1-kurs 2-semestr 1-ON
1. Fe’lning munosabat shakliga qanday qo‘shimchalar kiradi?
A) zamon, mayl, shaxs-son
B) zamon, nisbat, mayl
C) shaxs-son, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, zamon
D) faqat shaxs-son qo‘shimchasi
2. Berilgan zamon ko‘rsatkichlaridan qaysi biri ilgari ro‘y bergan harakat va holatning so‘zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi?
A) -gan
B) -b, -ib
S) -di
D) -moq
3. So‘zlovchining bevosita o‘zi ko‘rgan harakat va holatni bildiruvchi
zamon shaklini belgilang.
A) -di
B) -gan
S) -b, -ib
D) -gan qo‘shimchasi tuslansa
4. To‘liqsiz fellar qaysi qo‘shimchadan so‘ng qo‘shiladi?
A) zamon
B) nisbat
S) shaxs-son
D) mayl
5. Xato yozilgan so‘zni belgilang
A) kelayapti
B) so‘rayotib
S) kelayotir
D) so‘zlabdi
6.Quyidagi gapda egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llangan so‘zlar nechta?
Bag‘rim yoniq, yuzim qora, ko‘nglim siniq, bo‘yim bukik, sening ziyoratingga keldim sultonim.
A) 5 ta
B) 6 ta
C) 7 ta
D) 8 ta
7. Bo‘lishli fe’llar qatorini aniqlang.
A) ayta ko‘rma, bormay qolma, o‘qigani yo‘q
B) o‘qimoq, aytgan emas, yozmagan
C) kelmay qolma, aytmay turma, indamay qolma
D o‘qidim, yozdim, yozgani yo‘q
8. Fe’lning sof buyruq shakli qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Vazifani o‘z vaqtida bajaring.
B) O‘quvchilar hayvonot bog‘iga borsinlar.
C) Ertaga sayohatga boraylik.
D) Har doim tanlovlarda qatnash.
9. Qaratqich va qaralmish qaysi gapda inversiyaga uchragan?
A) Suvi yo‘q anhorning qadri yo‘q.
B) Umring sening o‘qilmagan kitobdir.
C) Kumush qishdan zumrad bahordan qolishmaydi kuzning ziynati.
D) Odob- kishining zeb-ziynati.
10. Gap bo‘laklari bilan grammatik jihatdan bog‘lanmaydigan so‘z berilgan qatorni toping
A) Shamol, qor, yomg‘ir, do‘l o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi.
B) Vatanim bor, ko‘rkam.
C) Do‘stlar, navqiron yoshlikni qadrlang.
D) U yerda, taxtako‘prikning ostida, bir buloq bor.
11. Xanda ur, jo‘sh ur, yurak, ozod zamindur bu zamin
Nazm tuz, Erkin, axir, erkin zamondur bu zamon. Undalma kimga qaratilgan?
A) tinglovchiga
B) so‘zlovchiga
C) uchinchi shaxsga
D) jonsiz narsalarga
12. Ey, farzand, bilki, ota-ona mo‘tabardir. Undalmani toping.
A) farzand B) ey C) ey, farzand D) bilki
13. Kechir meni, nozli malagim, Seni maqtov olmasin tayin. Undalma qanday tushuncha bildiradi?
A) shaxs tushunchasini B) mavhum tushunchani
C) jonsiz narsalar nomini D) parranda va qushlar nomini
14. Qaysi gapda undalma mavjud emas?
A) – Qulluq, qulluq, G‘afurjon. B) Samarqand, Samarqand! Degani shu ekan-da!
C) –Hoy, soqoling to‘kilgur, – dedi xotin, –bu qanday qiliq? D) –Hoy, Sizni kutib turibmiz.
15. Tarkibida ega ham qatnashgan undalmali gapni toping.
A) Umidaxon, bu kishiga kabinetlarini ko‘rsating.
B) Ey, yaxshilar, bir-birimizga mehr-oqibatli bo‘laylik.
C) Asabga zo‘r bermang, odamlar.
D) Ey, farzand, aytar so‘zing, fe’l-atvoring odamlarni ranjitmasin.
16. Tarkibida ega ham qatnashgan undalmali gapni toping.
A) Asabga zo‘r bermang, odamlar.
B) Salom senga, bahor ko‘rki majnuntol.
C) Umidaxon, bu kishiga kabinetlarini ko‘rsating.
D) Vatan, sen munchalar ko‘rkam.
17. Undalmali gapni aniqlang.
A) Inson ezgulikni va ulug‘likni orzu qilishi kerak.
B) Oh, umr o‘tdi-ketdi oqar suvday.
C) Sharofat, aftidan, bunaqa gaplar bilan Siddiqjonning g‘ashiga tegmoqchi edi.
D) Hoy, quyoncha, o‘zing qayoqqa ketyapsan?
18. Yig‘iq undalmali gapni toping.
A) Aziz birodarlar, mehnatkash do‘stlar, hammamiz ham xalqimiz boyligi bo‘lgan paxtadan manfaatdormiz. B) Duradgor, amakim, kecha mukofot oldi.
C) Oh, mayin allalarga boy ekansan, Farg‘ona!
D)Cho‘lni obod qilish savob ish, albatta.
19. Sifat bilan ifodalangan undalmali gapni toping.
A) Aziz Vatan, mehring, ishqing bilan to‘liq ovozim.
B) Sevan ko‘li, ruxsoringga g‘ubor qo‘nmasin…
C) Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim, Sen ichgan buloqdan ichmasman also.
D) Beshinchi, beshinchi, uchinchiga quloq sol.
20. Yoyiq undalmali gapni toping.
A) Behudaga, o‘g‘lim, egma bosh.
B) Otello, Otello, sening ishqingdan, Hayratga tushishning o‘zi bir sevgi.
C) Salom senga, ko‘k archa, Qishin-yozin yashnaysan.
D) Amudaryo, seni qalbdan kuylayman…
21. Undalmalar odatda qaysi shaxsga qaratilgan bo‘ladi?
A) I shaxsga
B) II shaxsga
C) III shaxsga
D) II, III shaxsga
22. Ko‘chma ma’nodagi undalma qatnashgan qatorni belgilang.
A) Ey, Navoiy, boda birla xurram et ko‘ngil uyin.
B) Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim.
C) Sen, ey gul, qo‘ymading sarkashligingni sarvdek hargiz.
D) Salom senga, polosonlik Haydar kapitan.
23. Abror, o‘g‘lim, bor, qo‘zichog‘im, ana u daraxtda osilib turgan arqonni olib kela qol.
Ushbu gapda qo‘llangan undalmani toping.
A) Abror
B) o‘g‘lim, qo‘zichog‘im
C) Abror, o‘g‘lim, qo‘zichog‘im
D) Abror, qo‘zichog‘im
24. Ham undalma, ham ega ishlatilgan gapni belgilang.
A) Do‘stlar! Tabiatni asraylik.
B) Nodirjon, sizni bezovta qildim, kechirasiz.
C) O‘zbekiston! Sen bizning faxrimizsan.
D) Oh, bu o‘lka naqadar jozibali.
25. Aziz ustozlar, do‘stlar, opa-singillar, aka-ukalar! Bu sharafli ishda barchamiz mas’ulmiz. Qanday bo‘lak uyushgan? A) undalma B) undov so‘z C) ega D) ajratilgan izoh bo‘lak
26. O‘-o‘, boylik, boylik! Mening uyimga sen kiradigan bo‘lsang-u, iymon ketadigan bo‘lsa, men senga o‘t qo‘yaman, o‘t. - undalmani toping.
A) o‘t
B) ushbu gapda takrorlar mavjud.
C) boylik, boylik
D) o‘, o‘, o‘t
27. Qanday undalmalar yoyiq undalma deyiladi?
A) o‘ziga qarashli aniqlovchisi yoki izohlovchisi bor undalmalar
B) undalmalar yoyiq holatda qo‘llanmaydi
C) birdan ortiq uyushib kelgan undalmalar
D) undalma qo‘llangan gapda egasi ham mavjud bo‘lsa
28. Aziz vatandoshlar! Bizning ajdodlarimiz hamisha uzoqni ko‘zlab yashaganlar.Ostiga chizilgan birlik qanday hisoblanadi?
A) ajratilgan izoh bo‘lak
C) so‘z birikmasi
B) undov so‘z
D) undalma
29. Undalma qatnashgan gapning kesimi ko‘pincha qanday shaklda bo‘ladi?
A) birinchi va ikkinchi shaxs-son shakllarida
B) ikkinchi shaxs-son shaklida
C) birinchi shaxs-son shaklida
D) Ikkinchi va uchinchi shaxs-son shaklida
30. Quyidagi gaplardan qay birida undalma ishtirok etgan?
A) O‘quvchilar gazeta va jurnallarga obuna bo‘lmoqda.
B) Bolalar nafasini ichiga yutib o‘tirishdi.
C) Xayribibining tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi.
D) Ko‘zimning nuri, dilimning quvvati, nima sababdan xafa bo‘lib, yig‘lab o‘tiribsan?
31. Undalma uyushiq holda qo‘llangan gapni toping.
A) Oyi, oyi, menga-chi, tutib bersin ninachi.
B) So‘yla, so‘yla, ko‘zgujon, Haqiqatni et bayon.
C) Gunafshaxon, gunafsha, Kulishlaring chiroyli.
D) Xayr, yashil o‘rmonzor, moviy dengizlar.
32. Kirish so‘z ishtirok etgan gap qaysi qatorda berilgan?
A) Ol, singlim, bolalarga kiyim-bosh qilib berasan.
B) Inson tez o‘tuvchi orzu-havaslarga o‘yinchoq bo‘lmasligi kerak, To‘g‘onbek
C) Kunduzi bo‘lsa, o‘zingdan o‘tar gap yo‘q, xunukroq ko‘rinadi
D) Koshki, o‘zgalarni g‘iybat qiluvchilar o‘z nuqsonlarini ham bilsa
33. Demak, pardozning ham, kiyinishning ham chamasi va me’yori bor. Kirish so‘z qaysi ma’noni bildiradi?
A) Ishonch va tasdiq B) shodlik va achinish C) bayon qilingan fikrning tartibi
D) bayon qilingan fikrning oldingi fikr bilan bog‘liqligi
34. Gumonni bildirgan kirish so‘z qaysi qatorda berilgan?
A) Zokir ota, shubhasiz, juda tajribali paxtakor
B) Menimcha, u bugun-erta o‘yini o‘ylab olgani ma’qul.
C) Mening so‘zlarim sizga, ehtimol, achchiq tatiyotandir.
D) Jigarim esga tushsa, achinaman, albatta.
35. Kirish birikma qaysi qatorda berilgan?
A) Har bir o‘rtog‘ingiz, shak-shubhasiz, sizga faqat yaxshi niyat tilaydi
B) Mirzakarimboy boshqalarga maqtanmasa ham (maqtanchoqlikni yomon ko‘rardi u), ba’zi vaqt ichidan faxrlanardi
C) Birinchidan, bu zamin bag‘rida Mendeleyev jadvalidagi hamma elementlar mavjud, ikkinchidan, o‘zbek xalqi juda mehnatkash xalq ekan
D) Tabibning ta’biricha, tuzalmaydigan kasallik yo‘q.
36. Qaysi qatorda kirish gap berilgan?
A) Sharqning kattakon adabiyotini bilish uchun, afsuski, bizning yoshlarimizda intilish yo‘q
B) Kecha, desangiz, yomg‘ir yog‘ib qoldi
C) Gapning po‘sakallasini aytganda, kiyim-kechak masalasida ham yordam berishadi.
D) Qishloqning orqa tomonida, es-es bilaman, katta uzumzor bor edi.
37. To‘g‘ri so‘zi kirish so‘z vazifasini bajargan qatorni toping
A) To‘g‘ri so‘z toshni kesadi. B) To‘g‘ri o‘zadi, egri ozadi.
C) Sen misolni to‘g‘ri yechding. D) To‘g‘ri, men yanglishibman.
38. Dunyoda hech bir xalq to‘g‘ri kelolmas, mening bilishimcha, sening elingga. Ushbu gapdagi mening bilishimcha birikmasi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) murakkab kesim B) mening- aniqlovchi, bilishimcha-kesim
C) mening bilishimcha - aniqlovchi D) kirish birikma
39. So‘zlovchining o‘zi bayon qilgan fikriga munosabatini bildirgan so‘z qaysi gapda berilgan?
A) Ey, farzand, fe’l-atvoring kishilarni ranjitmasin
B) O‘qishdan keyin sof havoda dam olamiz, albatta
C) Oy tangalari suv betida milt-milt oqadi
D) Bu joylar shu qadar chiroyli, shuqadar go‘zal!
40. Gumon ma’nosini bildirgan kirish so‘z qaysi qatorda?
A)Xullas, o‘zbek paxtakori mo‘l hosil yetishtirish uchun hamma kuch, vositalarga ega bo‘lishi kerak
B) Darvoqe, bu gap agronomning uyida ham aytilgan edi.
C) Yaxshi ishlasam, albatta, chakki bo‘lmaydi
D) Dadam, ehtimol, Qo‘qonga ketgandir
41. Kirish gap qatnashgan jumla berilgan qatorni toping
A) Mana shularni xo‘p o‘yladim-u, men sizga aytsam, ariza tashlashga jazm etdim.
B) Yaxshisi, dushmanni o‘z quroli bilan urish kerak
C) Rahmat, doktor opa, juda minntdorman
D) Niyatingga yetkur, quloq, sol
42. Qaysi gapda kirish so‘z bor?
A) Mingboshi Zunnun bilan xayrlashmasdanoq o‘rnidan turib ketdi.
B) Mingboshi o‘sha kunni zo‘rg‘a o‘tkazdi.
C) Uka, menimcha, g‘aflatdasan, o‘qimaganlikdan bo‘lsa kerak.
D) Men yer haydashni, ketmon chopishni yaxshi ko‘raman.
43. Qiziq, anavi kim? Ushbu gapdagi qiziq so‘zi qanday bo‘lak hisoblanadi?
A) kesim B) sifatlovchi-aniqlovchi C) ega D) kirish so‘z
4
4. Bayon qilingan fikrning tartibini bildiradigan kirish so‘z qaysi qatorda berilgan?
A) Oxiri, tutun hidi anqib turgan choy bizga ham keladi
B) Xullas, bu savdolar ko‘p yillar davomida ko‘p kishilarning boshidan kechgan.
C) Aytgancha, Komil tabib ham o‘g‘lini jo‘natdi
D) – To‘g‘ri, pulga o‘xshaydi, ammo – lekin pulmas…
45. Quyidagi kirish so‘zlarning qaysi biri gap oxirida keladi?
A) shekilli B) xullas C) to‘g‘ri D) haqiqatan
46. Kirish so‘zlar asosan qaysi turkumlar bilan ifodalanadi?
A) mustaqil so‘zlar bilan B) yordamchi so‘zlar bilan
C) modal so‘zlar bilan D) taqlidiy so‘zlar va undovlar bilan
47. Demak, maktabni bitirib, o‘qishga kirmoqchisan?
Ushbu gapdagi kirish so‘z qaysi ma’noni bildiradi?
A) ishonch va tasdiq B) fikrning kimga qarashli ekanligini
C) fikrning tartibi D) fikrga yakun yasash
48. Kirish birikmani aniqlang.
A) Olimning ta’kidlashicha, izchil mehnat hamma to‘siqlarni yengadi.
B) Menimcha, badiiy asar o‘qish yaxshi hordiq chiqarishdir.
C) Nihoyat, Sultonmurod Hirot voqealari haqida gapirishni so‘radi.
D) Haqiqatan, Kimsan bugun unumli mehnat qilgan edi.
48. To‘g‘ri yo‘ldan uchta yengil mashina ketar edi. Gapida “to‘g‘ri” so‘zi qay holatda kirish soz’ga aylanadi?
A) bu so‘z gap o‘rtasida kelsa
B) “to‘g‘ri” so‘zidan keyin vergul bo‘lsa
C) bu so‘z gap oxirida kelsa
D) “to‘g‘ri” so‘zi har doim sifatlovchi-aniqlovchi
49. Odobli kishini hamma hurmat qiladi. Ushbu gap tahliliga oid javoblarning qaysi biri xato?
A) sodda gap
B) sodda yoyiq gap
C) darak gap
D) qo‘shma gap
50. Kiritma gaplar nutqning qaysi ko‘rinishida ko‘proq qo‘llanadi?
A) nasriy nutqda
B) she’riy nutqda
C) barcha javoblar to‘g‘ri
D) dramatik nutqda
51. Qish kelib, o‘riklar gulladi. Ushbu gap qaysi jihatdan bog‘lanmagan?
A)grammatik jihatdan
B) ohang jihatdan
C)mazmun jihatdan
D)grammatik va mazmun jihatdan
52. Qaysi gapdagi chamasi so‘zi gap bo‘laklaridan vergul bilan ajratilmaydi?
A) Ertaga havo ochiladi chamasi
B) Kechasi chamasi bir oz yomg‘ir yog‘di
C) Chamasi Nodir bu gapni eshitdi.
D) Uning chamasi to‘g‘ri chiqdi.
53. Modal so‘zlarning sintaktik belgisi qaysi qatorda berilgan?
A) morfologik jihatdan o‘zgarmasligi B) undalma vazifasida kelishi
C) kirish so‘z vazifasida kelishi D) so‘zlarni o‘zaro biriktirishi
54. Quyidagi sifatlardan qaysi biri modal so‘z vazifasida qo‘llanishi mumkin?
A) to‘g‘ri
B) tabiiy
C) yaxshi
D) Barchasi
55. Futuvvat-barcha qilmakdur, demak yo‘q.
Demak, maktabni bitirib, o‘qishga kirmoqchisan. Har ikkala gapdagi demak so‘zidan qaysi biri modal so‘z hisoblanadi?
A) har ikki gapda modal so‘z
B) 1-ot, 2-modal so‘z
C) 1-harakat nomi, 2-modal so‘z
D) 1-ot, 2-kirish so‘z
56. Qaysi qatordagi modal so‘zlar ot so‘z turkumidan o‘sib chiqqan?
A) ehtimol, shekilli
B) albatta, ajabo
C) demak, xullas
D) chamasi, haqiqatan
57. Xo‘p bo‘ladi, durust, ma’qul kabi so‘zlarga sinonim bo‘lgan modal so‘zni toping.
A) so‘zsiz B) tabiiy C) yaxshi D) albatta
58. Ayyor, mug‘ombir, hiylagar, quv, ustomon, makkor, dog‘uli, mo‘ltoni, qilvir, shayton, tulki, tullak, qirriq, xirpa, maston. Berilgan sinonimik qatordan qaysilari ham odamga nisbatan, ham jonivorlarga nisbatn qo‘llaniladi?
A. Ayyor, mug‘ombir, quv.
B. Hiylagar, quv, ustomon.
S. shayton, tulki, tullak.
D. qirriq, xirpa, maston.
59. Ayyor, mug‘ombir, hiylagar, quv, ustomon, makkor, dog‘uli, mo‘ltoni, qilvir, shayton, tulki, tullak, qirriq, xirpa, maston.
A. Dog‘uli, ayyor, mug‘ombir,
B. Quv, makkor, dog‘uli, mo‘ltoni, qilvir
S. Tulki, hiylagar, quv, ustomon, makkor, dog‘uli
D. Mo‘ltoni, hiylagar, quv, ustomon, makkor, dog‘uli
60. Tullak, qirriq, xirpa, maston. Berilgan ushbu so‘zlardan qaysi biri folklor asarlarida va ayrim shevalarda ishlatiladi?
A. Tullak
B. Qirriq
S. Xirpa
D. Maston
61. Inkorni ifodalovchi morgoligik vositalar qaysilar?
A. -lar, -ma, yo‘q, ha
B. -ma, emas, yo‘q, na… , na
S. Afsus, -ma, yo‘q, ha
D. edi, emas, yo‘q, -ma
62. Bo‘lishsizlik qo‘shimchasi har ikkala, ya’ni ham yetakchi, ham ko‘makchi fe’lga qo‘shilganda qanday ma’noni anglatadi?
A. Inkorni
B. Tasdiqni
S. Achinishni
D. Gumonni
63. Asil, sara, sarxil, xil, mumtoz, zupta, poshshaxon ma’nodosh so‘zlari qanday ma’noni anglatadi?
A. Makr- hiylaga usta
B. Eng yuqori darajali, eng yaxshi
S. Eng toza, sifatli mahsulot
D. Noyob, topilmaydigan buyum
64. Ayyor, mug‘ombir, hiylagar, quv, ustomon, makkor, dog‘uli, mo‘ltoni, qilvir, shayton, tulki, tullak, qirriq, xirpa, maston ma’nodosh so‘zlari qanday ma’noni anglatadi?
A. Makr- hiylaga usta
B. Eng yuqori darajali, eng yaxshi
S. Eng toza, sifatli mahsulot
D. Noyob, topilmaydigan buyum
65. Asil, sara, sarxil, xil Bu ma’nodoshlardan qaysi biri faqat narsa-predmetlarga nisbatan qo‘llaniladi?
A. Asil
B. Sara
S. Sarxil
D. Xil
66. Asil, sara, sarxil, xil Bu ma’nodoshlardan qaysi biri donalab sanaladigan narsa-predmetlarga nisbatan qo‘llaniladi?
A. Asil, xil
B. Sara
S. Sara, sarxil
D. Xil, sara
66. Asil, sara, sarxil, xil Bu ma’nodoshlardan qaysi birida saralash ottenkasi sezilib turadi?
A. Asil
B. Sara
S. Sarxil
D. Xil
67. Asil, mumtoz, zupta, poshshaxon berilgan ma’nodoshlardan qaysi biri kitobiy uslubga xos bo‘lib, shaxsga nisbatan qo‘llaniladi?
A. Asil
B. Mumtoz
S. Zupta
D. Poshshaxon
68. Asil, mumtoz, zupta, poshshaxon berilgan ma’nodoshlardan qaysi biri so‘zlashuvb uslubiga xos?
A. Asil
B. Mumtoz
S. Zupta
D. Poshshaxon
69. Asil, mumtoz, zupta, poshshaxon berilgan ma’nodoshlardan qaysi biri nisbatan kam qo‘llaniladi?
A. Asil
B. Mumtoz
S. Zupta
D. Poshshaxon
70. O‘zbek tilida o‘zgargan tartib, ya’ni inversiy qysi uslubga xos?
A. So‘zlashuv, ilmiy, publisistik
B. So‘zlashuv, badiiy, publisistik
S. So‘zlashuv, rasmiy, publisistik
D.Rasmiy, publisistik
71. Bajarmoq, ado etmoq, bitirmoq, o‘rinlatmoq. Berilgan sinonimik qatorda qaysi so‘z ko‘proq kitobiy uslubga xos?
A. Bajarmoq
B. Bitirmoq
S. ado etmoq
D. O‘rinlatmoq
72. Bajarmoq, ado etmoq, bitirmoq, o‘rinlatmoq. Berilgan sinonimik qatorda qaysi so‘z kam qo‘llanadi?
A. Bajarmoq
B. Bitirmoq
S. ado etmoq
D. O‘rinlatmoq
73. Bajarmoq, do‘ndirmoq, bitirmoq, o‘rinlatmoq. Berilgan sinonimik qatorda qaysi so‘z ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos va unda belgi darajasi kuchli?
A. Bajarmoq
B. Bitirmoq
S. Do‘ndirmoq
D. O‘rinlatmoq
74. Bajarmoq, ado etmoq, o‘rinlatmoq, bajo qilmoq. Berilgan sinonimik qatorda qaysi so‘z nisbatan eskirgan, kam qo‘llanadi?
A. Bajarmoq
B. Ado etmoq
S. Bajo qilmoq
D. O‘rinlatmoq
75. Bajarmoq, ado etmoq, o‘tamoq, bajo qilmoq. Berilgan sinonimik qatorda qaysi so‘z “burch-vazifani ado etish” ma’nosida qo‘llanadi?
A. Bajarmoq
B. Ado etmoq
S. Bajo qilmoq
D. O‘tamoq
76. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra qaysi turi ko‘proq qo‘llanadi?
A. Darak gaplar
B. So‘roq gaplar
S. Buyruq gaplar
D. Istak gaplar
77. Mazkur gap qanday uslubiy ma’nolarni voqelantirgan? Shunaqayam bo‘ladimi?!
A. Hayrat va taajjub
B. Sevinch-hayajon
S. Shubha-gumon
D. Istak-xohish
78. Mazkur gap qanday uslubiy ma’nolarni voqelantirgan? Do‘stim g‘olib bo‘ldimi?!
A. Hayrat va taajjub
B. Sevinch-hayajon
S. Shubha-gumon
D. Istak-xohish
78. Mazkur gap qanday uslubiy ma’nolarni voqelantirgan? Vaqtida yetib bora olarmikanmiz?
A. Hayrat va taajjub
B. Sevinch-hayajon
S. Shubha-gumon
D. Istak-xohish
79. Balo, usta, ustamon, bilag‘on, bilarmon, chechan, epchil, chaqqon,
uddaburon. Mazkur sinonimik qatorda qaysi so‘zlarining xususiyati ularning o‘zagidan anglashib turadi?
A. Balo, usta
B. Chechan, epchil
S. Bilag‘on, bilarmon
D. chaqqon, uddaburon
80. «Tez va oson bajarish mahoratiga egalik»ni bildiradigan sinonimik so‘zni toping.
A. Balo, usta
B. Chechan, epchil
S. Bilag‘on, bilarmon
D. chaqqon, uddaburon
81. Mazkur sinonimik so‘zlardan qaysi so‘z ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos bo‘lib, u «aqliy, jismoniy ish-harakat bajarishda yuqori mahoratga egalik»ni ifodalash uchun qo‘llana oladi?
A. Balo
B. Chechan
S. Bilag‘on
D. chaqqon
82. Aql, malaka talab etadigan harakatlarga nisbatan qo‘llanadigan sinonim so‘zlar?
A. Usta
B. Chechan
S. Bilag‘on
D. chaqqon
83. Mazkur sinonimik so‘zlardan qaysisi ayyorlik bo‘yoqiga ega.?
A. Ustamon, quvlik
B. Bilag‘on, bilarmon
S. Bilag‘on, chaqqon
D. Chaqqon, epchil
84. Javob talab qilmaydigan, tasdiq mazmunidagi javobni o‘zida yashirin ifodalaydigan gaplar deb nimaga ytiladi?
A. Darak gaplar
B. Ritorik so‘roq gaplar
S. His-hayajonli buyruq gaplar
D. Istak gaplar
85. Boshliq, rahbar, yo‘lboshchi, ishboshi, boshchi,
peshvo, sarvar. Mazkur sinonimik qatorda qaysi so‘zlar eskirgan, kitobiy?
A. Boshliq, rahbar
B. Yo‘lboshchi, ishboshi
S. Boshchi, katta
D. Peshvo, sarvar
86. Sarvar, sarkarda, xo‘jayin, rahbar. Mazkur sinonimik qatorda qaysi so‘z oddiy so‘zlashuvga xos, biroz salbiy bo‘yoqqa ega?
A. Sarvar
B. Sarkarda
S. xo‘jayin
D. Rahbar
87. Vaqt, payt, zamon, fursat, mahal, chog‘, kez, kezak, mavrid, palla, muddat, dam, on, lahza. Shulardan qaysilari ma’lum chegaralangan vaqtni bildiradi hamda ifodalanayotgan vaqt chegarasini aniqlab ko‘rsatuvchi so‘zlar bilan birga qo‘llanadi?
A. Payt, zamon, mahal, chog‘, kez, kezak, palla, muddat, dam, on, lahza
B. Vaqt, zamon, mahal, chog‘, kez, kezak, palla, muddat, dam, on, lahza
S. Fursat, zamon, mahal, chog‘, kez, kezak, palla, muddat, dam, on, lahza
D. Mavrid zamon, mahal, chog‘, kez, kezak, palla, muddat, dam, on, lahza
88. Biror voqea-hodisa bilan xarakterli bo‘lgan vaqt oralig‘ini ham bildiruvchi so‘z?
A. Vaqt
B. Fursat
S.Zamon
D. Mahal
89. Boplamoq, qoyil qilmoq, qoyillatmoq, o‘xshatmoq, o‘rinlatmoq, kelishtirmoq, qotirmoq, do‘ndirmoq, qiymoq, eshmoq, mondalamoq, yasamoq. Mazkur sinonimik qatorning ma’nosi?
A. Vaqtni olmoq
B.Ijrosini o‘rniga qo‘ymoq.
S. Harakat qilmoq
D. Joyiga qo‘ymoq
90. Jilmaymoq, kulimsiramoq, iljaymoq, irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq, irshaymoq. Ushbu sinonimik qatortda qaysi so‘zlar salbiy bo‘yoqqa ega?
A. Kulimsiramoq, iljaymoq, irjaymoq, tirjaymoq
B. Irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq, irshaymoq
S. Jilmaymoq, kulimsiramoq, iljaymoq, irjaymoq
D. Jilmaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq, irshaymoq
Do'stlaringiz bilan baham: |