Variant-35berali. Maykop madaniyatining qizil. baʼzan naqshinkor sopol ilishlari kulolchilik lastgoh.ida tayyorlangan. Xujalikning yetakchi shakli — chorvachilik va dex.krnchilik. Maykop madaniyati qabilalari ibtiloiy jamoa bosqichila yashaganlar. Baʼzi qoʻrgonlardan topilgan qimmatbaqo buyumlar jamiyatda mulkiy tabaqalanish ildiz otganligilan dalolat beradi
35 variant
Ilkpaleolitdavriyodgorliklari
Sarazmmadaniyati
Jarqo‘tonyodgorligi
1
1. Ilk paleolit davri yodgorliklkari. Olduvey - mil av. 2 mln. yil - mil. av. 800/700 ming yilliklar Ashel (ilk, O‘rta va so‘nggi bosqichlari)- mil. av. 800/700-120/100 ming yilliklar Muste - mil. av. 120/100-35/30 ming yilliklar So‘nggi paleolit - mil. av. 35/30-12 ming yilliklar Olduvay davri (2 mln.-700 ming yillar avval) SHarqiy Afrikadan topib o‘rganilgan dastlabki makon nomidan olingan.
Ibtidoiy jamoa kishilari kun kechirishlari uchun o‘zlarining aqliy imkoniyatlari doirasida tabiy unsurlardan foydalanganlar. Ular yashashlari uchun zarur bo‘lgan mehnat qurollari yasashda tosh, yog‘och, suyaklardan foydalanilgan. Ulardan tosh ibtidoiy odamlarning barcha mehnat faoliyatini amalga oshirishdagi asosiy tabiiy unsur hisoblangan. YOg‘och, suyak, shox va teri kabilarga ishlov berish mumkin bo‘lgan. Toshdan mehnat quroli yasash, undan kundalik iste’mol extiyojlarini qondirish, xususan, hayvonlarning go‘shtini nimtalash, tayyorlangan mehnat qurollari asosida barcha turdagi tosh navlari mehnat quroli yasash uchun yaroqli hisoblanmagan. Mehnat quroli yasash uchun quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi zarur: Qattiq bo‘lish, tekis bo‘laklarga ajralish, kesuvchi o‘tkir tig‘ hosil qilish, mahalliy hududning er ustki qatlamida keng tarqalishi.
Bunday xususiyat ko‘proq kremen ( chaqmoqtosh) da mavjud bo‘lib, ibtidoiy odamlar tosh qurollarining asosiy qismini mazkur tosh navidan yasashgan. Kremendan tashqari shag‘al tosh, qayroq tosh, obsidian, kvars, xolsedon va boshqa tosh navlaridan ham foydalanilgan. Kremen ko‘proq EvrOsiyoning shimoliy hududlari uchraydi. Janubiy o‘lkalarda kremen kam uchraydi. SHuning uchun bu hududning qadimgi aholisi qurollarini toshlarning boshqa turlaridan yasashgan.
Insoniyat tomonidan yasalgan tosh qurollarining ilk namunalari SHarqiy Afrikadagi bir necha yodgorliklarning madaniy qatlamlaridan topib o‘rganilgan. Ular eng qadimgisi Efiopiyadagi Vest Gona (2,8-2,4 mln. avval) va Keniyadagi Koobi Fora (2 mln. yil avval) hududidan topib o‘rganilgan. Bu makonlarda paleoantropologik topilmalar aniqlanmagan. Ularning madaniy qatlamlaridan topib o‘rganilgan mehnat qurollarining asosiy qismini vulqon otilishi natijasida hosil bo‘lgan lavalardan yasalgan. Bir necha qurollar kvars va kremenli slansdan yasalgan. Mazkur davrga oid makonlarning muhim namunasi Tanzaniyaning shimolidagi Olduvay makoni hisoblanadi. Olduvay makonida umumiy madaniy qatlamining qalinligi 100 metrdan ortiq bo‘lgan beshta madaniy qatlamlar guruhi aniqlangan. Bu makon madaniy qatlamlaridan topib o‘rganilgan moddiy topilmalarning eng qadimgisi paleolit davrining olduvay bosqichiga oid. Bu erda hayot ashelning barcha boqqichlarida davom etgan. Toshdan yasalgan mehnat qurollari birinchi guruh madaniy qatlarlaridan topib o‘rganilgan. Bu davr tosh qurollari juda sodda va qo‘pol. Bu davr kishilari jismonan mukammal bo‘lmaganligi
Do'stlaringiz bilan baham: |