshigi bo’lmaydi.
Tanasining g’ovak to’qimasida juda ko’p uchi berk naychalar joylashgan (16-rasm, B-D). Bu naychalar tananing ikki yonidagi yirikroq ikkita naychaga kelib tutashadi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’ladigan zararli moddalar tanadagi ortiqcha suv bilan birga mayda naychalarning ichiga sizib o’tadi va ikki yon tomonda joylashgan yirik naylar orqali chiqarib yuboriladi.
Planariyaning nerv hujayralari tananing oldingi tomonida to’planib, ikkita nerv tugunini hosil qiladi. Nerv tugunlaridan tananing keyingi tomoniga ikkita yirik nervlar chiqadi. Nerv tugunlaridan tananing hamma qismiga nervlar ketadi. Nerv hujayralari va nerv tolalari birgalikda nerv sistemasini hosil qiladi.
Sezgi organlari. Planariya terisi orqali har xil ta’sirlarni sezadi. Agar unga biron narsa tegib ketsa, tanasini birdaniga qisqartirib oladi. Paypaslagichlari, terisi va ko’zchalari pianariyaning sezgi organlari bo’ladi.
Jinsiy sistemasi va ko’payishi. Tanasining oidingi qismida ikkita urg’ochilik jinsiy organi - tuxumdonlar; ulardan keyinroqda pufakka o’xshash erkaklik jinsiy organi - urug ‘donlar joylashgan. Bu organlar jinsiy sistemani tashkil etadi. Tuxumdonlarda tuxumlar, urug’donlarda esa urug’ hujayralari - spermatozoidlar hosil bo’ladi.


Yomg’ir chuvalchangi

Chuvalchang tanasi bir qavat epiteliy hujayralardan iborat yupqa teri bilan qoplangan. Bu hujayralar ishlab chiqaradigan shilimshiq modda terini doim namlab turadi. Teri oslida halqasimon va bo’ylama muskullar joylashgan. Muskullar ostida ichki epiteliy qavati tana bo’shlig’i devorini hosil qiladi. Tashqi va ichki epiteliy, halqasimon va bo’ylama muskullar teri-muskul xaltasi deb ataladigan tana devorini hosil qiladi. Tana bo’shlig’ida ichki organlar joylashadi.


Yomg’ir chuvalchangining suyuqlik bilan to’lgan tana bo’shlig’ida ichki organlar joylashgan. Tana bo’shlig’i yupqa pardadan iborat ko’ndalang to’siqlar bilan alohida bo’lmalarga ajralgan. Tana bo’shlig’i bo’lmalarining soni lashqi tana halqalari soniga teng. Tana bo’shlig’i devorining ichki yuzasi bir qavat bo’lib joylashgan epiteliydan iborat.
Tanasining oldingi qismidagi nerv hujayralari to’planib, halqum usti va halqum osti yirik nerv tugunlarini hosil qiladi. Bu nerv tugunlari halqumni ikki tomondan aylanib o’tadigan halqa nerv tolalarini birlashtirib turadi. Halqum osti nerv tuguni qorin bo’ylab ketadigan nerv zanjiri bilan tutashgan. Qorin nerv zanjirida har bir tana bo’g’ini to’g’risida bittadan kichikroq nerv tugunlari joylashgan. Hamma nerv tugunlaridan teriga va ichki organlarga nervlar chiqadi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish