1 kurs talabalar uchun o’quv darslik (mа’ruzа mаtnlаri) Mualif: Musayeva O



Download 27,16 Mb.
bet19/232
Sana08.08.2021
Hajmi27,16 Mb.
#142204
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   232
Bog'liq
Informatika MIG-1 maruza matnlari

3. Dasturlar turlari.

       Kompyuterda har xil turdagi ma’lumotlar saqlanadi. Ular bilan ishlash uchun biz har xil maxsus dasturlar bilan foydalanishimiz zarur, chunki kompyuter o‘zi xech qanaqa harakatlar bajarmaydi u faqat bizning buyruqlarimizni va ko‘rsatmalarimizni bajaradi. Buyruqlar va ko‘rsatmalar ketmaketligi esa dastur deb nomlanadi (dastur tushunchasi yukoridagi mavzularda utilgan). Dasturlar 3 turga bo‘linadi:

      

1) SISTEMA DASTURLAR TURI. Sistema dasturlar bu kompyuter ishini boshqaruvchi va har xil yordamchi amallarni bajaruvchi dasturlar.

       Masalan: fayllar ustidan har xil amallar bajarish (qayta nomlash, yaratish, uchirish, nusxasini olish, hajmini uzgartirish), diksni tozalash va tekshirish, kompyuterni sozlash ( tashqi qurilmalar ishini boshqarish). Sistema dasturlar ichida 4 dasturlar guruxlari ajratilib turadi. Bo‘lar: operatsion tizimlar (sistemalar), utilita dasturlar, drayver dasturlar va dastur koplamalar.

       Shulardan operatsion sistemalar dasturlar guruxi juda katta ahamiyatga ega. Bu dasturlar kompyuter ishini boshqaradi, har xil dasturlarni kompyuter xotirasiga yo‘qlaydi va bajaradi, fayllar, kataloglar va disklar ustidan har xil amallarni bajaradi. Hamma dasturlar shu operatsion sistema dasturning imkoniyatlaridan foydalanadi va shuning uchun hamma dasturlar faqat shu dastur orqali ishga tushadi. Yeng taniqli operatsion sistemalar: MS-DOS va Windows (Microsoft korporatsiya) dunyodagi kompyuterlarning 75-80%, Makintosh (Apple firmasi) dunyodagi kompyuterlarning 5-10%, Linux va Unix dunyodagi kompyuterlarning 10-15%. MS-DOS operatsion tizimi bilan biz keyin yakinrok tanishamiz.

       Utilita-dasturlar bu operatsion sistemani imkoniyatlarini kuchaytiruvchi dasturlar. Masalan: disklar ustidan har xil amallarni bajaruvchi dasturlar, kompyuter ishini tezlashtiruvchi dasturlar, malumotlar hajmini uzgaruvchi dasturlar, viruslarni aniqlovchi dasturlar va hokazo

       Boshqa ko‘p tarqalgan sistema dasturlardan biri bu drayver dasturlari va dastur-koplamalar. Drayverlar-dasturlar bu operatsion sistemaga tashqi va ichki qurilmalar bilan ishlashda kulayliklar yaratuvchi dasturlar. Bu dasturlar asosan shu qurilmalar chiqaruvchi firmalarda yaratiladi va qurilmalar bilan birga tarqalinadi. Masalan: monitorlar drayverlari, SD-ROM lar drayverlari va hokazo. Dastur koplamalar bu operatsion sistemaning imkoniyatlardan chiroliy va kulay holda foydalanishni taminlovchi dasturlar. Shulardan eng taniqliysi bu NORTON COMMANDER dasturi, bu dastur bilan biz 4-bobda tanishamiz.

       2) AMALIY (prikladnыe) DASTURLAR TURI. Amaliy dasturlar bu ma’lumotlar bilan ish jarayonida foydalanadigan dasturlar.

       Masalan: matn ma’lumotlarni yaratish va taxrirlash, rasm va tasvir ma’lumotlarni yaratish yoki uzgartirish, malumotlar ombori bilan ishlash, musiqa va video ma’lumotlarni kurib chikish va taxrirlash.

       Amaliy dasturlar foydalangan ma’lumotlar turiga kura guruxlanadi: matn muharrirlari (Word, Lexicon, WD, Notepad, Write va hokazo), rasm va tasvir muharirlari, rasm va tasvirlarni ko‘rsatuvchi dasturlar (Corel, Adobe Photoshop, Imaging, ACDSee, Paint vahokazo), musiqa va video muharrirlari, musiqa va video ko‘rsatuvchi dasturlar (Adobe Premier, Winamp, universal proigrovatel va hokazo), jadvallar muharriri (Lotus, Excel va hokazo), ma’lumotlar ombori bilan ishlovchi dasturlar (Access, Dbase, FoxPro va hokazo), uyin dasturlari, urgatuvchi dasturlar, bugalteriya va moliya dasturlar, va boshqalar.

       3) INSTRUMENTAL DASTURLAR TURI. Instumental dasturlar bu yangi dasturlar yaratuvchi dasturlar sistemalari.

       Instrumental dasturlaga maxsus dasturlash tillari bilan ishlaydigan dasturlar sistemalari kiradi. Ular dasturlash tiliga ko‘ra farqlanadi: S, Basic, C++, Delphi, va boshqalar. Bu dasturlar sistemalar o‘ziga bir nechta dasturni jamlagan bo‘lib bo‘lar: dasturlash tili muharriri, translyator, komplyator va boshqa yordamchi dasturlar.

       Bundan tashqari hamma dasturlar pullik, bepul va qisman pullik bo‘lishi munkin. Masalan: drayverlar asosan bepul yoki qisman pullik bo‘ladi, mashxur bo‘lmagan firmalar dasturlari ham bepul yeki qisman pullik bo‘ladi, taniqli firmaning maxsuloti esa pullik. Bepul dasturlar asosan imkoniyatlari qisqartirilgan holda bo‘ladi.

       Oxirga paytlar pirat nusxa dasturlari ham juda ko‘p tarqalgan. Shuning uchun dasturlarni pirat va original nusxa turlariga bo‘lish ham mumkin. Pirat dasturi original dasturga karaganda juda arzon bo‘ladi, lekin bu dasturlarga xech qanday kafolat berilmaydi. Shuning uchun katta firma va korxonalar, banklar va davlat idoralari faqat original dasturlardan foydalanadi.

       Har bitta dastur o‘zining nomeriga ega. Bu nomer versiya deb nomlanadi. Versiyalar asosan raqamlar bilan qo‘yiladi va oxirgi paytlarda, dastur chiqqan yili bo‘yicha qo‘yiladi. Masalan Windows 95 yeki Windows 98 yeki Windows 2000. Har bitta yangi versiyali dastur , oldingi versiyalardan qulayliklar va imkoniyatlari ko‘p bo‘lgani bilan yoki kompyuterga talablari o‘zgargani bilan farqlanadi.



Download 27,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish