Variant-26
Arxeologiyaasoslarifaninio‘rganishningahamiyati.
O‘zbekistonningmezolitdavriarxeologiyasi
Tripoli-Kukutenimadaniyati
3.Tripoli-Kukuteni madaniyati?- TRIPOLYE MADANIYATI — eneolit davriga oid arxeologik madaniyat. Kiyev yaqinidagi Tripolye qishlogʻi nomi bilan atalgan. Sharqiy Karpat yoni va Oʻrta Dnepr boʻylarida tarqalgan. Ruminiyada Kukuteni madaniyati deb yuritiladi. Tripolye madaniyati yodgorliklarini 19-a. ning oxirida arxeolog V. V. Xvoyko ochgan. Arxeolog T. S. Passekning davrlashtirishi boʻyicha Tripolye madaniyati 3 ta bosqichga: ilk (mil. av. 4ming yillik), oʻrta (mil. av. 4ming yillik oxiri —3ming yillikning 1yarmi), sunggi (mil. av. 3ming yillikning 2yarmi)ga boʻlinadi. Tripolye madaniyati qishloqlari doyra yoki tuxumsimon shaklda joylashgan boʻlib, markazida qolgan ochiq joy mollar uchun qoʻton vazifasini oʻtagan. Turar joylar koʻndalang toʻsiqlar bilan alohida xonalarga ajratilgan. Xonalardan don yanchayotgan ayol haykalchasi, yorgʻuchoq, bugʻu shoxidan yasalgan motiga (ketmonsimon asbob), yirik xumlar, tandir va b. xoʻjalik anjomlari, naqsh solingan sopol idishlar, mis buyumlar (bolta, toʻrt qirrali bigiz, qarmoq, xanjar) topilgan. Tripolye madaniyati vakillari misni Bolqon ya. odan olib kelishgan. Tripolye madaniyati vakillari, asosan, chorvachilik, dehqonchilik, shuningdek, ovchilik va baliq ovlash bilan shugullangan
Variant-27
O‘zbekistondaarxeologiyafaniningrivojlanishtarixi.
So‘nggipaleolitdavriyodgorliklari
Eneolitdavriumumiytavsifi
2.So‘nggi paleolit davri yodgorliklari?- so‘nggi paleolit davri yodgorliklari muste davriga nisbatan yaxshi o‘rganilmagan. Hozirga qadar aniqlangan yodgorliklarning soni kamchilikni tashkil etadi. Ma'lumki, bu davrda ibtidoiy odamlar yer yuzining tekislik qismida sun'iy qurilgan kulbalarda yashay boshlaydi. U yerdagi makonlarning madaniy qatlami keyinchalik tabiiy hodisalar ta'siri va zamonaviy yer o‘zlashtirish oqibatida buzilib, bizgacha yetib kelmagan yoki saqlanib qolganlari hozircha topilmagan bo‘lishi mumkin.
O‘rta Osiyoning barcha hududidan so‘nggi paleolit davriga oid Obirahmat, Ko‘lbuloq, Samarqand, Siyobcha, Shugnov, Xo‘jag‘or, Yangaja 2, Ko‘kayoz 3 va boshqa yodgorliklar yaxshi o‘rganilgan muhim yodgorliklardir. Toshkent vohasidagi Ko‘lbuloq va Obiraxmat so‘nggi paleolit davrining muhim makonlari hisoblanib, ularning yuqorgi madaniy qatlamlari so‘nggi paleolit davriga oid. Ko‘lbuloq makonining so‘nggi paleolit davriga oid yuqorgi uchta madaniy qatlamidan tosh qurollari, hayvon suyaklari, uchoqlarning izi va kul qoldiqlari topilgan.
Tosh qurollari muste davrining oxiriga oid o‘yiq-tishli shaklda yasalgan. Qurollar majmuasi nukleus, to‘g‘nag‘ich, sanchqi va o‘yiq-tishli qurollardan iborat. Hayvon suyaklari kiyik, ot, yovvoyi qo‘y va giena kabitegishli. Makonning mazkur davrga oid madaniy qatlamlari radiokarbon tekshirish usuliga asosan mil. avv. 24 ming yillik bilan sanalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |