1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligi


-mavzu. So‘nggi podsholiklik davrida Misr davlatining ichki va tashqi siyosati



Download 1,53 Mb.
bet5/80
Sana22.03.2023
Hajmi1,53 Mb.
#920608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi(1)

5-mavzu. So‘nggi podsholiklik davrida Misr davlatining ichki va tashqi siyosati
Reja:

  1. So‘nggi podshohlik davrida iqtisodiy munosabatlar.

  2. Bubastislar sulolasi.

  3. Qadimgi Misr madaniyati va uning xususiyatlari.

  4. Qadimgi Misr sivilizatsiyasi yutuqlari va uni jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi.

Mil. avv. VII asrning o‘rtalarida Sais nomarxlari (Quyi Misr) hukmdorlari Misrni birlashtirishga kirishdilar. Sais shahri Nil deltasining yirik nomlaridan biri edi. Dastlab, Psammetix I (misrcha Psamtik) efioplar sulolasiga qarshi kurashda ossuriyaliklardan foydalanadi. Hatto, Ossuriya podshosi Asarxaddonga ham xizmat qilganligi haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan. Sais nomligida taxminan 665 yildan boshlab Psammetix I hokimlik qiladi. Psammetix I (mil. avv. 655-610-yy) asli liviyalik zodagonlardan edi. U dastlab efioplarga qarshi Ossuriyaning yordamiga tayanadi. Chunki, yangi podsho Ossuriya podshosi Ashshurbanipalning tarafdorlaridan biri edi. Aynan u Misr tarixida 26-sulolaga asos soladi va mamlakatni qaramlikdan olib chiqadi. Mil. avv. 653-yilga kelib, Lidiya podshosining yordamida Misr suverenitetini qayta tiklaydi va Sais shahrini mamlakat poytaxtiga aylantiradi.
Sais sulolasining yorqin vakili fir’avn Nexo II (misrcha Nexao) skiflar hujumidan xavfsirab, parchalanib borayotgan Ossuriyani qutqarib qolishga intildi. Ossur podshosi Ashshur-ubalit II bilan Karxemish shahri yonida birlashishga kelishib oladi. Quddus (Ierusalim) shahridan Yahudiy podshosi Iosiya unga qarshi chiqadi. Ammo, mag‘lubiyatga uchrab halok bo‘ladi. Fir’avn yaxudiylar dushmanlari hisoblangan ossurlarga yordamga ketayotgan edi. Nexo II g‘alaba nashidasini surishga ham vaqti yo‘qligini yaxshi tushungan. Misr-ossur qo‘shini Xarran qal’asini qamal qiladi. So‘ngra u yerdagi Bobil gamizonini qilichdan o‘tkazadilar. Bu orada Nexo II sobiq isyonchi Quddus shahrini qayta egallaydi hamda podsho Iosiyaning o‘g‘li Ioaxazni Misrga asirlikka olib ketadi.
Misrliklar Yangi Bobil podsholigi bilan raqobatlashib Falastin va Suriyani Misr ta’siriga olishga harakat qiladi. Mil. avv. 605-yilda Bobil podshosi Navoxudonosor II Misrdan Suriya va Falastinni tortib oladi. Endi Yahudiya yangi bosqichilarga qaram bo‘lib qoldi. O‘z navbatida Misr Yahudiyani Bobilga qarshi kurashda qo‘llab turdi. Aslida Misr kuchayib borayotgan Bobilga nisbatan Yahudiyadan qalqon hudud (bufer zona) sifatida foydalanmoqchi bo‘ldi. Keyingi fir’avn Apriy Sidon shahri (Finikiya) flotini jangda yengadi. Misr yahudiylarni Bobilga gij-gijlash maqsadida (mil. avv. 586-yilda) Quddus tomon o‘z qo'shinini yuboradi. Ammo Bobil tomonidan qat’iy choralar ko‘rilgach, o‘z askarlarini qaytarib chaqirib oladi. Misr kuchayib ketgan Bobilga qarshi chiqa olmaydi.
Ushbu sulola davrida Misr, o‘z qudratini nisbatan oxirgi marta tiklashga muvaffaq bo‘ladi. Ichki urushlar va ossurlarning talonchiligidan charchagan Misr o‘z sarhadlarini qo‘shni davlatlardan himoya qilish uchun kerak bo‘lgan katta qo‘shinni doimiy ta’minlay olmaydigan davlatga aylandi. Shuning uchun misrliklar yunonlardan askarlar yollay boshladilar. Psammetix I davridayoq yunonlar Misrga (asosan Nil deltasiga) kirib kela boshlagan edi. Hatto mashhur tarixchi Gerodot yunon savdogarlari, yollanma askarlarining Misrga kirib borganligi to‘g‘risida fikr bildirgan. Nil deltasida yunonlaming Navkratis savdo koloniyalari tuzilib, tez sur’atlarda o‘sib borgan. Natijada yunon madaniyati ta ’siri kuchayadi.
Sais sulolasi fir’avnlari ichki siyosat sohasida liviyalik harbiy aslzodalar, Misr kohinlari va yunon savdogarlari bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yadilar. Ular Misrning nufuzli kohinlariga qarshi, shuningdek, mustaqillikka ega bo‘lishni da’vo qilib kelayotgan ko‘p hokimlarga qarshi kurash olib bordilar.
Fir’avnlar Uaxibra va Yaxmos II (yunoncha Amasis) lar asosan Misrning ichki iqtisodiy qudratini oshirishga intildilar. Misrliklar yunonlarga madaniyatning ayrim sohalarida taqlid qilganligi tarixdan ma’lum. O‘z navbatida Misr aholisi o‘rtasida norozilik kuchayib bordi. Fir’avn Yaxmos II yunonlar bilan do‘stona munosabatda bo'lib, ulardan ko‘mak ola boshladi. Bu ma’lumot Bobil mixxat yozuvlarining birida o‘z aksi topgan. Ammo bu davr Misr davlati erkinligining oxiri edi. Bu vaqtda yangi tashkil topgan Eron saltanati chegaralari Misrga qadar yetib kelgan edi. Fir’avn Amazis podsholigi yillarida (mil. avv. 570-526-yy) Misrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat og‘ir holatda edi. Ahamoniylar shohi Kambiz II mil. avv. 525- yilda Misrga bostirib keladi va Pelusiya yonidagi jangda Misr qo‘shinini (asosan yunon yollanma askarlari)mag‘lubiyatga uchratadi. So'ngra misrliklar Memfis shahri tomon chekinadilar va tez orada qamalda qolib, yengiladilar. Fir’avn Psammetix III hokimiyatdan chetlatilib, Kambiz II Misr fir’avni sifatida taxtga keladi. Gerodotning ta ’kidlashicha, fors elchisini o‘ldirilishi evaziga fir’avnni o‘g‘li va 2000 ga yaqin misrlik yosh zodagonlar qatl etiladi. Kambiz II 27-sulolaga asos soladi. Shu tariqa, Misr, Ahamoniylaming satrapliklaridan biriga aylanadi.
Qadimgi Misr madaniyati. Mil. avv. IV mingyillikda Qadimgi Misr aholisi Nil qirg‘olarini o'zlashtirish paytida qaysi tilda so‘zlashganliklari hozirga qadar olimlar orasida munozarali fikrlarga sababchi bo‘lmoqda. G‘arb mutaxasislarini fikricha qadimgi misrliklarning ilk so'zlashgan tillari afro-osiyo tiliga (yoki chad xalqlari tiliga) yaqinligi ta’kidlanib o‘tadi. Keyinchalik boshqa etnoslarning Misrga kirib kelishi natijasida mahalliy til yanada boyib va sayqallanib bo’lgan. Ilk podsholik davriga qadar misrliklar ieroglif yozuvini ixtiro qilganlar. Har doimgidek ilk ieroglif yozuvlar diniy timsol va mulkiy tabaqalanishni belgilovchi omil bo‘lib xizmat qilgan. Har bir ieroglif ma’lum bir so‘z yoki ma’noni anglatar edi. lerogliflar soni masalasida hozirga qadar taniqli olimlar munozarali fikrlar bildirmoqdalar, lekin doimiy ishlatiladigan yozuvlar va belgilarning soni 750 taga yaqinligi ta’kidlanadi. Qadimgi Misrda maktablar (mirzolar maktabi) bo‘lib, u yerda tarbiyaviy va ta’lim intizomiga katta e’tibor berilgan. Tartibni buzgan, yalqov o‘quvchilar hatto tan jazosi bilan ham jazolanar edi. Maktablarda o‘quvchilar asosan ierogliflami sopol sathiga va papirusga yozib o‘rganishgan. Misrda o‘rta va oliy maktablar bo‘lib, bunday ta’lim maskanlarida fir’avnlar, zodagonlar, kohinlar va moliyaviy imkoniyati bor barcha kishilarning farzandlari tahsil olganlar. Ilk bor qadimgi Misr ierogliflarini fransuz olimi J. F. Shampalyon 1822-yilda o‘qishga muvaffaq bo‘ladi. Ierogliflarda xo‘jalik ishlari qaydnomalari, savdo-sotiq bitimlari, mamlakat tarixi, siyosiy kelishuvlarda keng foydalanilgan. Misrliklar yozuvida 1 sonidan tortib, millionni bildiruvchi alohida belgilar ham bor edi. Bu esa o‘z navbatida matematik bilimlar yuqori darajada o‘qitilganini bildirgan. O‘lchov birligi sifatida podsho “barmoqi”, “kafti” va “tirsaki” umum davlat standarti vazifasini bajargan.
Shu bilan birga qadimgi Misr adabiyotida ham ierogliflaming ahamiyati katta edi. Bunda turli xil janrdagi tasviriy san’at usullari keng qo‘llanilgan. Qadimgi podsholik davrida dafn marosimlarida va diniy madhiyalarni yozib qoldirilganligi yuqoridagi fikrimizga dalil bo‘la oladi. xattotlar katta mahorat bilan bo‘lib o‘tgan marosimlami tasvirlashga harakat qilganlar. Ammo qadimgi Misrliklarning 1% gina savodli bo‘lib, qolganlari dehqonlar, hunarmandlar va doimo xattotlar xizmatiga muhtoj bo’lgan savdogarlardan iborat edi. Shuning uchun xattotlik kasbini egallash muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Xattotlar asosan qamishdan yasalgan qalam bilan papirusga ierogliflami yozishganlar. Ular asosan kohinlar tomonidan ibodatxonalarda o‘qishga va yozishga o‘rgatilgan. Shu bilan birga mohir xattotlar fir’avnlarning harbiy yurishlarini saroy va ibodatxonalar tosh devorlarida tasvirlab chizishganlar. Qadimgi Misr adabiyotining yorqin namunalaridan “Podsho Xeops saroyi haqida ertak” , “Gapga chechan dehqon”, “Aka-uka haqida ertak”, “Unu-Amonning sayohati ”, “Ajali yetgan shahzoda haqida ertak” va boshqalar misol bo‘la oladi.
Qadimgi Misrda ibodatxonalarda dastlabki teatr ko‘rinishidagi diniy dramalar qo‘yilgan. Misrliklar musiqa va raqs sa’atidan xabardor xalq hisoblanadi. Qadimiy devoriy suratlarda torli musiqa asboblaridan tashqari nay, urib chalinadigan do’mbira va boshqalar tasvirlangan.
Qadimgi Misr arxitekturasini Gizadagi mahobatli ehromlarsiz tasavur qilish qiyin. Shu bilan birga Karnak va Luksordagi ulkan ibodatxonalar kishilarni e’tiborini tortadi. Amarnadagi saroylar xarobalari qadimda Misr fir’avnlarining qudratidan dalolat beradi. Misr fir’avnlari ko‘kka bo‘y cho‘zgan baland monolit (yaxlit tosh) obelisklami ham toshdan yasatganlar. Misr arxitektorlari oddiy mehnat qurollar yordamida toshdan ulug‘vor binolarni qurganlar.
Haykaltaroshlik qadimgi Misrda san’at darajasiga ko‘tarilib, haykallar asosan ohaktosh va granitdan yasalgan. Ilohlar va fir’avnlar tasviriga alohida e’tibor berilgan. Qadimgi Misr xudolari va fir’avnlarning ulkan tosh haykallar aholi ko‘rishi uchun tashqariga joylashtirilgan. Misol uchun fir’avnlar Amenemxet III, Tutmos III, Amenxotep IV, Tutanxamon, Ramzes II va boshqalarning ulug‘vor haykallari ayniqsa e’tiborga loyiq.
Qadimgi misrliklar turli xil ilohlarga sig‘inganlar. Ularning dinida ko‘p xudolik alohida ahamiyatga ega edi. Masalan: Ptax ilohi yaratuvchi timsolida gavdalangan, unga Yuqori va Quyi Misrda ham ibodat qilganlar. Ra - quyosh xudosi, Osiris-hosildorlik va marhumlar dunyosida sudyalik qiluvchi xudo, Isida-onalik ilohasi, Set-urush va o‘lim xudosi, Anubis-marhumlar xudosi, Tot-donolik va oy xudosi, Xor-tog‘lar va osmon xudosi, Bastet-go‘zallik va xursandchilik ilohasi, Maat-adolat va haqiqat ilohasi, Montu-urush xudosi, Sebek – daryolar va ko‘llar xudosi, Seshat-yozuv, hisob-kitob va xotira ilohasi, Xapi-Nil xudosi va boshqalar. Umumiy hisob bilan qadimgi Misr tarixida mingga yaqin xudolari bo‘gan. Qadimgi Misrda o‘z xudolarini yarim inson va yarim hayvon qiyofasida tasvirlaganlar va inson o‘limidan keyin uning boqiy ruhi mavjud deb hisoblaganlar. Fir’avnlami ko‘mishdan oldin uning tanasi kohinlar tomonidan mumiyolangan. Bu jarayoni 70 kun davom etgan. Mumiyolash orqali fir’avn tanasini saqlab, tosh tobut “sarkofag” ga qo‘yishgan. Qadimgi misrliklarning tasavvurida har-bir inson “Ka” deb nomlangan ilohiy quvvatga ega bo‘lib, o‘limidan keyin ushbu quvvat yashashni davom ettirishiga ishonganlar.
Qadimgi Misrda ilm fan taraqqiy etgan bo'lib, ayniqsa geografiya, geometriya, matematika, astranomiya, tibbiyot va boshqalar. Masalan: Geliopolis va keyinchalik Sais shaharlarida kohin tabiblami tayyorlaydigan ta’lim dargohlari bor edi. Ular bemorlami davolashda hatto jarrohlik amaliyotidan ham foydalanishni bilganlar. Chunki Misrlik kohin tabiblar mumiyolash jarayonini yaxshi bilgani uchun, inson a’zolarining ichki tuzilishidan xabarlari bo‘lgan. Shu bilan birga shifobaxsh o‘simliklar yordamida odamlami davolay olganlar.
Qadimgi Misrliklar quyosh kalendariga ham ega edilar. Unga ko‘ra bir yil 365 kunga teng bo‘lgan, bir oy esa 30 kunni tashkil qilgan. Qolgan besh kun bayram sifatida nishonlangan. Astronomiya bilan asosan kohinlar shug‘ullanganlar. Kunduzi quyoshni soyasiga qarab soatni aniqlashgan. Tunda esa vaqtni aniqlash uchun suv soatlardan foydalanganlar. Umuman qadimgi Misr madaniyati, insoniyat sivilizatsiyasini rivojlanishida ijobiy rol o‘ynagan.


Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish