5A130101-Matematika (yo’nalishlar bo’yicha) mutaxassisligi 1-kurs magistri Chorshanbiyev Anvar Allaberdi o’g’lining o’quv-uslubiy,ilmiy-tadqiqot, pedagogik faoliyati hamda dissertatsiyani tayyorlash bo’yicha kalendar ish rejasida mo’ljallangan ishlar bo’yicha 2022- yil mart oyida amalga oshirgan ilmiy ishlari yuzasidan
HISOBOTI
Talabaning o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, pedagogik va malakaviy amaliyot faoliyati bo’yicha.
O’quv va o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha.
Ilmiy rahbarim f.-m. f.d professor A.Y.Narmanov bilan birgalikda ikki yil mobaynidagi qilishim kerak bo’lgan ishlarni sarhisob qildik hamda kalendar ish rejasini tuzdik.
Mart oyida kafedra seminarlarida qatnashib o’zim uchun kerakli va qiziqarli bo’lgan ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldim. Shuningdek ko’plab professor o’qituvchilarning ma’ruzalarida qatnashdim.
2- semestrda o’tiladigan fanlar “Ilmiy seminar” (60soat), “Qatlamlar nazariyasi” (150 soat), “Topologiyaning tanlangan boblari” (150 soat) , “Invariantlar nazariyasi va uning tadbiqlari” (150 soat). Ushbu fanlardan ma’ruza va seminarlar olib boradigan akademik, professor-o’qituvchilardan mustaqil ta’limda bajariladigan ishlar yuzasidan maslahatlar oldim.
Ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha.
Dissertatsiyasi mavzusini tanlab, menga ilmiy rahbar professor A.Y.Narmanov bilan maslahatlashdim, dissertatsiya yuzasidan tegishli dastlabki topshiriqlarni oldim.
Amaliyotga bog’liq Davlat Ta’lim Standartlari bilan tanishib chiqdim. Namunaviy o’quv dasturlarini ko’rib chiqmoqdaman.
Ilmiy rahbarim f.-m. f.d., professor A.Y.Narmanov tomonidan kafedra ilmiy seminarlarida va fakultet miqyosida o’tkaziladigan seminarlarda faol ishtirok etish, mavzuyim bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar bilan seminar yig’ilishlarida qatnashish yuzasidan topshiriqlar va ko’rsatmalar oldim.
Ilmiy-pedagogik ishlar bo’yicha.
O’quv jarayonini tashkil qilishga oid me’yoriy hujjatlar bilan tanisha boshladim. Ilmiy rahbarim f.-m.f.d., professor A.Y.Narmanovning tavsiyalariga asosan bu me’yoriy hujjatlardan amaliyotda qo’llash prinsiplarini o’rgana boshladim.
II-semestr davomida kafedraning yetakchi professor-o’qituvchilarining ma’ruza mashg’ulotlarida, o’tkaziladigan seminar va amaliy mashg’ulotlarida qatnashish, ularning mashg’ulot o’tkazish tajribalarini o’rganish va ishtirok etgan mashg’ulotlarim bo’yicha tahliliy ma’lumot tayyorlab, ilmiy rahbarim nazoratidan o’tkazishni rejalashtirdim.
Shu davr mobaynida quyidagi darslarni kuzatdim va o’rgandim:
1. 4.03.2022 sanada professor A.Y.Narmanovning 2-kurs bakalavr matematika yo’nalishiga “Egri chiziq egriligi va buralishi, ularni hisoblash” mavzusidagi ma’ruzasida qatnashdim.
2. 5.03.2022 sanada kafedra o’qituvchisi PhD S.Saitovaning 4-kurs bakalavr matematika yo’nalishiga “Tangent vector, space, fibration” mavzusidagi ma’ruzasida qatnashdim.
3. 10.03.2022 sanada kafedra seminarida 1-kurs doktorant Badrutdinova Rezidaning “Некоторые кардиналные свойства пространства полуаддитивна функционалов с конечными носителями” mavzusidagi ma’ruzasida qatnashdim.
4. 11.03.2022 sanada professor A.Y.Narmanovning 2-kurs bakalavr matematika yo’nalishiga “Sirt tushunchasi va uning berilish usullari” mavzusidagi ma’ruzasida qatnashdim.
5. 18.03.2022 sanada professor A.Y.Narmanovning 2-kurs bakalavr matematika yo’nalishiga “Sirtning urinma tekisligi va normali tenglamasi” mavzusidagi ma’ruzasida qatnashdim.
6. 25.03.2022 sanada professor A.Y.Narmanovning 2-kurs bakalavr matematika yo’nalishiga “Sirtning ikkinchi kvadratik formasi. Mene formulasi” mavzusidagi ma’ruzasida qatnashdim.
Magistrlik dissertatsiyasini bajarish bo’yicha
Tadqiqot o’tkazishga tayyorgarlik bo’yicha.
Shaxsiy kalendar ish rejasida ko’rsatilgandek magistrlik dissertatsiyasining 1-bobi qanday yozish yuzasidan ko’rsatmalar va tavsiyalarni oldim.
Shu davr mobaynida mavzuyim yuzasidan olgan bilimlarim, mavzuyimga oid tushunchalar keltirilgan adabiyotlar va maqolalar:
A.Y.Narmanov “Differensial geometriya”,
A.Y.Narmanov “ Analitik geometriya”
М.А.Красносельский, А.И.Перов, А.И.Поволоцкий, П.П.Забрейко “Векторные поля на плоскости”
kitoblarini o’rgandim.
Ushbu hisobot shaxsiy kalendar ish rejasi loyihasida ko’rsatilgan ma’lumotlar asosida tayyorlandi.
__________2022 yil.
Magistratura talabasi: _________ A.A.Chorshanbiyev
Hisobot bilan tanishib chiqdim f.m.f.d professor
Ilmiy rahbar: ________ A.Y.Narmanov
Do'stlaringiz bilan baham: |