Ishning bajarilishi. Probirkaga 2-3ml aniqlanayotgan yog’ning xloroformdagi eritmasidan va bromning xloroformdagi eritmasidan quyiladi. Agarda probirkadagi aralashmada D vitamini bo’lsa, aralashma sariq-pushti rangga bo’yaladi.
c) D vitaminining anilin bilan reaksiyasi
Kerakli asbob va reaktivlar: yuqoridagi tajribada berilgan.
Ishning bajarilishi. Probirkaga 1-2 ml aniqlanayotgan yog’ning xloroformdagi 10% li eritmasidan quyilib, ustiga teng miqdorda anilinning xlorid kislotali eritmashdan solinadi.Yaxshilab aralashtiriladi va doimo chayhatib turilib qaynaguncha qizdiriladi. Yana bir minut qaynatiladi. Agarda aralashmada D vitamini bo’lsa sariq rangli emulsiya oldin yashil so’ngra esa qizil rangga bo’yaladi. 1-2 minutdan keyin probirkadagi emulsiya ikki qavatga ajraladi. Aralashmaning ostki qismi, ochroq bo’lsada A vitamini bo’lganligi sababli ochiq qizil rangga bo’yaladi; biroz turgandan keyin rang o’zgarib qoraya boshlaydi,
Takrorlash uchun savollar,
Vitaminlar nima? Avitaminoz gipo- va gipervitamminozni ta’riflang.
"Vitamin" –iborasi qachon va kim tomondan berilgan?
3. Vitaminlarni klassifikatyasi haqida gapirib bering.
4.Provitaminlar nima? Misollar bilan ifodalang.
5.A-vitamini. A ning hayvon organizmida qanday belgiari bor? Rodopsin haqida fikr yuriting.
6.Avitaminoz D ning organizmdagi asosiy belgilari nimadan iborat?
7.Avitaminoz E ning ximiyaviy tuzilishini yozing va uning organizmdagi o’ziga xos ta’siroti nimadan iborat?
8.D2 ta D3 vitaminlari haqida gapirib bering.
9.Yog`da eriydigan vitaminlarning kimyoviy tuziliishni yozing.
2-Laboratoriya ishi.
Ayrim suvda eruvchi vitaminlarga xos reaksiyalar. C- vitaminiga sifatiy reaksiya .
C vitamini ximiyaviy qurilishi jihatidan L - askorbat kislota deb ataladi. U suvda juda oson eriydigan,oq kristall birikmadir. C vitaminiing. fiziologik ahamiyati, uning organizmda oksyadlanish va qaytarish jarayonlarida aktiv qatnashishidan iborat. S vitamiya organizmda yetishmaganda singa kasalligi yuzaga keladi. Singada umumiy darmonsizlik, yurakning tez-tez urib turishi, hansirash,qon tomirlari devorla-rining Shikastlanishi, milklarning qonashi, suyaklarning kuchsizlanib sinishi,tish- suyaklarining yemirilishi va tishlarning qimirlab tushib ketishi kuzatiladi.
C vitamining asosiy manbalari o’simliklardir. Qalampir,xrek, qora smorodina, maymunjon qulupnay, apelsin,limon, mandarin, karam, na’matak, qarag’ay, qora qarag’ay kabilar askorbat kislotaga boydir.
Odamlarning C vitaminiga bo’lgan ehtiyoji sutkasiga o’rtacha 50-100 mg ga to’g’ri keladi. Homiladorlik, emiziklik davrda (laxtatsiyada), Shuningdek yuqumli kasalliklarda (xususan silda) oraganizmning C vitaminga bo’lgan ehtiyoji ortadi.
Askorbat kislotasiga xos oksidlanish va qaytarilish reaksiyalaridan uning sifat reaksiyalarini va miqdorini aniqlashda foydalaniladi.
Kimyoviy tabiati jihatidan askorbat kislota geksozalarga yaqin, lekin to’yinmagan birikmadir. Boshqa kislotalardan molekulasida karboksil funksional gruppasining yo’qligi bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |