1-kurs Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha Ta’lim sohasi


Markaziy Osiyoga rus istilosining boshlanish sabablari



Download 0,68 Mb.
bet24/33
Sana31.12.2021
Hajmi0,68 Mb.
#223497
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
Номад -2020 ЎУМ - Алимова Р

Markaziy Osiyoga rus istilosining boshlanish sabablari. XVI asrning o‘rtalariga kelib Rossiyaning O‘rta Osiyoni bilishga bo‘lgan qiziqishi ortib borgan. Rossiya shimolda Boltiq dengiziga, janubda Hind dengiziga chiqishni maqsad qilib olgan. Shu maqsadni amalga oshirish uchun avvalom bor markaziy Osiyo hududi va aholisini, u yerga borishning eng qulay yo‘llarini topishi lozim edi. Ayniqsa, Rossiyada tekstil sanoatining rivojlanishi va unga xom ashyoning mahsulotlarining yetishmasligi, uni faqat O‘rta Osiyoning arzon paxtasi bilan ta’minlash istagi ularning O‘rta Osiyoga kirib kelishini tezlashtirib yuborgan. Mazkur maqsad yo‘lida Rossiya Angliyaning savdo kompaniyasi vakili A.Jenkinson xizmatidan ham foydalangan edi. XVII-XVIII asrda rus ekspedisiyalari soni ortib boradi.Rossiya davlati Qozoq yerlari hisobiga o‘z hududlarini kengaytirib borgan. Bunda asosan qozoq aholisining o‘zi ular uchun sharoit yaratib bergan. Ya’ni Qozoq juzlari Jung‘orlarning hujumlaridan o‘zlarini himoya qilishni so‘rab Rossiya davlatiga murojaat qiladi. Rossiya esa bunday holatdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib foladi. Qozoqlarning rus vassalligiga o‘tishlarini istab qilgan murojaatlarini iltifotsiz qoldirmaydi. Qozoq juzlari 1731 , 1734 yillardan boshlab birin-ketib Rossiyaning vassaliga aylana boshlaydi. Demak, ruslar hech qanday yarshiliksiz Qozoq yerlariga surulib kirib keladilar. Oxir oqibatda qozoqlar o‘z yerlarida erkin poda boqa olmay qoladilar. Natijada ular o‘z mustaqilliklarini talab qilib chiqa boshlaydilar.

XIX asr o‘rtalarida jahonning yirik davlatlari o‘rtasida yangi mustamlakalar uchun kurash qizib ketgan davrda Chor Rossiyasi ham bu kurashdan chetda qolmadi. Shu jihatdan XIX asr o‘rtalarida Angliya va Rossiyaning manfaatlari Turkistonda to‘knashdi. Rossiya siyosatchilari Buyuk Britaniyaning Turkiston va Kaspiy dengizining sharqiy tamonlarini egallab olishidan juda xavfsirayotgan edilar. Angliya o‘z tasarrufidagi Hindistondan turib Afg‘oniston orqali o‘zbek xonliklari bilan savdo-sotiq va diplomatik aloqalar olib borar edi. O‘rta Osiyo bozorlarida ingliz-rus raqobati tobora avj olmoqda edi. Angliyaning asosiy maqsadi O‘rta Osiyo xonliklarini bosib olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Rossiyaning rejalarini barbod qilish, uchala xonlikni unga qarshi bir kuch qilib birlashtirish va O‘rta Osiyo bozorlarini to‘liq egallash edi. Angliya hukumati Rossiyaga qarshi xonliklarni birlashtirish maqsadida 1841-1842 yillarda Stoddart va Konolli boshchiligidagi missiyani yubordi. Buxoro amiri Nasrulloning ingliz elchilarini qatl ettirishidan foydalangan Rossiya 1853 yil general Perovskiy qo‘mondonligidagi rus qo‘shinlarini Oqmachitni bosib olishga tashladi.

1853-1886 yillardagi rus istilolari natijasida Markaziy Osiyo Rossiyaga qaram bo‘lib qoldi.

Ўртаа асрлар даври харитасига бир назар солайлик. X asrga kelib Oltoy aholisi turli xil qabilalarning uyushmasi sifatida nomoyon bo‘lgan. Ular orasida eng kuchlisi qipchoqlar bo‘lishgan. XIII asrgacha yenisey qirg‘izlari, kimklar, kachinlar, kidanlar, naymanlar kabi turli qabilalar katta yoki kichik davlatlar tashkil qilishib, ularning tarkibiga Oltoy xalqlari ham kirishgan.



Tog‘li oltoyda Janubiy oltoyliklar yashashgan: Teles ko‘li, Chumishman daryosi, Chuy daryosi vodiysi va Katunda. Shimoliy oltoyliklar Oltoy tog‘i etaklari va Bii daryosi vodiysida yashashgan. XVII asrda oltoyliklarning hozirgi kungacha shug‘ullanib kelayotgan ov va chorvachilik kabi xo‘jalik faoliyat shakllari shakllangan. Oltoyda ilk bor ruslar XVII asr so‘ngida paydo bo‘lishgan. Ruslar uchun Oltoyni o‘zlashtirish Jung‘or xonlari hujumidan himoya qiluvchi mudofaa qal’alari va istehkomlarning qurilishidan so‘ng tezroq kechdi.

XVIII asr boshlarida Rossiya Shvesiya bilan 20 yil jang olib borgan. Bu davrda to‘plar tayyorlash uchun po‘lat qazib olish zarurati tug‘iladi. Oltoydagi temir konlari birinchi bo‘lib Stepan va Yakov Kostilevlar ochishgan. Lekin ularning kashfiyotidan birinchi bo‘lib urallik A.N. Demidov foydalangan. 1726 yilda u Oltoyda zavod va konlar qurish uchun manapoliya huquqini qo‘lga kiritgan. U tomonidan 1729 yilda Kalivan -voskresnsh nomli va 1744 yilda Barnaul po‘lat quyish zavodlari ochilgan. Lekin, Demidov po‘latdan ko‘ra Oltoy kumishidan ko‘proq manfaat ko‘rgan. 1747 yilda Oltoy konlari rus shoxlari rus shoxlari qo‘liga o‘tgan. 1726-1768 yillarda Pavlovskda yana bir kumush eritish zavodi ishga tushadi.

XVIII asr so‘ngida Zmeinagorskdagi kumush zaxiralari tugab qoladi. 1861 yilda krepostnoylik huquqi bekor qilingandan so‘ng tog‘ sanoati tanazzulga yuz tutdi.

Krepostnoylik huquqi bekor qilingandan so‘ng sibirdan bo‘sh yer olish ilinjida bo‘lgan ruslar ko‘chib kela boshladi.

Shu davr Oltoyning Barnaul, Bii va Zmeinagorsk kabi shaharlari savdo markazlariga aylangan. Bii shahri orqali Mo‘g‘iliston va Xitoy bilan savdo munosabatlar olib borilgan.

Qipchoqlarning shakllanishiga ko‘plab qang‘li, turkiy tilli qabilalar – uran (X asrda Sharqiy Turkistondan kelib qolgan), bayat, azkishi, va turgashlar, qarluqlar, chig‘illar va tyurgeshlar ta’sir ko‘rsatgan. Qipchoqlarning siyosiy qudratining o‘sishi, qabilalar va etnik guruhlar qipchoqlarning hukmronligini, yagona etnosga bog‘liq ekanligini tushunib qipchoq etnonimini qabul qilganlar. Ammo qipchoqlarning xalq siqfatida shakllanishining tugallanishini mo‘g‘ul bosqini to‘xtatib qo‘ydi.



Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish