№1 Labaratoriya mashg’uloti



Download 0,6 Mb.
bet1/56
Sana07.08.2021
Hajmi0,6 Mb.
#141478
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
MATEMATIKA O’QITISH METODIKASIDAN


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti

MATEMATIKA O’QITISH METODIKASIDAN LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI

(metodik qo’llanma)




Toshkent - 2009

Mualliflar: Matematika va uni o’qitish metodikasi kafedrasi

dotsentlari: F.X.Saydaliyeva, N.O.Eshpo’latov

Taqrizchilar: Nizomiy nomli TDPUning, fizika-matematika fakulteti, matematika va uni o’qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, Q.Jumaniyozov,

Respublika iqtisodiyotga ixtisoslashgan



310 maktab litsey direktori Yu.Nizomova

Kirish.
Ushbu qo’llanmada matematika o’qitish metodikasi fanidan laboratoriya mashg’ulotlarining mazmuni keltirilgandir.

Laboratoriya mashg’ulotlari uch bo’limga ajratilgandir: Birinchi bo’limda matematikadan o’quv materiyalini mantiqiy matematik taxliliga hamda matematikani o’qitishni tashkiliy masalalariga bag’ishlangan laboratoriya mashg’ulotlari o’z o’rnini topgan. Ikkinchi bo’lim akademik litseylarda matematikani o’qitishni xususiyatlarini ochishga qaratilgan laboratoriya mashg’ulotlari. Uchinchi bo’lim matematikani o’qitishda yangi pedagogik texnalogiyalarning o’rnini ko’rsatuvchi laboratoriya mashg’ulotlariga bag’ishlangandir.

Birinchi bo’lim laboratoriya ishlanmalari 1-10gacha F.X.Saydaliyeva, ikkinchi bo’lim laboratoriya ishlanmalari 11-14gacha N.O.Eshpo’latov, uchinchi bo’lim laboratoriya ishlanmalari 15-19gacha F.X.Saydaliyevalar tomonidan tayyorlangan.

Ushbu qo’llanmadan pedagogika oily o’quv yurtlari, fizika-matematika fakulteti talabalari “Matematika o’qitish metodikasi” kursini o’rganish jarayonida foydalanishlari mumkin.

1 Laboratoriya mashg’uloti
Mavzu: Matematika darsiga kengaytirilgan reja-konspekt tuzish, o’qituvchilarning darsga tayyorgarligi, darsni taxlil qilish sxemasi.
Maqsad:


  1. Bo’lg’uvsi o’qituvchilarning metodik tayyorgarligini shakllantirish.

  2. Nazariy bilimlar asosida matematika darsining asosiy turlarini ajrata bilishga o’rgatish, darsning maqsadini aniq ko’rsatish ko’nikmasini hosil qilish.

  3. Matematika darsini kuzatishni va taxlil qilishni o’rgatish.


Vositalar:

  1. Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlari.

  2. 5-6 sinf maktab o’quvchilari uchun matematika darsliklari, reja-konspekt namunalari.

  3. Laboratoriya topshiriqlari.

Asosiy mazmuni
Dars – o’quv jarayonining asosiy tashkiliy turidir.

Dars haqida gap borganda ma’lum vaqt bilan chegaralangan, mantiqan tugatilgan, bus-butun o’quv-tarbiyaviy jarayonning qismi nazarda tutiladi. Unda o’quv-tarbiyaviy jarayonning barcha asosiy elementlari ma’lum munosabatda namoyon bo’ladi, ya’ni maqsad, mazmun, vositalar, metodlar, tashkiliy qismi. Yuqorida qayd etilgan elementlarni dars jarayonini tasniflashga asos qilib olish mumkin.

Asosiy didaktik maqsadga asosan darsni quyidagi turlarga ajratish mumkin:


  1. Yangi o’quv materialini o’rganish darsi.

  2. Bilim, ko’nikma va malakani takomillashtirish darsi.

  3. Umumlashtiruvchi dars.

  4. Bilim, ko’nikma va malakani nazorat qilish darsi.

  5. Aralash dars. (dars jarayonida ham yangi o’quv material bilan tanishtiriladi, ham mustahkamlanadi)

Darsning turiga qarab uning bosqichlari ham turlicha bo’ladi.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish