O‘QUV TOPShIRIG‘I
1-gurux
“Moddiy oqimlar” tushunchasiga sinkveyn tuzing.
Ishlab chiqarish vositalari bozori sharoitida moddiy oqimlarni boshqarishni zarurligi.
Grafik organayzer klaster yordamida logistika rivojlanish bosqichlarini yozib berish.
2 guruh
1 Topshiriq. «Logistika» tushunchasi bo‘yicha sinkveyn tuzing.
2 Topshiriq. Ishlab chiqarish va tovar harakati.
3 Topshiriq. «Logistika» tizimi qismlarini ta’rifi (sxema yordamida yoritib berish).
3 guruh
1 Topshiriq. «Ishlab chiqarish» tushunchasi bo‘yicha sinkveyn tuzish.
2 Topshiriq. Logistik harakatning tuzilishi tushuntirib bering. (sxema).
3 Topshiriq. Mikro-makro logistika vazifalarini tushuntirib berish. (organayzer klaster yordamida).
4 guruh
1 Topshiriq. «Tovar» tushunchasi bo‘yicha sinkveyn tuzish.
2 Topshiriq. Ombor xo‘jaligi haqida ma’lumot bering (sxemadan foydalanib).
3 Topshiriq. Logistik tizimlarni tuzishda hisobga olinadigan omillar (organayzer klaster yordamida tushuntiring).
TEST SAVOLLARI
1. Logistika nima?
A) moddiy oqimlarni optimallashtirish muammolarini o‘rgatuvchi fan
B) yuklarni tashish sa’nati
V) tadbirokrlik faoliyati
G) oqimlarni rejalashtirishni boshqarish, nazorat haqidagi fan
2. Logistik prinsiplarni qo‘llashda, foyda olish nimalarda nomoyon bo‘ladi?
A) mahsulotlarni ta’minot xarajatlarini kamaytirish
B) korxona soliq to‘lovlarini kamaytirish
V) tijorat ishlab chiqarish siklini vaqtini kamaytirish
G) ishlab chiqarishning barcha bo‘limlarini harakatga keltirish
3. Logistik yondashuvni maqsadi nimalarda nomoyon bo‘ladi?
A) moddiy va moliyaviy oqimlarni boshqarish
B) ombor jarayonlarini boshqarish
V) material oqimlarini boshqaruvi
G) hamma javoblar to‘g‘ri
4. Logistikaning asosiy vazifasi qanday?
A) ishlab chiqarish zaxiralarni optimallashtirish
B) yuklarni saqlash va jo‘natish vaqtini qisqartirish
V) material va axborot oqimlarini, nazoratini boshqarib, yo‘naltirib turuvchi tizim
G) zaxiralarni nazorat tizimini axborotlashtirish
5. Logistikani rivojlanishini 1-bosqichi qanday?
A) material ishlab chiqarish zanjirini bir tizimga keltirish
B) ishlab chiqarish va ombor xo‘jaligi faoliyatini birlashtirish
V) transport va ombor xo‘jaligi faoliyatini birlashtirish
G) “Sotuvchi bozori” dan “Oluvchi bozori”ga o‘tish
6. Logistikani asosiy funksiyalarini sanab bering?
A) zaxiralar, i/ch, ta’minot, transport
B) zaxiralar, tashish, xo‘jalik omborlari, ma’lumot, kadrlar
V) sotib olish, qayta ishlash, tayyorlash, ombor, ta’minot
G) xamma javoblar to‘g‘ri
7. Logistikani o‘rganish ob’ekti nimalar?
A) moddiy oqimlar
B) moliyaviy oqimlar
V) axborot oqimlar
G) xamma javob to‘g‘ri
8. Logistik konsepsiyasi deganda nimani taassavur qilasiz?
A) korxona xo‘jalik faoliyatini oqilona boshqarish
B) oqimlar jarayonini xo‘jalik faoliyatini ratsionlashtirish yo‘llari
V) moddiy oqimlarni harakatini optimallashtirish
G) logistikani funksional boshqaruv tizimini qarashlari
Do'stlaringiz bilan baham: |