1-Laboratoriya ishi Arduino kontroller to’plamining tarkibini va imkoniyatlarini o’rganish. Kompyuterga Arduino ide ni o’rnatish Ishdan maqsad



Download 450 Kb.
Sana10.04.2022
Hajmi450 Kb.
#541067
Bog'liq
1 Laboratoriya ishi


1-Laboratoriya ishi
Arduino kontroller to’plamining tarkibini va imkoniyatlarini o’rganish. Kompyuterga Arduino IDE ni o’rnatish


Ishdan maqsad: Arduino IDE va Virtual Bread Board (VBB) dasturlarini o’rnatish, imkoniyatlarini bilan tanishish.



  1. Laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish:

Arduino - bu professional bo'lmagan foydalanuvchilarga mo'ljallangan oddiy avtomatlashtirish va robototexnika tizimlarini qurish uchun mo'ljallangan apparat va dasturiy ta'minot hisoblaniladi. Dasturiy ta'minot qismi dasturlarni yozish, kompilyatsiya qilish va dasturiy ta'minot uchun bepul dasturiy qobiqdan (IDE) iborat.
Arduino platformasi - o'rnatilgan bosma elektron platalar to'plamidir. Arduino avtonom avtomatlashtirish ob'ektlarini yaratish uchun ham, standart simli va simsiz interfeyslar orqali kompyuterdagi dasturlarga ulanish uchun ham ishlatilishi mumkin.
Arduino platalariga dastur o’rnatishda asosiy dasturlar- Arduino IDE, Virtual Bread Board (VBB), mBlock, FLProg dasturlari hisoblanadi. Bu dasturlar ichida Arduino IDE dasurida kodni o’zingiz hohlagan ko’rinishda yozishingiz mumkin. Boshqa dasturlar Virtual ko’rinishda dastur strukturasini va virtual apparat ta’minotini o’z ichiga oladi. Misol tariqasida quyidagi dasturni ko’rib chiqamiz.
Arduino IDE dasturi
Dasturni o’rnatish uchun uni maxsus saytdan yuklab olishimiz zarur:
https://biblprog.org.ua/ru/arduino_ide/download/
Yuqorida ko’rsatilgan saytdan foydalanib, dasturlash muhiti uchun o'rnatuvchini yuklab oling dasturni o'rnating va ishga tushiring.
Virtual Bread Board dasturi.
Ushbu dasturning imkoniyatlari juda kattadir.Chunki bu dastur apparat ta’minotidan tashqari dasturni virtual yig’ilgan sxema(plata)ga o’rnatish va simulyatsiya jarayonini vitual tarzda amalga oshirish imkoniyatini o’z ichiga oladi.
Dasturni o’rnatish uchun uni maxsus saytdan yuklab olishimiz zarur:
https://soft.mydiv.net/win/files-VirtualBreadboard.html
Dastur faylini saytdan yuklab olgandan keyin quyidagi tartibda o’rnatamiz:
VBB.exe faylini ikki marta bosasiz.

1-rasm. Dasturni o’rnatish bosqichi



2-rasm. Dasturni o’rnatish bosqichi

Dasturni o’rnatin bo’lganingizdan keyin dastur oynasi ochiladi.



3-rasm. Dastur ishchi oynasi (Kirish)


NEW -bo’limini tanlab OPEN tugmasi bosiladi va quyidagi ko’rinishda ishchi oynamiz hosil bo’ladi:

4-rasm.Dastur bosh ishchi oynasi

Menyular paneli quyidagilarni o’z ichiga oladi:


File;
Edit;
Tools;
Help.
Ishchi oynamizda elementlar paneli mavjud:

5-rasm.Elementlar paneli

Bu yerda bizga kerakli elementlar mavjud. Bundan tashqari elementlar paneli bo’limi ham mavjud bo’lib, kerakli bo’lim ustiga bossangiz turi, markasi, rangi kabiel ementlar paneli mavjud:



6-rasm.Elementlar paneli (umumiy)

Biz kerakli plata yoki elementlarniu shbu panellardan foydalanib ishlatishimiz va simulyatsiyani amalga oshirishimiz mumkin.


Bundan tashqari ishchi oynada quyidagi qo’shimcha funksiyalar mavjud:

7-rasm.yordamchi elementlar paneli


2. Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq:
LED diod lampasini yonib o’chishamalini bajarish. Buning uchun bizga:
Arduino UNO platasi;
Maket platasi;
220 Om qarshilik;
Va ulash uchun similar kerak bo’ladi.
VBB dasturi ishchi oynasini ochamiz va Arduino UNO platasini va maketp latani ishchi oynaga joylashtiramiz:
LED diod lampaning oyog’I uzun tarafi «musbat», oyog’I kalta tarafi esa «manfiy» oyoqlari hisoblanadi. Biz «musbat» oyog’ini 3 portga, «manfiy» tarafiga resistor orqali GROUND portiga quyidagi tartibda ulaymiz:

8-rasm.VBB dasturida eng soda yig’ilgan sxema ko’rinishi


3. Tajribada olingan natijalarni ishlash.
Virtual Bread Board dasturi yordamida sxemalarni yig’ish:
1.1 ta yonib o’chuvchi LED diodlampasining sxemasini yig’ing.
2. 2 ta yonib o’chuvchi LED diodlampasining sxemasini yig’ing.
3. 3 ta yonib o’chuvchi LED diodlampasining sxemasini yig’ing.
4. 4 ta yonib o’chuvchi LED diodlampasining sxemasini yig’ing.
5. 5 ta yonib o’chuvchi LED diodlampasining sxemasini yig’ing.
6. 6 ta yonib o’chuvchi LED diodlampasinings xemasini yig’ing.


4. Hisobot mazmuni.
Laboratoriya ishining hisobotida quyidagilar kеltirilishi shart:
1. Ishning maqsadi.
2. O‘rganilayotgan laboratoriya ishidan tushuncha.
3. Sxemalar ko’rinishlarini word dasturida electron shaklda tayyorlash.
4. Berilgan topshiriqlar bo’yicha yig’ilgan sxemalar.

5. Nazorat savollari.
1. Arduino IDE dasturi imkoniyatlari haqida nimalarni bilasiz?
2. VBB dasturi imkoniyatlari haqida nimalarni bilasiz?
3.Arduino UNO platasi haqida nimalarni bilasiz?
Download 450 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish