truba yasash, qogʻoz samolyotini yasash, izolatsiyalovchi modda sifatida
ishlatish» deb javob bergan o‘quvchi «yozish, chizish, printerdan chiqarish»
(yaʼni, bularning barchasi ayni, «qogʻoz tasvir sifatida», toifasida) deb
javob bergan o‘quvchiga qaraganda gʻoya berish koʻnikmasining yuqoriroq
darajasini namoyish qiladi.
Kreativ fikrlash testining turli gʻoyalarni ishlab chiqish jihati
o‘quvchilarning turli sohalar uzra qayishqoqlik bilan fikrlash qobiliyatiga
diqqatni tortadi: masalan, muammoga turli yechim topish, hikoya uchun
turli gʻoyalar berish yoki gʻoyani turli usulda ifoda etish orqali. Ushbu
jihatga aloqador vazifalarda, o‘quvchilarga ochiq ssenariy taqdim etiladi,
ulardan bir-biridan farqli ikki yoki uchta javob berish soʻraladi. Shuni
taʼkidlash lozimki, o‘quvchi bergan gʻoyalarning turfaligini baholash
javoblar muayyan vazifaga mosligiga bogʻliq boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |