ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ЮРИДИК УНИВЕРСИТЕТИ ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН ФИЛИАЛИ
1-курс талабалари учун
Модуль номи: Kontitutsiyaviy huquq asoslari
Иш тури: Оралиқ назорат
Ўтказилган сана: ____._____. 2020 й.
Сизнинг жавобингиз қуйидаги баҳолаш мезонлари асосида баҳоланади (оралиқ назорати бир мартадан ортиқ ўтказилганда, умумий балл тегишли сонга бўлинади):
|
Муаммоли масаланинг моҳияти тўғри тушунилганлиги ва жавобнинг тўлиқлиги ҳамда масала мазмунига мос келиши
|
0
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
|
Мустақил фикрлар, назарий қоидалар, олимларнинг илмий қарашлари ҳамда ҳуқуқни қўллаш амалиётидаги мисоллар асосида ижодий баён қилинганлиги
|
0
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
|
Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар нормаларидан фойдаланилганлиги, уларнинг тўғри қўлланилганлиги ва шарҳланганлиги
|
0
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
|
Грамматик, орфографик ва стилистик хатоларнинг мавжуд эмаслиги
|
0
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Мустақил иш бўйича қўшимча тақриз:
Текширувчи имзоси:___________
_______________________ __________
Талабанинг Ф.И.О. Курс
Модул номи: Kontitutsiyaviy huquq asoslari
_________________
Талабанинг имзоси Қабул қилувчининг Ф.И.О. ва имзоси _______________________
1-Kazus
2019 – yil noyabrda fuqaro B.Salimov saylov uchastkasiga murojat qilib o’zini saylovchilar ro’yxatiga kiritib qo’yishini so’raydi. Uchastka raisi unga aniq saylovchilar miqdori bor ekanligini, saylovchilar ro’yxatga olingan vaqtda u yashash joyida bo’lmaganligi tufayli kiritilmaganligini ta’kidlaydi. O’z navbatida, B.Salimov bir kun avval O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo’lganligini va barcha fuqarolar kabi saylovda ishtirok etish huquqiga egaligini aytib o’tdi. Saylov uchastkasi raisi B.Salimov bildirgan vajlarga e’tibor qaratmasdan, ro’yxatga olish jarayoni yakunlanganligini va ro’yxat yuqori turuvchi komissiyaga taqdim etilganligini ma’lum qildi. B.Salimov yuzaga kelgan holat bo’yicha jinoyat ishlari bo’yicha tuman sudiga shikoyat arizasi bilan murojat qildi.
Vaziyatga huquqiy baho bering
Saylovchilar ro’yxatini shakllantirish tartibini qonun hujjatlari asosida yoriting.
Uchastka saylov komissiyasi raisining xarakatlari to’g’rimi?
Fikringizni huquqiy asoslantiring.
Barchamizga ma’lumki, milliy qonunchiligimiz talablariga muvofiq, demokratik saylovlar o‘tkazish bo‘yicha to‘plangan boy milliy tajribamizga asoslangan holda xalqaro huquq normalari va standartlari talablariga hamohang tarzda tashkil etish, eng asosiysi saylovlar jarayonida har bir fuqaroga, saylovchiga o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishi uchun shart-sharoit va imkoniyat yaratib berish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. iO‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 9-moddasiga binoan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun bir yuz ellikta hududiy saylov okrugi tuzilishi, har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanishi belgilangan. Mazkur saylov okruglarining chegaralari esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ma’muriy-hududiy tuzilishi inobatga olingan holda, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng holda belgilanishi, o‘z navbatida saylov okruglaridagi saylovchilar sonining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p chetga chiqishi, ya’ni bir biridan farqi o‘n foizdan oshmasligi kerakligi qoida tariqasida belgilangan.
Saylov okruglarining ro‘yxatlari ularning chegaralari, saylovchilar soni va okrug saylov komissiyalarining joylashgan yeri ko‘rsatilgan holda saylovdan kamida yetmish besh kun oldin saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilinishi lozim.
Yuqoridagilarga muvofiq, iiO‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 2019 yil 7 oktabrdagi yig‘ilishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining taqdimnomasiga binoan Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun bir yuz ellikta hududiy saylov okrugi tuzish haqida qaror qabul qildi. Saylov okruglarining ro‘yxatlari ularning chegaralari, saylovchilar soni va okrug saylov komissiyalarining joylashgan yeri ko‘rsatilgan mazkur qaror Markaziy saylov komissiyasining “Veb sayti”da, “Xalq so‘zi” va “Norodnoe slovo” gazetalarida hamda barcha ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi. Shuningdek, Saylov kodeksining ushbu moddasiga muvofiq, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazish uchun — oltmishtadan ko‘p bo‘lmagan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazish uchun — o‘ttiztadan ko‘p bo‘lmagan saylov okrugi tuzilishi lozim. Ushbu normalar doirasida mahalliy Kengashlarga saylov o‘tkazish uchun saylov okruglari soni tegishli mahalliy Kengash tomonidan aholi, saylovchilar soni, hudud va boshqa mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda belgilanishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 21-moddasiga binoan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, mahalliy Kengashlarga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyasi esa tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va olti — sakkiz nafar komissiya a’zosidan, jami to‘qqiz nafardan o‘n bir nafarga qadar tarkibda tuzilishi belgilangan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar jamoatchilikning obro‘-e’tiborli vakillari orasidan tanlanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinib, undan so‘ng Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlash uchun tavsiya etilishi lozim.
O‘z navbatida, qonunga muvofiq xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalarining a’zolari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining tavsiyasiga binoan viloyat saylov komissiyasi tomonidan, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalarining a’zolari fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tavsiyasiga binoan tegishli tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yuqoridagilarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 2019 yil 11 oktabrdagi yig‘ilishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasiga asosan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalarini tuzdi va ularning to‘qqiz nafardan o‘n bir nafargacha bo‘lgan a’zolarini, shu jumladan rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tasdiqlash haqida qaror qabul qildi. Mazkur qaror Markaziy saylov komissiyasining “Veb sayti”da hamda mahalliy matbuotda e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 22-moddasiga binoan, okrug saylov komissiyalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Saylov okrugi hududida saylov kampaniyasi davrida O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining ijrosi ustidan nazorat qilish;
Saylovga kamida oltmish kun qolguniga qadar, saylovchilar soni kamida yigirma nafardan va ko‘pi bilan uch ming nafardan oshmagan holda saylov uchastkalarini tuzish va okrug bo‘yicha ularning tartib raqamini belgilash, manzilini ko‘rsatgan holda ularning ro‘yxatini matbuotda e’lon qilish orqali saylov uchastkalarining joylashgan yeri haqida saylovchilarni xabardor etish;
Xalq deputatlari tuman, shahar kengashlarining tavsiyasiga asosan uchastka saylov komissiyalarini tuzish, ularning tarkibini tasdiqlash va bu haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish hamda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlarda uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Deputatlikka nomzodlar saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni ta’minlash, ularning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga ko‘maklashish, ishonchli vakillarini ro‘yxatga olish va tegishli guvohnomalar berish;
Siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotini eshitish;
Saylovchilar ro‘yxatlarining tuzilishini va ularning hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib borish;
Saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash va ularni tegishlicha Markaziy saylov komissiyasiga, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalariga taqdim etish kabi vazifalari mavjud. Fuqaro B.Salimovga kelsak, Konstitutsiyamizda kafolatlangan dalillarga asoslangan holdaiii Saylov huquqi — 1) davlat boshligʻi, vakillik organlari va boshqa ni saylash tartibini belgilab beruvchi huquqiy normalar yigʻindisi. Konstitutsiyaviy huquq tarkibiga kiradi. Saylov huquqi, odatda, konstitutsiya va saylov to'g'risidagi maxsus qonunlar bilan belgilanadi. Ularda nomzodlar koʻrsatish tartibi, vakillik normalari, ovoz berish natijalarini aniqlash tartibi va boshqa belgilab beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida Saylov huquqi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlar va boshqa hujjatlarda oʻz ifodasini topgan. Fuqaroning saylovda ovoz berishda ishtirok etish, saylash huquqi (faol Saylov huquqi) va saylov asosida tashkil etiladigan davlat hokimiyati va fuqarolarning oʻzini uzi boshqarish organlariga saylanish huquki (passiv Saylov huquqi). Oʻzbekistonda fuqarolarning faol S.h umumiy, teng , toʻgʻridan toʻgʻri va yashirin ovoz berish prinsiplari asosida amalga oshirilishi belgilangan. Oʻzbekistonda saylash huquqiga OʻzR Konstitutsiyasining 117-moddasi 2-bandiga binoan, 18 yoshga yetgan barcha Oʻzbekiston fuqarolari egadirlar. Bu umumiy ovoz berish huquqi hisoblanadi. Teng saylov huquqida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, maʼlumoti, mashgʻulotining turi va xususiyatidan qatʼi nazar, teng ovoz berishda ishtirok etishi tushuniladi. Toʻgʻridan toʻgʻri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining saylovda shaxsan oʻzi ishtirok etib, biron bir shaxsning koʻrsatmasisiz oʻz xohish irodasini ifoda etib ovoz berishi taʼminlanadi. Yashirin ovoz berish Saylov huquqida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining saylovda ovoz berayotganda boshqa biron bir shaxsning ishtirokisiz oʻz xohishini yashirin bildirish imkoniyati taʼminlanishi tushuniladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni ta’kidlash joizki, fuqaro B.Salimovning arizasi asossizdir. Chunki bu holatda fuqaroga nisbatan saylov uchastkasi raisi qonunda belgilangan tartibda ish olib borgan. Mening fikrimcha, har birimiz huquqiy ongimizni rivojlantirib borsak bunday tushunmovchiliklar kelib chiqmaydi.
i O’zbekiston Respublikas Saylov kodeksi
ii www.lex.uz
iii OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi (O’zRes 25.06.2019 y. O’RQ-544-sonli qonuni bilan tasdiqlangan)
2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
3. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi ( Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil)
4. www.lex.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |